Mustaqil ish mavzu: Xiva xonligi me’morchiligi


-1794- yillarda Orenburgdan Xivaga oftolmolog vrach Blankennagel taklif etilgan. U xonning ko’zi ojiz bo’lib qolgan amakisini davolagan. U yozib qoldirgan esdalik ma’lumotlar juda qimmatli edi



Yüklə 7,71 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü7,71 Kb.
#149738
1   2   3
Mustaqil ish mavzu Xiva xonligi me’morchiligi-fayllar.org

1793-1794- yillarda Orenburgdan Xivaga oftolmolog vrach Blankennagel taklif etilgan. U xonning ko’zi ojiz bo’lib qolgan amakisini davolagan. U yozib qoldirgan esdalik ma’lumotlar juda qimmatli edi.

Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N. I. Muravyov ham yozib qoldirgan «Esdaliklar» eng qimmatli manbalar qatorida turadi. 1842 – yilda Xiva va Rossiya o’rtasida «Majburiyatlar akti» shartnomasining imzolanishiga erishgan elchi G. Danilevskiy o’zi bilan Xivaga kelgan tabiatshunos olim R. Baziner bilan birgalikda «Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, savdo sotig’i va sanoati» nomli asar yozib qoldirganlar.

 

 Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.

1505- yili Shayboniyxon, 1510- yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi. Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar.

Yer egaligi Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan. 1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari. Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlarning yerlari 2-3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va unirig qarindoshlari undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. Ijara yerlarining hajmi 10 tanobgacha bo’lgan.


Yüklə 7,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin