Mustaqil ishi farg‘ona – 2023 pedagogika fanining baxs mavzulari


Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə8/9
tarix21.05.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#118692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Pedagogika

Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini o’rganish, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo’q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to’g’ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Bolalar ijodini o’rganish metodi o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Pedagogik kuzatish. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin