Elektron tijorat Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O‘zbekistonga ham kirib keldi.
Elektron tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning
imkoniyatlari turli tuman.Internet yordamida o‘zingizga zarur kitob,
kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid
qilishingiz mumkin. Xo‘sh Internet qanday imkoniyatlarni yaratadi ?
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell,
Cisco, IBM, HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng
ko‘lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish
faoliyatining ¼ qismini Internet orqali amalga oshiradi. Internetdan
foydalanish sotuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi. O‘zining
maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish.
Bundan tashqari reklama o‘z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda,
tovarning rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar hamda
qo‘shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin
- Qo‘shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o‘zining
korxonasini reklama
qilishi mumkin.
-Bozordagi narxlarni o‘zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin;
- Invistrlar topish maqsadida o‘zining loyixalarini reklama qilishi
mumkin;
-Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish
tizimini yaratishi mumkin
-Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatish
hamda biznes bo‘yicha sheriklarni ma’lumotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kira olish imkoniyati yaratiladi. Sotib oluvchiga esa:
-Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish;
-Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va
narxi qanoatlantiradigan sotuvchini topish;
-Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq so‘rovlar
yuborish hamda javob olish;
- Tovar buyurtma qilish;
- Ekspiditor va transport xizmatini ko‘rsatuvchilarni tanlash;
- Yukni olib kelishini buyurtma qilish;
- Tulovlarni amalga oshirish v.b.
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o‘zlariga kerakli
ma’lumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. Internetning
tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa
kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman
yangi qidiruv tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki,
foydalanuvchi kerakli so‘rovlarni oddiy tilda beradi. Bu
surovnomalarni qabul qilgan operator shu so‘rovnomaga taaluqli
WEB-manzillarni yuboradi. Bugungi kunda Internet jadal tarzda
nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa texnologik jihatdan
murakkab bo‘lgan tovarlarni (telvizorlar, telefonlar) ishlab
chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday
korxonalarning maqsadi – uy-jihoz bozori imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanish. Shu sababdan kompyuter va mobil telefon
texnologiyalaridan keng foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib
borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa ma’lumotlarga Internet
orqali yetishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada alternativ
qurilmalarni afzalliklarini yo‘qqa chiqishiga olib keladi. Misol
tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo‘yilgan
masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida
boshqarish, kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b