Mustaqil ish mavzu: Korparativ tarmoqqa mobil texnalogiyalarning kirib kelsih xusuiyatlari Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Umirzaqov. J


Tarmoqni monitoring qilish bo’yicha yaxlit holga keltirilgan (integratsiya qilingan) qurilmalar



Yüklə 405 Kb.
səhifə4/5
tarix17.04.2023
ölçüsü405 Kb.
#99394
1   2   3   4   5
MUSTAQIL ISH

Tarmoqni monitoring qilish bo’yicha yaxlit holga keltirilgan (integratsiya qilingan) qurilmalar
Yechimlarning ushbu toifasiga Ixia firmasiga qarashli Net Optics kompaniyasining foydalanishga deyarli tayyor bo’lgan Spyke monitoring qilish bo’yicha yakka blokli qurilmalar oilasi kiradi. Mazkur oila tarkibiga Spyke Branch Edition, Spyke 1 G va Spike Enterprise Edition modellari kiradi. Korxonalar filiallari uchun mo’ljallangan Spyke Branch Edition modeli 120 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga ega, o’rtacha ko’lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash markazlariga (MIM) moslangan Spyke 1 G modeli trafikning gigabitli oqimlari nazorat qilinishini ta’minlaydi, yanada kuchliroq bo’lgan Spyke Enterprise Edition modeli esa ikkita — 5 yoki 10 Gbit/s o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan variantda ishlab chiqiladi. Ushbu modellar bir biridan nafaqat o’tkazish qobiliyati bilan, balki ichki disklaridagi xotiraning sig’imi bilan ham farq qiladi (Spyke Branch Edition modelidagi 500 Gbayt dan Spyke Enterprise Edition modelining 10-Gigabitli variantidagi uchta 4-Tbaytli disklargacha).
Har bir Spyke modeli ikkita rusumda yetkazib beriladi: Network Monitoring (tarmoqni monitoring qilish uchun) yoki Application Monitoring (ham tarmoqni, ham qo’llanmalarni monitoring qilish uchun). Spyke qurilmalari uzluksiz va tasodifiy ravishda (har zamonda bir bo’ladigan) paketlarning egallanishini amalga oshirishadi; tarmoqdan foydalanilishi, paketlarni uzatilishidagi to’xtalib qolishlar va tarmoqning o’tkazish yo’lidan foydalanilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni berishadi; NetFlow yozuvlarini yuzaga keltirishadi (generatsiya qilishadi) va tashqariga chiqarishadi (eksport qilishadi) hamda boshqa ko’pgina vazifalarni amalga oshirishadi. DPI va Application Analyzer funktsiyalarining mavjudligi tufayli Application Monitoring rusumidagi Spyke qurilmalari avtomatik ravishda 1000 tadan ortiqroq qo’llanmalarni tanib olishadi (boshqalaridan farqlay olishadi) va haqiqiy vaqt masshtabida ularning ishlashi ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni berishadi.


Yüklə 405 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin