Mustaqil ish Mavzu: Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti. Reja


Mintaqalarni boshqarishning nazariy va uslubiy asoslari



Yüklə 202,84 Kb.
səhifə7/30
tarix06.06.2023
ölçüsü202,84 Kb.
#125761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Mustaqil ish Arslon akaga

Mintaqalarni boshqarishning nazariy va uslubiy asoslari.

Ochiq iqtisodiyotga o’tish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida hududlarning bir tekisda rivojlanishini ta’minlash boshqaruv tizimining nechog’li samarali yo’lga qo’yilganligiga va hayotiy muammolarni hal etish uchun o’z vaqtida qabul qilingan qarorlarning to’g’riligiga bog’liqdir.


Mintaqalarni boshqarish – hududlar taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadigan tashqi va ichki omillarni o’z vaqtida aniqlab, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini muvozanatli va barqaror sur’atlarda olib borish va tizimli usullar orqali boshqarishni yo’lga qo’yishdan iborat.
Boshqaruv tizimiga kiruvchi (respublika, viloyat, tuman va shaharlardagi) ijro hokimiyatining barcha bo’g’inlarida faoliyat olib borayotgan rahbar kadrlarning bugungi kundagi mahorati, o’z vaqtida va tezkor qarorlarni qabul qilish darajasi, muammoli vaziyatlarni boshqalardan ko’ra tez ilg’ay olishi, progmatiklik qobiliyatining mavjudligi davlat va uning hududlarini bir butun holda rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham joylarda rahbar lavozimlarida faoliyat olib borayotgan kadrlarni har tomonlama mukammal qilib tayyorlash, ularning muntazam ravishda o’z kasb mahoratlarini rivojlantirib borishlarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish bo’yicha samarali boshqaruv uslublarining zamonaviy holatlarini ularga yetkazish tadbirlari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi paytda hududlarni samarali boshqarish muammosini hal etish bo’yicha ikkita keng tarqalgan qarashlar mavjud.
Birinchidan, hududlarning samarali boshqarilayotganligiga iqtisodiy rivojlanish yoki iqtisodiy faoliyatning miqdoriy ko’rsatkichlarini taqqoslash orqali baho berish (ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad, mehnat unumdorligi, o’zlashtirilgan investitsiyalarning hajmi va ularning samaradorligi va b.q.).
Ikkinchidan, boshqaruv apparatini saqlash uchun sarflangan maqlag’lar miqdori yoki bitta boshqaruv qarori, qonun yoki qarorlarning “ishlab chiqarish” xarajatlarida bilvosita aks etishiga qarab baho berish.
Hududlarni samarali boshqarish bo’yicha yaratilgan baho berish usullari ob’ektni (hududni) boshqarishning barcha jihatlarini qamrab olmasligi va boshqaruv samaradorligini to’liq ochib bermasligini inobatga olib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligin aniqlash uchun yangicha usulni (metod) tatbiq etish lozim hisoblanadi. Shu o’rinda “hudud – tizim” usulini qo’llash va boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash uchun uning barcha uzviy bog’liq bo’lgan aloqalarni aniqlash hamda tizimning xattiharakatiga ta’sir etishini namoyon etadigan sxemani yaratish masalaning tub mohiyatini ochib berishga xizmat qiishini ta’kidlash lozim.
Hududni samarali boshqarish muammosini hal etishda, buning uchun tizimli yondashuvning bir qancha funktsiyasini keltirib o’tish joiz hisoblanadi. Bularga,

  • Boshqariluvchi tizim;

  • Boshqariladigan tizim – jamiyat va uning barcha komponent-larini boshqariladigan ob’ekt sifatida qarash;

  • O’zaro bog’langan tizim – aloqalarni bog’laydigan turli xildagi institutlarning mavjudligi.

Hududni samarali boshqarishda qo’llaniladigan aloqalar to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita, vertikal va gorizontal yo’nalishda namoyon bo’ladi. Bu yerda boshqaruvchi sub’ektdan boshqariladigan axborot chiqib ketadi va boshqariladigan ob’ektdan qayta aloqa sifatida axborotning uzatilishi sodir bo’ladi. Shuning uchun ham hududlarning rivojlanishini boshqarish tizimi jamiyatda mavjud bo’lgan barcha resurslarning samarali sarflanishiga sharoit yaratib berilishini ta’minlashi kerak bo’ladi. Jumladan, moddiy, intellektual, moliyaviy, axborot va demografik resurslar va h.k.
Mamlakat iqtisodiyoti yoki alohida olingan hududning rivojlanishini tizimli boshqarish usulida ularni yagona tizim sifatida qarash, bir qancha funktsional bog’langan iyerarxik bug’inlardan (darajalardan) tarkib topganligini va yagona maqsad sari rivojlanishini qayd etish lozim. Hududning iyerarxik tarzda tashkil etilishi tizimda mavjud bo’lgan elementlarning bir-biri bilan vertikal va gorizontal bog’langanligini yuzaga keltiradi. Hududni boshqarish sistemasi o’ziga xos qiyin bo’lgan, u yerda tashkil topgan guruhlarni yagona maqsad sari birlashtirish bilan bir qatorda, ularning juz’iy manfaatlarini inobatga olish, buning uchun esa bir qancha usul va uslublarni qo’llash zarur bo’ladi. Demak, bu yerda barchaning manfaatlarini muvofiqlashtirish, ushbu strukturalarning har birini bozorning qoidalaridan kelib chiqib, individual rivojlanishiga ham sharoit yaratish, kerakli paytda nazorat qilish va monitoringini muntazam olib borishni yo’lga qo’yish muhim jihatlardan hisoblanadi.
Mintaqalarni boshqarish hududning individual xarakteri va unga mos keladigan hududiy o’sish nazariyalariga asoslanib olib boriladi.
Hududlar rivojlantirish va uni boshqarishning klassik standart nazariyasi, muvafaqqiyatli joylashtirish joylari, optimal joylashtirish joyini matematik aniqlash, maxsus va umumiy standart nazariyalari A. Predel, T. Palander, N.N. Baranskiy, N.N. Kolosovskiy, I.A. Viti, Yu.G. Saushkin va boshqa olimlar tomonidan asoslangan.




  1. Yüklə 202,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin