O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
________________ kafedrasi
_________________ fanidan
Mustaqil ish
MAVZU :Natural sonlar to‘plamiga akslantirish prinsipi
Bajardi:020-20 guruh talabasi
Amirqulov Temurbek
Tekshirdi: Begimov Oybek
Toshkent 2021
Reja:
1.Syurektiv intektiv va beyiktiv akslantirishlar.
2.Akslantirish kompozitsiyasi.
3.Teskarlanuvchi akslantirishlar.
Agar biror X to’plamning har bir x elementiga qandaydir qonuniyat bo’yicha yagona f (x) ob’yekt mos qo’yilgan bo’lsa, bu f moslik funktsiya deyiladi. B munosabat funktsiya yoki ATа’rif 2. f A to‘plamdan B to‘plamga akslantirish deyiladi, agarda quyidagi shartlar bajarilsa: 1) Dl A , Dr( f ) B,( f ) 2) f(x, y ) 1 , (x, y ) f ekanligidan2 1 2 yy ekanligi kelib chiqsa.
Funktsiya B yokif :A fA B kabi belgilanadi, agar f(x, y) bo‘lsa, u holda f (x)y kabi yoziladi va f funktsiya x elementga y elementni mos qo‘yadi deb gapiriladi. By Aelementga x elementning tasviri, x elementga y ning asli deyiladi. Agar Dl A bo`lsa,( f ) f funktsiya qismiy funktsiya deyiladi.
Ma`lumki, barcha aksiomatik nazariyalarda avvalo asosiy tushunchalar ta`rifsiz tanlab olinadi va undan keyin bu tushunchalar uchun aksiomalar tuziladi. To’plamlar nazariyasining asosiy tushunchasi to’plamning o’zidir. To’plam biror ob`yektlarni saralab olish bilan tuziladi, bu ob`yektlar ixtiyoriy tabiatli bo’lishi mumkin. Paradokslarga duch kelmaslik maqsadida to’plamning elementlari tushunchasini birmuncha aniqlashtirish va ba`zi cheklovlar qo’yish mumkin. Masalan, ob`yektlar majmuasini 2 xil turga ajratish mumkin:
1) sinflar; 2) to’plamlar, ya`ni boshqa bir sinfning elementi bo’lgan sinflarlar. To’plamlar mantiqiy nuqtay nazardan qadam ba qadam quriladi, masalan, “oldin” munosabati qadamni tartiblaydi.
Har bir to’plam ma`lum qadamdan keyin quriladi va keyingina foydalanish mumkin bo’ladi.
Bunday tizim nemis matematigi Ernst Fridrix Ferdinand Sermelo (1871- 1953 yy) tomonidan 1908 yilda ishlab chiqildi va isroillik matematik Abraxam Adol`f Frenkel (1891-1965 yil) tomonidan kengaytirildi.
Hozirda Sermelo – Frenkel aksiomatik tizimi (ZF) deb yuritiladi.
ZF tizimi quyidagi aksiomalardan iborat: 1 0 . Hajm aksiomasi: To’plam o’zining elementlari bilan to’liq aniqlanadi.
Ikkita to’plam teng deyiladi, faqat va faqat ular bir xil elementlardan tashkil topgan bo’lsa: B. A B) x A x(x
Sanoqli va kontinual to‘plamlar. Bizga ma‘lum bo‘lgan to‘plamlar quvvatlarini taqqoslaylik. Aytaylik bizga musbat juft sonlar to‘plami berilgan bo‘lsin {2, 4, 6, .....}ushbu to‘plam bilan natural qator o‘rtasida biyektsiya o‘rnatish uchun, juft sonlar to‘plami elementlarini quyidagicha nomerlab chiqamiz. 2, 4, 6, 8, ...
1, 2, 3, 4, ...
Biyektsiya k=2n munosabat bilan o‘rnatildi, bu erda k- juft sonlar to‘plami elementi qiymati, n – natural qator elementi qiymati. Musbat juft sonlar to‘plami Natural sonlar qatorining qismi bo‘lishiga qaramay ularning quvvatlari teng ekan. Natural va butun sonlar to‘plami o‘rtasida biyektsiya qurishga urinib ko‘ramiz. Buning uchun butun sonlar qatorini quyidagicha yozib chiqamiz va mos ravishda natural sonlar bilan nomerlaymiz.
0, -1, 1, -2, 2, ...
1, 2, 3 ,4, 5,
Shunday qilib butun va natural sonlar o‘rtasida ekvivalentlik o‘rnatiladi, ya’ni 0 . Z Ratsional sonlar to‘plamining quvvati ham 0 ga teng. Bilamizki ixtiyoriy q ratsional sonni qisqarmaydigan kasr ko‘rinishida ifodalash mumkin: q=m/n, bu erda m vd n lar butun sonlar.Ratsional son q ning balandligi deb nm yigindiga aytiladi. Masalan 1 balandlikka faqat 0/1 son ega bo‘ladi, 2 balandlikka 1/1 va - 1/1 sonlar, 3 balandlikka 2/1, 1/2, -2/1, -1/2 sonlar ega bo‘ladi. Tushunarliki berilgan balandlikdagi sonlar soni chekli bo‘ladi. Shuning uchun ham barcha ratsional sonlarni balandliklari oshishiga qarab nomerlab chiqish mumkinki, hattoki bir xil balandlikka ega bo‘lgan sonlar ham o‘z nomerlqariga ega bo‘lishadi. Natijada natural va ratsional sonalar o‘rtasida biyektsiya o‘rnatiladi. Shunday qilib to‘plam sanoqli bo‘ladi agar uni natural sonlar qatoriga biyektiv mos qo‘yilgan bo‘lsa. Sanoqli to‘plamlarning muhim xossalarini keltiramiz. 1-xossa. Sanoqli to‘plamning har qanday qism to‘plami yoki chekli yoki sanoqli. 2-xossa. Chekli yoki sanoqlita sanoqli to‘plamlarning yig‘indisi yana sanoqli bo‘ladi. Aytaylik A1, A2, ... – sanoqli to‘plamlar bo‘lsin. A1, A2, ... to‘plamlarning barcha elementlarini quyidagicha cheksiz jadval ko‘rinishida yozish mumkin:
a11 a12 a13 a14 ...
a21 a22 a23 a24 ...
a31 a32 a33 a34 ...
a41 a42 a43 a44 ...
i-qatorda Ai to‘plamning barcha elementlari turibdi. Ushbu elementlarni dioganal bo‘yicha nomerlab chiqamiz:
a11 a12 a13 a14 ...
/ / /
a21 a22 a23 a24 ...
/ / /
a31 a32 a33 a34 ...
/ / /
a41 a42 a43 a44 ...
Shu bilan birga birnechta to‘plamlarga tegishli bo‘lgan elementlarni faqat bir marta belgilaymiz. Shunda yigindidagi har bir element o‘zining nomeriga ega bo‘ladi va natural sonlar qatori bilan chekli yoki sanoqlita to‘plamlar yig‘indisi o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |