int putc(int c, FILE*stream)
ko‘rinishida aniqlangan. putc() funksiyasi stream nomi bilan berilgan oqimga s belgini chiqaradi. Funksiya qaytaruvchi qiymati sifatida int turiga aylantirilgan s belgi bo‘ladi. Agar belgini chiqarishda xatolik ro‘y bersa EOF qaytariladi.
putc() funksiyasini standart stdout oqimi bilan bog‘langan holati - putc(c,strout) uchun putchar(c) makrosi aniqlangan.
4.Satrlarni o‘qish - yozish funksiyalari
Oqimdan satrni o‘qishga mo‘ljallangan gets() funksiyasining prototipi
char * gets(char *s);
ko‘rinishida aniqlangan. gets() funksiyasi standart oqimdan satrni o‘qiydi va uni s o‘zgaruvchisiga joylashtiradi. Joylashtirish payti-da oqimdagi ‘\n’ belgisi ‘\0’ belgisi bilan almashtiriladi. Bu funksiyani ishlatishda o‘qilayotgan satrning uzunligi s satr uchun ajratilgan joy uzunligidan oshib ketmasligini nazorat qilish kerak bo‘ladi.
puts() funksiyasi
int puts(const char *s);
ko‘rinishida bo‘lib, u standrat oqimga argumentda ko‘rsatilgan satrni chiqaradi. Bunda satr oxiriga yangi satrga o‘tish belgisi ‘\n’ qo‘shiladi. Agar satrni oqimga chiqarish muvaffaqiyatli bo‘lsa puts() funksiyasi manfiy bo‘lmagan sonni, aks holda EOF qaytaradi.
Satrni o‘qish-yozish funksiyalarini ishlatishga misol tariqa-sida qo‘yidagi programmani keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |