Mustaqil ish o`zbekiston sanoati asosiy fondlarning dinamikasi Topshirdi: 924-20-guruh talabasi: Mamatqulov Miromon Qabul qildi: reja



Yüklə 24,49 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü24,49 Kb.
#184330
Mustaqil ish o`zbekiston sanoati asosiy fondlarning dinamikasi T



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
“TARMOQLAR IQTISODIYOTI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH

O`zbekiston sanoati asosiy fondlarning dinamikasi


Topshirdi: 924-20-guruh talabasi: Mamatqulov Miromon

Qabul qildi:



REJA:

1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
2. Asosiy fondlarni baholash
3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
4. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari
5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llari


  1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi

Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi. Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.

  1. Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi1 . Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar. Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi. Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi. O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir. Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib me’yoriy hujjatlar qabul qilingan

3 . Ushbu me’yoriy hujjatga binoan “Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”4 ish nazarda tutilgandir. Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi. Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.). 3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi. Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi. Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat: - ichki manbalardan moliyalashtirish; - jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish; - qarz mablag‘laridan moliyalashtirish; - aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish. Korxonani moliyalashtirish manbalari quyidagi4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: - energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari); - ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.

5. Hozirgi kunda mamlakatimiz hukumati ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirishga va maxsulot tannarxini pasaytirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bunda ishlab chiqarish korxonalarini takshil etish va ularning restrukturizasiyasi bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, joylarda sanoat ishlab chiqarishiga e’tiborning pastligi ham kuzatiladi. Jumladan, 2018yilda Samarqand viloyati bo’yicha ishlab chiqarishda sanoat ulushining 12,7%ni tashkil etishi achinarli holdir. Bu esa ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishini faollashtirish, raqobat va ishlab chiqarish muhitini shakllanishini jadallashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda milliy iqtisodni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish dasturini qabul qilinishini ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirish ustuvor vazifa qilib qo’yildi. Joriy yil Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. – Hech kimga sir emas – bugun jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash eng muhim vazifa, kerak bo‘lsa, masalalarning masalasi bo‘lib turibdi. Faqat barqaror iqtisodiyotgina ijtimoiy muammolarni hal etish imkonini beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani samarasida yurtimizda yanada qulay biznes-muhit yaratilayapti. Xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan me’yoriy hujjatlar takomillashayotgani bunda muhim omil bo‘layapti. - deb alohida ta’kidlagan edi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun xarakatdagi qonunchilik xujjatlariga tegishli qo’shimchalar kiritildi, ishlab chiqarish korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish choratadbirlari ishlab chiqilib uni amaliyotda tadbiq etish yo’lga qo’yildi.


XULOSA
Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga keldik. 1. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi. Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasiga quyidagicha tasnifladik: Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:


• moddiy xarajatlar;
• asosiy fondlar amortizasiyasi;
• mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
• ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
• boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda uning faoliyatini to’liq ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.
Yüklə 24,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin