Mustaqil ishi mavzu: moliyaviy risklarning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə1/4
tarix17.03.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#88454
  1   2   3   4
Moliyaviy risk


Toshkent Moliya instituti Moliya yo’nalishi sirtqi 2-mutaxassislik
4-kurs MM-51k-2 guruh talabasi Qodirov Dilshodning Moliya fanidan yozgan.


MUSTAQIL ISHI

MAVZU:MOLIYAVIY RISKLARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI.

TOSHKENT 2022
MAVZU: Moliyaviy risklarning mohiyati va ahamiyati.
1-TOPSHIRIQ.
Reja:
1. Moliyaviy risk haqida tushuncha.
2. Risklarning mohiyati va ahamiyati.

1. Moliyaviy risk haqida tushuncha.“Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma`nosida kelishi ko`rsatilgan.
“Risk” so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”.
Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli” deb ifodalangan. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o`z navbatida oldindan ko`ra bilish qiyin yoki mumkin bo`lmagan voqealar bilan bog`liq bo`ladi”, deya izohlaydi. Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko`rish ehtimolidir”.
Risk to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta`rif berib o`tadi:
Risk bu moliyaviy yo`qotish darajasini belgilab:
a) qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik;
b) noaniqliq holatda natijani belgilash;
c) sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash.
Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma`lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va kelasi davr ma`lumotlari yetishmasligi yoki to`liq emasligi sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda e`tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr ma`lumotlari asosida faqat noma`lum kelajakda yuz berishi mumkin bo`lib o`tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo`qotish va zararlarga bog`liq bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo`lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo`lgan oqibatlarga ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.

Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin