Namangan davlat unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi TRX-AU-22 guruh
Talabasi Muhammadiyeva Dilobarning
Maxsus tarix fanlari fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi.
1.Agri-bu atama Xorazmda tanobning1/320 ni ifodalashda ishlatilgan. Qirq agri-118 tanob.
2.Alchin-bu 71.12 sm.li rus alshini. Xorazm va boshqa shaharlarda bu birlik rus istilosiga qadar ishlatila boshlagan. Ammo, Xingou havzasida alchida rus arshine emas, aksincha ko’rsatkich barmoqdan tirsakkacha bo’lgan oraliq tushuniladi(45-50sm).
3.Ambun-socha mahsulot o’lchov birligi. O’rta asrlar G’arbiy Pomir hududlarining huquqiy hujjatlarida tez-tez uchrab turadi. Etnografik ma’lumotlar asosida uning klomi belgilangan. Xufa va Rushanda “ambun” 24 “rastoy”ga teng bo’lgan. Rossiya bosqinigacha “ambuna” 78-79 kg atrofida, bosqindan so’ng esa 98.28kgga teng bo’lgan. Shug’nonda esa 144kgga teng bo’lgan.
4.Angusht-barmoq ma’nosini bildirib, qatlangan o’rta barmoq bo’g’in kengligiga teng. XVIII asrda Buxoro va o’lchov birligi qat’iyan 6 dona bug’doy donining yonma-yon qo’yilgan holati uzunligiga teng bo’lgan. Angusht mustaqil birlik sifatida qo’llanilgan. Angushlar soni gaz o’lchovini aniqlagan. Ammo angushtning o’rta o’lchovi o’zgarib turgan. Sababi gaz amaliyotda musht bilan o’lchangan, bu esa 4 angusht va 3 angushtga teng keluvchi buklanmagan bosh barmoqqa teng edi. Bu ikkalishlarni keltirib chiqargan (2,18-2,28sm).
5.Arpa-qadimda qo’llanib kelingan o’lchov birligi. Ming dona arpa doni o’g’irligi 40,9610-40,9514g bo’lgani uchun 1 dona arpaning og’irligi o’rtacha 0,0409512g ga teng deb olingan. 1 arpa doni=0,0453g deb qabul qilingan. Arpa donining forscha nomi joudir.
6.Aruzza-qadimdan Osiyoning musulmon davlatlarida qo’llanib kelgan og’irlik o’lchovi birligi. Qiymati dinorning 1/240 bo’lagiga teng. Agar 1 dinor 4,464g ga teng bo’lsa, u holda 1 aruzza 1/240-4,464=0,0186g. Aruzza guruch doni deb ham ataladi.