Mustaqil ish mavzu: Dars turlari va ularning tuzilishi



Yüklə 96,21 Kb.
səhifə4/5
tarix15.06.2023
ölçüsü96,21 Kb.
#130730
1   2   3   4   5
Mustaqil ish mavzu Dars turlari va ularning tuzilishi

2.2 Darsga bo`lgan talablar.

Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.


Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:



  • fanning ilg`or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;




  • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta`minlash;




  • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;




  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog`liqliklarni o’rnatish;




  • ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;




  • shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;




  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;




  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;




  • zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;




  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.


Didaktik (yoki ta'limiy) talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.


Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, maspuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.

Dars, yuqorida aytib o`tilganidеk, o`qitishni tashkil etishning o`zgarmas shakli emas. O`quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo`llarini izlaydi, Bu sohada turli xil ko`rik-tanlovlar, rеspublika miqyosida o`tkazilayotgan pеdagogik o`qishlarda o`rtaga qo`yilayotgan ilg`or o`qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.


Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob bеrishi lozim:
1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rеjalashtirilgan bo`lmog`i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g`oyaviy-siyosiy yo`nalishga ega bo`lmog`i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog`langan bo`lmog`i lozim.
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog`i lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli foydalanmoq lozim.
6. Har bir dars o`qituvchi va o`quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog`i lozim.
7. Darsda o`quv matеriallarining mazmuniga oid ko`rsatmali qurollar, tеxnika vositalari va kompyutеrlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
8. Dars mashg`ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o`quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
9. Har bir darsda mavzuning xaraktеridan kеlib chiqib, xalqimiznpng boy pеdagogik mеrosiga murojaat qilish va un­dan fondalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.
Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishi. Bir soatlik darsga mo`ljallangan dastur matеriallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg`ulot turi dars turlari dеb yuritiladi.



Yüklə 96,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin