Mustaqil ishi farg‘ona – 2023 pedagogika fanining baxs mavzulari



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə3/9
tarix21.05.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#118692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Pedagogika

Sobiq Sho’ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O’zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish”* davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. 
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim ahamiyatga ega.
O’zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g’oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ko’rsatilgan fanlar pedagogik bilimlar rivojida qanday o’rin tutadi?
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin