Fargʻona davlat universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
K19.151_guruh talabasi
Mamadaliyev Nurillobekning
Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
Mustaqil
ishi
Mavzu: Raqobatlashgan mehnat bozori
Reja:
Mehnat bozori.
Mehnat bozorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Raqobatlashgan mehnat bozorining xususiyatlari
Mehnat bozori.
Mehnat bozori barcha bozor turlari ichida eng asosiy bozor xisoblanadi. Mehnat bozori o’zining maxsus xususiyatlariga ega. Bu bozorda oddiy mehnat tasirida yaratilgan tovarlar bilan savdo qilish emas balki iste’mol va ishlab chiqarish vositalarini yaratuvchi inson mehnati bozori ekanligi bilan ajralib turadi.
Mehnat bozorini rivojlanishi bozor talablari asosida uning tashkil topishi insonlarning psixologik qarashlari, ijtimoiy xususiyatlari xamda mehnat qilish faoliyati bilan bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni motivasiyalashtirish ya’ni uning turli shakllarida, bozor talablari asosida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Mehnat bozorida inson va uning oila a’zolarini to’liq davr talablari asosida kamolotga etkazish uchun zarur bo’lgan moddiy omil ish xaqi shakllanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori ko’p qirrali bozor bo’lib, u jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy xolatini ifoda etadi.
Mehnat bozorida ish beruvchilar bilan ish kuchlarini sotuvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar xam tovar va pul shaklida amalga oshiriladi, sababi bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchi tovar bo’ladi. Bu maxsus tovar, foyda keltiruvchi tovar xisoblanadi, bu tovarning maxsusligi shundan iboratki ish kuchidan uning mehnat qilish, tadbirkorlik xususiyatlarini ajratib bo’lmaydi.
Ishchi kuchi tovar deganda asosan ishchini mehnat qilish qobiliyati darajasi tushunilishi kerak. Ishchi kuchini mexnat qilish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa uning qiymati shunchalik yuqori bo’ladi. Mehnat bozorida ish kuchini ishlab chiqarishning ma’lum yo’nalishlari bo’yicha qo’llash uchun oldi sottisi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |