Mustaqil ish mavzu: tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish bajardi: mirzayeva sh


Tashkilotning tashkiliy tuzilma si



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/44
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#111040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Mustaqil ish mavzu tashkilotda operatsion protseduralarni boshq

Tashkilotning tashkiliy tuzilma si alohida bo'linmalarning vujudga kelgan ajratilishi, ular o'rtasidagi aloqalar va bo'linmalarning yagona bir butunga birlashishini aks ettiradi.



rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o'zgaruvchanlari

Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini o'z ichiga oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e'tiborning predmeti bo'ladi. Boshqaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg'orroq texnologiyalarni paydo bo'lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo'lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g'oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xodimllardagi motivatsiyani yo'qqa chiqarishi mumkin.


Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo'ladilar Odamlarsiz tashkilot yo'q. Tashkilot faqat unda odamlar bo'lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog'likdir. Shuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun "birinchi sonli predmet" bo'ladilar.
Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot a'zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig'indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo'lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo'lishining ma'nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa;
• tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo'lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo'lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o'zaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me'yorlari;
• tashkilotda "o'yin" olib boriladigan qoidalar;
• tashkilotda mavjud bo'luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a'zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o'zaro hamkorlik qilishlarida nomoyon bo'luvchi muhit;
tashkilotda ma'lum tadbirlarni o'tkazish, ma'lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf - odatlar.
Tashkilot xodimlari ko'proq menejment tomonidan va xususan yuqori rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy madaniyatning manbalari bo'ladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol o'ynashi mumkin. Ammo maqsadga erishish yo'liga katta to'siq ham bo'lishi mumkin, ayniksa, u buning uchun o'zgarishlar o'tkazishni talab qilsa.
Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qo'llab quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta e' tibor qaratishi kerak.
Tashkilotning ichki hayoti ko'p sonli har har harakatlar, jarayonchalar va jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning o'lchami va faoliyat turiga ko'ra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi o'rinni egallashlari, boshqalari yo yo'q bo'lishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv ob'yekti bo'ladilar. Ular quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish;

  • marketing;

• moliya; xodimlarni boshqarish;
• ekkaunting (xo'jalik fao liyatini hisobga olish va tahlil qilish).
Menejment tashkilotda o'tayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga oshiradi, zarur bo'lgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va o'zgartiradi.
Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, ashyoviy jihatlarda o'zaro hamkorlik qilishga qodir bo'lgan ochiq tizimdan iborat bo'ladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin