TADBIRKORLIK HUQUQIY MUNOSABATLARI
•
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan, ya’ni tadbirkorlik
subyektini tashkil etish, uni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga qo‘yish, uni boshqarish, faoliyat olib
borishi, shartnomalar tuzish, ularni ijro etish, majburiyatlar yuzasidan javobgarlik kabi
munosabatlarni huquq normalari bilan tartibga solish zarurati vujudga keladi. Bunday huquqiy
munosabatlar tadbirkorlik huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
•
Tadbirkorlik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat emas, balki ishlab
chiqarishni amalga oshirish uchun yer uchastkasi olish, bino olish yoki qurish, yoqilg‘i, xomashyo,
asbob-uskunalarga ega bo‘lish bilan bog‘liq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ular
tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo‘lib, bevosita daromad
(foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bog‘liq. Jumladan, mulkni
boshqarish, korxonani tuzish va tugatish bo‘yicha tashkiliy-mulkiy munosabatlar bilan aloqador
barcha faoliyatlardir.
|