Mustaqil ish mavzu: Xristianlikni paydo bo’lishi,aqidalari,asosiy yo’nalishi,ta’limotlari va manbalari


Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#162171
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQIL ISH .Aziza Dinshunoslik

2.2 Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti.
Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti
Pravoslavlik (Pravoslavie) (rus. chin eʼtiqod) – xristianlikning 1054 yilda boʼlinib ketishi natijasida shakllangan shu dindagi uch asosiy yoʼnalishidan biri. Mazkur yoʼnalish tarixan xristianlikning sharqiy shahobchasi sifatida roʼyobga chiqdi va shakllandi. U asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. “Pravoslav” atamasi yunoncha “ortodoksiya” soʼzidan olingan boʼlib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslavlikning manbaviy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yoʼnalish u yerdagi hukmron din edi.
Dunyo boʼyicha pravoslavlikka eʼtiqod qiluvchilar soni 217 million atrofida hisoblanadi. Unda katolikliklarda boʼlganidek yagona markaz hozirga qadar yoʼq. Bugungi kunda dunyoda 15 ta avtokefalь (mustaqil) Konstantinopolь, Аleksandriya, Аntioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Аlban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus, Аmerika va 4 ta avtonom maqomga ega pravoslav cherkovlari mavjud. Ular umumcherkov ahamiyatiga molik masalalarni hal etishda bir-birlari bilan aloqada boʼlib turadilar.
Pravoslavlik diniy taʼlimoti “Muqaddas yozuv” (“Injil”) va “Muqaddas rivoyatlar”ga asoslangan. Bu aqidalarni pravoslav cherkovlari ilohiy xarakterga ega, abadiy va oʼzgarmas deb biladi.
“Muqaddas uchlik” - xudoning bir vaqtning oʼzida ham yagona, ham uch xil koʼrinish (Ota-xudo, Oʼgʼil-xudo-Iso va Muqaddas Ruh) da namoyon boʼladi, deb ishonish, insonni tugʼma gunohkor deb bilish, Isoning inson qiyofasiga kirib, oʼz ummatlarini gunohdan xalos etish uchun oʼzini qurbon qilganini tan olish, oxiratga va unda qayta tirilishga eʼtiqod qilish, cherkovning xudo va odamlar oʼrtasidagi vositachi ekaniga ishonish pravoslavlik diniy taʼlimotining asosini tashkil etadi.
Pravoslavlikda diakon, yepiskop, mitropolit, patriarx kabi diniy rutbalar mavjud. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.3
Xristianlikning 7 sirli marosimi pravoslavlikning ham asosini tashkil etadi. Faqat ularning bajarilishida katoliklar bilan pravoslavlar orasida baʼzi farqlar bor.
Pravoslavlikda:
- yangi tugʼilgan bola choʼqintirilayotganda suvga botirib olinadi;
- muqaddas moy surtish choʼqintirishdan soʼng ketma-ket mahalliy ruhoniy tomonidan bajariladi;
- oddiy insonlar va ruhoniylar bir xil – kvasli non va vinodan totinadilar;
- nikoh marosimi cherkovda, ruhoniy tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin faqatgina xiyonat sababli ajrashishlari mumkin. Nikohni faqat cherkov bekor qila oladi;
- xristianlikning boshqa konfessiyalaridan farqli ravishda “qora” va “oq” ruhoniylar farqlanadi. Jumladan, “qora” ruhoniylarda “tselibat”, yaʼni uylanmaslik amaliyoti mavjud;
- tavba marosimida katoliklikdan farqli ravishda tavba qiluvchi va ruhoniy yuzma-yuz oʼtiradilar.
Qolgan marosimlarda sezilarli farq kuzatilmaydi.
Pravoslavlikda ibodat asosan mahalliy tilda olib boriladi. Rojdestvo, Pasxa kabi umumxristian bayramlari pravoslavlikning ham asosiy marosimlari hisoblanadi.
Cherkovlar boʼlinganidan soʼng katoliklar tomonidan qabul qilingan aqidalarni pravoslavlar xato, “Muqaddas yozuv” va “Muqaddas rivoyatlar”ga zid, deb hisoblaydilar. Shuningdek, cherkovlar boʼlinishidan soʼng katoliklar tomonidan qabul qilingan bayramlarni ham pravoslavlar nishonlamaydilar.
Pravoslavlar asosan quyidagi bayramlarni nishonlaydilar:
1. Iso tugʼilgan kun (Rojdestvo Xristovo – dunyo pravoslavlarida 25 dekabr, Rus pravoslav cherkovida 7 yanvar);
2. Isoning xatna qilinishi (Obrezanie Gospodne – 14 yanvar);
3. Isoning choʼqintirilishi (Kreshenie Gospodne. Bogoyavlenie – 19 yanvar);
4. “Qadimgi Аhd” va “Yangi Аhd”lar birlashgan kun (Sretenie Gospodne – 15 fevral);
5. Ilohiy xushxabar (Blagoveshenie Presvyatoy Bogoroditsi – 7 aprel);
6. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospoden v Ierusalim – 24 aprel);
7. Pasxa (Pasxa Gospodnya. Svetloe Xristovo Voskresenie – 1 may);
8. Isoning osmonga koʼtarilib ketishi (Voznesenie Gospodne – 9 iyun);
9. Muqaddas uchlik yoki Pyatidesyatnitsa bayrami (Den Svyatoy Troitsi ili Pyatidesyatnitsa - 19 iyun);
10. Yahyo paygʼambarning tugʼilgan kuni (Rojdestvo Ioanna Predtechi – 7 iyulь);
11. Havoriylar Petr va Pavellar kuni (Den svyatix pervoverxovnix apostolov Petra i Pavla – 12 iyul);
12. Iso Masihning Yermon togʼida nurlanishi bayrami (Preobrajenie Gospodne – 19 avgust);
13. Bibi Maryamning vafoti (Uspenie Presvyatoy Bogoroditsi – 28 avgust);
14. Yahyo paygʼambar qatl etilgan kun (Useknovenie glavы Ioanna Predtechi – 11 sentyabr);
15. Bibi Maryamning tugʼilgan kuni (Rojdestvo Presvyatoy Bogoroditsi – 21 sentyabr);
16. Iso mixlangan xochni tiklash bayrami (Vozdvijenie Kresta Gospodnya – 27 sentyabr);
17. Bibi Maryamning 910 yilda Konstantinopol shahri qamali paytida moʼʼjizaviy paydo boʼlishi bayrami (Pokrov Presvyatoy Bogoroditsi – 14 oktyabr);
18. Bibi Maryamning ota-onasi tomonidan ibodatxonada xizmat qilish uchun topshirilishi bayrami (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsi – 4 dekabr).

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin