Tadbirkorlar uyushmalarihar xil o'lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo'lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa ma'lum xududlarda klasterga(inglizchadan tarjima qilinganda - bu guruh, to'planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foydalarni beradilar, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradilar (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekomunikatsiyalar vositalari, jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki boshqa ma'muriy - xududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat xududlari va mamlakat xududini qayta tashkil qilinishi munosabati bilan mavjud bo'sh quvvatlardan foydalanish mumkin. Xuddi shu yerlarda kompaniyalarning klasterlarini tashkil qilish foydalidir, ularda eng boshidan faoliyatning ma'lum sohalaridagi kompaniyalar o'rtasidagi kasbga egalik, san'at infratuzilmali ta'minot va axborotli o'zaro aloqalarning jiddiy miqdori jamlangan bo'lishi mumkin. Kompaniyalarni uyushmalarga birlashtiruvchi bunday sohalar sifatida quyidagilar bo'lishi mumkin: uy uchun tovarlar ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog'liq har xil sohalar va h.k.
Virtual korporatsiya-eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo'lib, vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o'zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar (yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog'idan iborat bo'ladi. Virtual korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular "elektron" aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda konsernlar, xoldinglar va moliyaviy guruhlar firma-lar birlashuvining asosiy shakllari bo'ladilar.
Jahon amaliyotida franchayzing ham keng tarqalgan. Bu bir tomondan yirik firma va boshqa tomondan kichik firmalar yoki alohida biznesmenlar o'rtasidagi bitimdir. Ko'rsatib o'tilgan bitimga muvofiq ota kompaniya (franchayzer) firma (franchayzi)ga bitimga tayinlangan shaklda, maxsus ko'rsatilgan joyda ish olib borish huquqini beradi.U kelishilgan xudud doirasida harakat qiluvchi firma yoki tadbirkorni o'zining tovarlari, reklama xizmatlari, biznesning ishlatib bo'lingan texnologiyalari bilan ta'minlash majburiyatini o'ziga oladi. Buning uchun firma kompaniyaga mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan menejment va marketing xizmatlarini ko'rsatish, hamda ushbu kompaniyaga o'z sarmoyasining qandaydir qismini investitsiya qilib kiritish majburiyatini oladi. Franchayzi, bo'lajak mijozlar mashhur kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanayotgan-liklarini his qilishlari uchun kompaniya (franchayzer) nomidan firma belgisi sifatida foydalanadi. Bunday bitimning barcha ishtirokchilarini keng jamoatchilik tomonidan tan olinishi, mahsulotlar va xazmatlarni standartlashtirilishi, tijorat imkoniyatlarini kengayishi bunday hamkorlikning afzalliklaridan bo'ladi.
Malakatimiz qonunchiligidagi tijorat konsepsiyasi shartnomasi franchayzing shaklidagi bitimiga mos keladi.
Ta' kidlash kerakki, milliy schyotlar tizimi (MST) - sustem of national account - bozor iqtisodiyotiga ega 150 dan ortiqroq mamlakatlarda mikroiqtisodiy jarayonlarni bayon qilish va tahlil qilish uchun qo'llaniladigan o'zaro bog'langan qo'rsatkichlar va tasniflar tizimiga muvofiq institutsional birliklar - institutional units - xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga ajratiladilar, ular o'zlarining nomidan aktivlarga ega bo'lishlari, majburiyatlarini qabul qilishlari, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Institutsional birliklar uy xo'jaliklari shakllaridagi yuridik. hamda jismoniy shaxslar (yoki ularning guruhlari) bo'lishi mumkin.
Yuridik shaxslar bo'lgan institutsional birliklarga quyidagilar kiradi:
- korporatsiyalar;
davlat boshqaruvi idoralari;
notijorat muassasalar.
Yuridik shaxslarning asosiy turlari - bu mulkida, xo'jalikni yuritishda yoki operativ boshqaruvda ajratilgan mulkka ega bo'lgan tashkilot bo'lib, u o'z nomidan fuqarolik huquqini xarid qilishi va o'zining faoliyat bilan bog'liq javobgarlikni o'ziga olishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil balansi yoki smetasiga ega, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi, o'zining moddiy va moliyaviy resurslarni boshqa- rishi, majburiyatlarni qabul qilishi, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va o'zining majburiyatlari bo'yicha to'liq javobgarlikka ega bo'lishi mumkin.
Faoliyatining asosiy maqsadiga ko'ra yuridik shaxslar xo'jalik va noxo'jalik tashkilotlariga bo'linadilar.
Xo'jalik tashkilotlariga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish bo'lgan yuridik shaxslar, noxo'jalik tashkilotlarga bunday maqsadga ega bo'lmagan shaxslar kiradilar. Xo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar xo'jalik jamiyatlari va o'rtoqliklari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va boshqa korxonalar shaklida tashkil qilinishlari mumkin.
Xo'jalik tashkilotlari bo'lmagan yuridik shaxslar xo'jalik faoliyati bilan faqat o'zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta'minlash uchungina shug'ulanishlari mumkin. Ular xo'jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko'zga tutilgan boshqa jamg'armalar shaklida mavjud bo'ladilar.
Bunday yuridik shaxs bo'lgan institutsional birliklarga hammadan avval korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar kiradilar. Korporatsiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:
qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil bo'lgan korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
mustaqil yuridik shaxs bo'ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (YADR) da ro'yxatdan o'tkaziladi;
faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo'ladi;
xo'jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo'ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog'ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;
tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to'lagandan keyin qolgan ulushini olish huquqiga egalar;
rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
oraliq emas, balki yakuniy iste'molchi sifatida bo'ladi;
shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to'lash uchun qonun oldidajavobgarlikka ega bo'ladi;
korporatsiya tomonidan xalq iste'moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi ish haqi sifatida bo'ladi.
Korporatsiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko'pgina institutsional birliklardan iborat bo'ladilar.
Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta'sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporatsiyalar ajralib turadilar.
Kvazikorporatsiya - bu nokorporativ korxona bo'lib, uni boshqaruvi korporatsiya nusxasi bo'yicha quriladi. U mustakil instutsional bo'ladi. Kvazikorporatsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradilar:
norezedent bo'lgan institutsional birliklarga tegishli bo'lgan nokooporativ korxonalar(filiallar, milliy iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyalarning vakilliklari);
davlat boshqaruvi idoralariga bo'ysunuvchi, ammo daromadlar olish maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan band bo'lgan nokorporativ korxonalar;
uy xo'jaligining nokorporativ korxonalari.
Kvazikorporatsiyalar korporativ korxonalarga tenglashtiriladilar va iqtisodiyotning korporativ sektori tarkibida ko'rib chiqiladilar.