Bir necha natural sonlarning yig’indisi 46 ga teng. Agar shu sonlarning har biriga 3 ni qo’shib hisoblansa, yig’indisi 73 ga teng bo’ladi. Yig’indida nechta son ishtirok etgan.
Kater va teploxod bir-biriga qarab harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 780 m. katerning tezligi teploxodnikidan 60 % ga ortiq. Agar ular 15 soniyadan keyin uchrashadigan bo’lsa, katerning tezligini toping.
To’rtta sonning yig’indisi 102 ga teng. Agar birinchi va ikkinchi sonning nisbati 3: 2 kabi, ikkinchi va uchinchi sonning nisbati 2:5 kabi bo’lsa, uchinchi va to’rtinchi sonlarning nisbati 5:7 kabi, to’rtinchi va birinchi sonlarning ayirmasini toping.
Uy bekasi kilosi 280 so’mdan yong’oq sotib oldi. Yong’oqlar qobig’idan tozalangach, umumiy og’irligi 70 % I qoldi. Uy bekasi 1 kg tozalangan yong’oq uchun necha so’m sarflagan.
Soat 7: 30 da so’at va minut millari orasidagi burchak necha gradusni tashkil qiladi.
O’yingohga kirish chiptasining narxi 50 so’m, chipta narxi arzonlashgandan so’ng tomoshabinlar 60 % chipta sotishdan tushgan tushum 30% ortdi. Chipta narxi necha so’mga arzonlashgan.
Bir qarzdor avval qarzning 1/3 qismini, keyinroq qolgan qismini yarmini to’ladi. Qarzdor yana 300 so’m to’lab, qarzidan to’la qutildi. Uning qarzi necha so’m bo’lgan.
8 ga bo’lganda 3, 12 ga bo’lganda 7, 15 ga bo’lganda 10 qoldiq qoladigan eng kichik sonni toping.
Go’zal 2 yil oldin, Dono 2 yil kichikroq tug’ilganda ularning yoshlari orasidagi farq 7 ga teng bo’lardi. Dono va G’ozalning hozirgi yoshlari yig’indisi 9 ga teng va Go’zal Donodan katta bo’lsa Dononing hozirgi yoshini toping.
Tramvay tezligi har soatda 10 km/s ga orttirib manzilga 3 soatda yetib bordi. Agar shu manzilga tezligini har soatda 10 km/s ga kamaytirib yursa 5 soatda yetib boradi. Tramvayning manzili necha km.
232425…..7172 sonining raqamlar yig’indisi.
Kasrning qiymati 3 ga teng. Agar kasrning suratiga 15, maxrajiga
5
5 qo’shilda uning qiymati 9 10
ga teng bo’ladi. Kasrning surat va
maxraj ayirmasini toping.
Tuxumfurush 150 so’mdan 100 ta tuxum sotib oldi. Tuxumlarning 20 tasi sinib qoldi. Sotuvchi singan tuxumlarni 175 so’mdan, butunini 200 so’mdan sotdi. Bu tijoratda sotuvchi necha foiz foyda qilgan.
a, b va c raqamlar. abc+cba=1453 bo’lsa (a+c)b ning qiymatini toping.
Otaning yoshi 3 ta farzandlari yoshi yig’indisidan 3 marta katta. 4 yildan keyin otaning yoshi farzandlarining yoshi yig’indisidan 2 marta kichik bo’lib qoladigan bo’lsa otaning hozirgi yoshini toping.
Ikki jo’mrak hovuzni 10 va 5 soatda to’ldiradi. Hovuzning yarmi to’lganga qadar 2 jumrakni ochib qo’yib, yarmi to’lgandan so’ng 2 jomrak yopib qo’yilsa hovuzning to’lishi uchun hammasi bo’lib necha soat vaqt ketadi.
Massasi 300 g va konsentratsiyasi 25 % bo’lgan eritmaga qancha suv qo’shilsa, uning konsentratsiyasi 10 % bo’ladi.
Ferrari avtomobili o’zidan 120 km oldinda 170 km/soat tezlik bilan ketayotgan Honda motosiklini 3 soatda quvib o’tishi uchun qanday tezlikda harakatlanishi kerak.
Ushbu 31323334……7475 sonining raqamlar yig’indisini toping.
Aka-ukaning yoshlari farqi 5 yosh. Akasi-ukasining yoshida bo’lgan vaqtda, ikkisining yoshlari yig’indisi 23 ga teng bo’ladi. Akaning hozirgi yoshini toping.
a, b va c raqamlar cba 3 xonali, ac 2 xonali sonlar cba+ac=1024 bo’lsa a+b+c=?
Birinchi sonning arifmetik o’rtachasi ularning soniga teng. Agar bu sonlar har biriga 2 qo’shilsa, ularning arifmetik o’rtachasi 10 ga teng bo’lib qoladi. Nechta son borligini aniqlng.
Odam g’ildirakni aylantirib kelmoqda. U g’ildirakni 8 marta to’liq aylantirganda manzilga yana 12 metr qoladi. 15 marta to’liq aylantirganda esa 9 metr o’tib ketadi. G’ildirakning diametri? (π=3)
Bir tuxumfurush tuxumlarni 4 tadan, 5 tadan va 6 tadan sotganda har safar 2 tadan tuxum sotilmay ketyapti. Bu tuxumfurushning eng kamida nechta tuxumi bor.
2 ta tufli, 3 ta futbolka va 4 ta paypoq 67000 so’m turadi. 2 ta tufli, 4 ta futbolka va 6 ta paypoq 92000 bo’lsa, 1 ta tufli, 1 ta futbolka va 1 ta paypoq necha so’m turadi.
Stadiondga kirish narxi 50 so’m edi. U yerda narxlar arzonlashtirilgach muxlislar soni 50 %, pul tushumi esa 25 % ortdi. Narx necha so’mga arzonlashtrilgan.
Soat 15:25 da soat millari orasidagi burchak necha gradusni tahkil qiladi.
7 ga bo’lganda 4 qoldiq qoladigan barcha 2 xonali sonlarning yig’indisini toping.
Uzunligi 400 m bo’lgan poyezd balandligi 40 m bo’lgan ustun yonidan 40 soniyada o’tib ketgan bo’lsa poyezdning tezligi necha m/s.
Massasi 400 g va konsentratsiyasi 12% bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi 52 % bo’lishi uchun qancha suv bug’lanishi kerak.
Hovuzga 2 jo’mrak ulangan. Bu jo’mrakdan birinchisi bo’sh hovuzga 6 satda, ikkinchisi 12 soatda to’ldiradi. Agar bir jumrak ochilib, hovuzning yarmi to’lgandan keyin 2-jumrak ochilsa, hovuz jami necha soatda to’ladi.
O’quvchilarning 66 % matematikani yaxshi o’zlashtirgan. 74 % esa ingliz tilini yaxshi o’zlashtirgan. O’quvchilarning necha foizi ham matematikani ham ingliz tilini yaxshi o’zlashtirgan. (o’quvchilar kamida 2 ta fandan birini yaxshi o’zlashtirgan deb hisoblansin).
Sok belgilangan narxdan 40 % chegirma bilan sotilsa, 20 % zarar qilinadi. Bu zarar 600 so’m ekanligi ma’lum. Sokni chegirma qilmasdan sotilganda necha so’m foyda qilinadi.
Avtomobil yo’lga chiqqanida 2 soat o’tgach, spedometrga qarab atiga 112 km bosib o’tganligini aniqladi. U chamalab ko’rib, agar shu tezligi bilan yuradigan bo’lsa, manzilga 30 min kechikib borishini aniqladi. Shuning uchun tezlikni orttirdi va muddatidan 30 min oldin yetib keldi. Agar boshlang’ich nuqtadan manzilgacha bo’lgan masofa 280 bo’lsa, avtomobil tezligini oshirgandan keying tezligini toping?
Guruhdagi o’quvchilar ichida qizlar sonining barcha o’quvchilar
soniga nisbati 3 7
ga teng. Guruhga 5 qiz va 5 bola kelgandan so’ng
barcha o’quvchilar soni 38 ta bo’ldi. Dastlab o’g’il bolalar soni nechta edi.
Mahsulotning supermarketdagi narxi uning bozordagi narxidan
20 % qimmat. Mahsulotning supermarketdagi narxi 10 % ga arzonlashdi. Shundan so’ng uning supermarketdagi narxi 540 so’m bo’ldi. Mahsulotning bozordagi narxi qancha?