MUSTAQIL
ISH
MAVZU: MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI
VA O’RGANISH USLUBLARI
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI VA O’RGANISH USLUBLARI
REJA:
Fanning predmeti va vazifalari
Fanni o’rganish uslublari
Fanning iqtisodiy maqsadlari
Iqtisodiy faoliyatning obyekti bo'lib, iqtisodiy ne’matlar hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat - bu inson tirikchiligini ta’minlash usullari va
vositalari majmuasida. Iqtisodiy faoliyatning asosiy xillari: iste’mol va
ishlab chiqarish. Mikroiqtisodiyot (yunoncha: «mikro» — «kichik»)
so‘zidan olingan boMib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo‘g‘ini
b o ‘lgan firm a, korxona, m ikrofirm alar, turli xil xalq xo'jaligi
sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor
qonunlari ta’sirida sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni,
iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namayon bo‘lish shart-sharoitlarini, oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydij
Bu jarayonda - iste’m olchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya
qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar,
xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhini rol o'ynaydigan
har qanday individ, ya’ni jism oniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari
ishtirok etadi. Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga
erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi uning diqqat
markazida turadi.
Mikroiqtisodiyot xaridorlar nima uchun shu tovarlarni xarid qilishga rozi bo'lganligini, bunga tovar bahosi, o 'z
daromadlari ta’sirini, korxonada qancha ishchi ishlashi kerakligini,
aniq turdagi tovarlarga narx qanday qo'yilishini, turli xil bozor
sharoitlari va tovar ayirboshlash jarayonidagi resurslar tanlashda
bozordagi oligopoliya sharoitida xatti-xasrakatlari qanday bo'lishi
kerakligini, ularni samaradorlikka erishish yo'llarini o'rgatadi.
Ushbu fan elektrenergiya uchun bahoni nima uchun davlat belgilaydi, qancha
hajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligini, korxonalar faoliyatiga
hukumat siyosati va boshqa davlatdagi sharoitlar qanday ta ’sir etishini
tushuntiradi.
Iqtisodiy maqsadlar quyidagilardir:
— iqtisodiy o'sish;
— ish bilan to'liq ta’minlanish;
— iqtisodiy samaradorlik;
— tovarlar narxining bir me’yorda turishi;
— iqtisodiy erkinlik;
— daromadni to'g'ri taqsimlash;
— iqtisodiy ta’minlanish;
— savdo balansi. _
Iqtisodiy o‘sish asosiy iqtisodiy maqsad bo'lib, u aholi jon boshiga
ijtimoiy mahsulot miqdorining o'sishi ularning turmush darajasini
o'sganligini ko'rsatadi. Real miqdordagi yalpi milliy mahsulot yoki sof
milliy mahsulotning o'sishi kishilaming moddiy ta’minlanish darajasini
o'sishga olib keladi va eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bo'lganligini
ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlanib borayotgan iqtisodiyot
kishilarning yangidan-yangi talablarini ko'proq qondira borish,
mamlakat ichida va xalqaro miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini
hal etish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi.
I.A.Karimov 1999-yil O'zbekiston Fanlar akademiyasining um umiy yig'ilishida so'zlagan nutqida: «Agar iqtisodiy o'sish, taraqqiyot
— jamiyatimizning tanasi bo'lsa, m a’naviyat-ma’rifat va siyosat ong
yetukligi uning rahi, aqli va jonidir», deb ko'rsatgan edi («M a’rifat»
gazetasi, 1999-y. 13-iyul).
Iqtisodiy o'sish resurslar cheklanganligi m uam m olarining hal
etilishini yengillashtiradi.
H ar qanday davlatning iqtisodiy o'sishi quyidagi oltita oinilga
bog'liq bo'ladi:
1) tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;
2) mehnat resurslarining miqdori va sifatiga;
3) asosiy kapital hajmiga;
4) texnologiyaga;
5) talabni o'sishiga ta ’sir etuvchi omillarga;
6) resurslarni oqilona taqsimlashga.
Shulardan dastlabki to 'rt omil ishlab chiqarishning (taklifning)
o‘sishiga, oxirgi ikkitasi esa talabning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Mikroiqtisodiyot fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish,
o‘rganish yordamida yoritish mumkin:
— hozirgi davrdagi bozor iqtisodi mexanizmini o‘rganish;
— umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash;
— bozor xo‘jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo'jaligi va
ularning tutgan o‘rni. turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini
ta’minlash;
— talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish;
— bozor taklifi va talabi;
— talab va taklif o‘zgaruvchanligi;
— raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;
— ishlab chiqarish va uni tashkil etish;
— ishlab chiqarish xarajatlari va foyda;
— resurslardan foydalanish samaradorligi. Ish haqi, baho.
Hozirgi kunda mikroiqtisodiyot fanining boshqa ijtimoiy-siyosiy,
texnologik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Masalan, quyidagi fanlar bilan:
— iqtisodiyot nazariyasi;
— makroiqtisodiyot;
— makroiqtisodiy statistika;
— korxona iqtisodiyoti;
— qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti;
— kichik biznes va tadbirkorlik;
— tarmoqlar iqtisodiyoti;
— mehnatni tashkil etish;
— buxgalteriya hisobi;
— iqtisodiy tahlil;
— pul, kredit va bank;
— marketing;
— menejment;
— moliya;
— tabiiy ofatlar va inson mehnati muhofazasi;
— tabiatshunoslik;
— investitsion loyihalaming tahlili;
— loyihalarni moliyalashtirish va uni monitoringi;
— bank ishi;
— matematika va boshqalar.
Mikroiqtisodiyot fanini o‘rganish usullari va uslubi
Har qanday fanga o‘xshash iqtisodiyot ham o‘zi o‘rganadigan
qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma’lum usullardan foydalanadi. Ushbu fan — iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy
xo‘jaligi, korxona, davlat, ijtimoiy tashkilotlaming iqtisodiy harakatini o'rganadi va quyidagi usullarni qo'llaydi:
- tahlil va sintez usuli;
- monografik usul;
- iqtisodiy-statistika usuli;
- hisoblash-konstruktiv usuli;
- tajribaviy usul;
- abstrakt mushohada usuli;
- matematik modellashtirish usuli;
- induksiya va deduksiya usuli;
- optimallashtirish usuli;
- muvozanatni aniqlash usuli.
Ishlab chiqarishning barcha muammolari ana shu usullar yordamida
o'rganiladi.
Fanni o'rganish uslubi (metodologiyasi) deganda, uni o'rganish
faoliyatining shakllari, usullari va ulam ing bog'liqligi tushuniladi.
Ushbu Fan bo'yicha har bir shaxs, tadbirkor, korxona va firmalar
biror bir m asalani o'rtaga qo'yish, tadqiqot m avzusini va ilmiy
nazariyasini shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijani haqiqiyligi, ya’ni o'rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish
metodologiyani qo'llashning eng muhim tomoni hisoblanadi.
Iqtisodiy
hodisa va jarayonlami o'rganish uslubi — tadqiqot yoki bilim, anglash
yo'li, voqealikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullari yig'indisidir.
Korxonalar iqtisodiyot fanining nazariy va uslubiy asosini iqtisodiy
nazariya, tarixiy materializmning dialetik usullari tashkil etildi.
Bu dunyoda hamma narsa o‘zgaradi. Barqaror hech nima yo‘q.
Hatto tog'lar va qoyalar ham o'sadi va yemiriladi. Hatto borliq ham
o'zgaradi. Buni o'zgarish qonuni deyiladi.
Hamma narsa o'zaro bog'liq va biror narsani o'zgartirish orqali
atrofdagi hamma narsani o'zgartirish mumkin. Hamma narsa doimiy va
to'xtovsiz harakatda. Harakatning o'zgarishi hodisaning o'zgarishiga
sabab bo'ladi. Hamma narsa o'z ritmiga, kelish va ketish vaqtiga ega.
Hamma narsa ko'tariladi va pasayadi. Barchada tug'ilish, o'sish, yetuklik
va pasayish sikli kuzatiladi. Sikllar jam i borliqda ko'rinadi, ular
muntazam, har daqiqada hayotimizga ta’sir o'tkazadi.
Masalan, Siz o'tgan yillardagi hosillar miqdorini o'zgartira olmaysiz, ammo kelajak hosillarga ta’sir etishingiz mumkin. Siz yilning bir
vaqtida ekasiz, boshqa vaqtida hosil olasiz. Qanday nav urug'lik ekkan
bo'lsangiz, o'sha navdagi hosil olasiz. Siz ekkaningizdan ko'ra ko'proq
hosil olasiz. Qancha ko'p urug'lik eksangiz, shunchalik katta hosil olasiz.
Yomon hosil o'z-o'zidan, yaxshi hosil esa faqat yaxshi urug'lik va
parvarishdan paydo bo'ladi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun ijobiy fikrlash, odamlarning muvaffaqiyatlaridan quvonish, atrofdagilarning o‘zgaruvchan tabiatini
tushunish va ularni qanday bo‘Isalar, shundayligicha qabul qilish
zarur.
Siz «Biror narsaga erishdik» degan tuyg'uni tuyishingiz bilanoq,
o 'z-o 'zid an bunga qaram a-qarshi holat boshlanadi. Siz biror-bir
narsani aniq bo'lib o'zingizga yoki birovga «Men cho'qqiga, baxtga,
barqarorlikka, gullab-yashnashga, mashhurlikka erishdim» deya tan
olganingiz hamonoq, qarama-qarshi holatga o'ta boshlaysiz.
M uvaffaqiyatga, baxtga erishish uchun ijobiy, yengil, yorqin
xayollarga borish, odamlarning tabiatini tushunish va ularni qanday
bo'lsalar, shundayliklaricha qabul qilish kerak.
Agar biror narsaning mumkinligiga ishona olmasangiz u hech
qachon amalga oshmaydi.
Dunyoni yoki atrofingizdagi odamlarni o‘zgartirishga harakat
qilmang, aw alo o‘zingizni o‘zgartiring. O 'zingizni o'zgartirgan
hamonoq Sizni o'rab turgan olam ham o'zgaradi
Hodisalarni tahlil qilishda pozitiv va normativ tahlil usullari ham
ishlatiladi.
Pozitiv yondoshuv voqealarni real holatini ifoda etadi.
Normativ usulda u yoki bu jarayonga baho beriladi.
Masalan, metroda yurish bahosi keyingi ikki yilda 50 so'mdan 150
so'mga oshgan bo'lsa bu - pozitiv yondoshuv. Agar biz metroda yurish
bahosini 50 so'm dan 150 so'mga ko'payishi, kishilar darom adini
kamaytirib turmush tarzini pasaytirgan bo'lsa, bu normativ yondoshuv
hisoblanadi.
Iqtisodiy modellashtirish usulini ishlatish har qanday fikrlarni,
chizmalarni. jadvallarni va shuningdek, jarayonlarni matematik tarzda
ifodalash imkoniyatini beradi.
Induksiya usulida faktlardan nazariya tomon, xususiy hodisalardan
umumiylikka tamon boriladi.
Alohida iqtisodiy agentlar - uy xo'jaligi, korxona va firmalar,
iste’molchilar va boshqalar faoliyatini o'rganishda optimallashtirish
vositasi ham qo‘llaniladi. Shuning uchun barcha ish olib boriladigan
tushunchalar pirovard xarakterda bo 'lad i (pirovard foydalilik,
pirovard mahsulot, pirovard xarajatlar, pirovard tushum va boshqalar).
Bulardan tashqari xo‘jalik vazifalarini hal etishing yoMlari ko‘p:
- Qimmatbaho va kam’yob bo'lgan mineral xomashyolar o'rniga
kimyoviy — arzon, yengil va sifatli (pishiq, chidam li) bo'lgan
tradision xomashyo, materiallardan foydalanish;
Masalan, temir o'rniga plastmassa, chorvodan olingan charm
o'rniga sun’iy charm m ateriallar va shunga o'xshashlar. M ineral
xomashyolar qimmat turadi va mahsulot bahosi oshib ketadi;
- Yangi korxonalar qurish o'rniga ishlab turganlarini kengaytirish,
rekonstruksiya qilish yoki restrukturizatsiya qilish, texnikaviy qayta
quronlantirish. Bunda yangi korxonani qimmatga tushishi va uzoq vaqt
(5-6 yil) qurilishi va bu davr mobaynida ajratilgan pul mablag'laridan
jamiyatga foyda kelmasligi, aniq turdagi mahsulotga bo'lgan talabni
qondirilmay qolishi hamda faoliyat ko'rsatib turgan korxonani rekonstruksiya qilish foydali ekanligini texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblash
ishlari bilan asoslab ko'rsatish lozim;
Asosiy iboralar va tushunchalar
1. Tovar — e ’tiborni tortish, xarid qilish, foydalanish yoki
iste'mol qilish maqsadida bozorga chiqarilgan va ehtiyojni, talabni
qondira oladigan barcha narsalar, jum ladan, jism oniy obyektlar,
xizmatlar, shaxslar, g'oyalar, tashkilotlardir yoki to v a r- m ehnat
faoliyatining m ahsuli bo'lib, sotish uchun m o'ljallangan ish va
xizmatlami ham o'z ichiga oladi.
2. Baho - tovarlami pulga ayirboshlash normasi.
3. Iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy-xo‘jaligi, korxona,
davlat, ijtimoiy tashkilotlar.
4. Ratsional harakat — resurlar cheklangan sharoitda foydani
maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan harakat.
5. Ishlab chiqarish imkoniyatlari — iqtisodiyot ixtiyorida turgan
mavjud resurslar va bilimlar hisobiga har qanday ikki xil mahsulotni
maksimal hajmda ishlab chiqarish mumkinligi.
6. Ishlab chiqarish omillari - yer, m ehnat, m ashina, asbobanjomlar, binolar va xomashyolardan foydalanish harakatlari.
7. Iqtisodiyot fani — insoniyatning norm al hayotiy faoliyati
to'g'risidagi fandir (Alfred Marshall).
8. Alternativa — (fransuzcha — ikkitadan bittasi) bir-birini inkor
qiladigan imkoniyatlardan bittasini tanlab olish.
9. «Resurs» so'zi fransuzcha bo'lib, «Yashash vositasi» degan
ma’noni bildiradi.
10. Iqtisodiyot:
a) tarixan belgilangan ishlab chiqarish shakllari sharoitidagi ishlab
chiqarish munosabatlari majmuasidir;
b) mamlakat xalq xo'jaligi;
d) iqtisodiy munosabatlarning funksional yoki tarmoqqa tegishli
tomonlarini o'rganuvchi, tarmoq fanidir.
11. «Ekonomiks» — iqtisodiyot fanining zamonaviy yo'nalishi
bo'lib, shunga muvofiq iqtisodiyot bozor bilan talab va taklif qonuni
orqali boshqariladi, davlat aralashuviga muhtoj bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |