Mustaqil ish mavzu tashkilotda operatsion protseduralarni boshq
Ma'suliyati cheklangan jamiyat- bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta'sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta'sis hujjatlari tomonidan ma'lum ulushlarda taqsimlangan. Ma'suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar va o'zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog'liq zarar ko'rish xatariga ega bo'ladilar.
Jamiyatning to'liq bo'lmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to'lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Ma' suliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va "ma'suliyati cheklangan" so'ziga ega bo'lishi kerak.
Jamiyatning yuqori idorasi uning ishtirokchilarining umumiy majlisidan iboratdir. Jamiyatda uning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi va umumiy majlisga hisobot beruvchi ijroiya idorasi tashkil qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy majlisining mutloq huquq doiralariga quyidagilar kiradi:
• uning nizomi va nizom sarmoyasi miqdorini o'zgartirish; jamiyatning ijroiya idoralarini tashkil qilish va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyatning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi ) ni saylash.
Ma' suliyati cheklangan jamiyat haqidagi qonun tomonidan umumiy majlis- ning mutloq huquq doirasiga "boshqa masalalarni hal qilish ham kiritilishi mumkin".
Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ma' suliyati cheklangan jamiyat yillik moliyaviy hisobotining to'g'riligini tekshirish va tasdiqlash uchun u jamiyat yoki uning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bilan bog'liq bo'lmagan kasbiy auditorni har yili jalb qilish huquqiga ega(tashqi audit). Jamiyat yillik moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi yana uning ishtirokchilaridan har birining talabi bo'yicha ham o'tkazilishi mumkin. Jamiyat faoliyatining auditorlik tekshiruvini o'tkazish tartibi qonun va jamiyat nizomi tomonidan belgilanadi.