Xulosa :
Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.
TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular kabi nihoyatda muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.
Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan xususiyat va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON bo`lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Sharipov M. , Fayzixo’jayeva D. Mantiq . O’quv qo’llanma. –G’afur G’ulom: Toshkent, 2004. 5-16, 111-211 b .
Oblomurodov , N. (2022). Yangi O’zbekistonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitishning ayrim jihatlari haqida . 154-159 b.
www.lex.uz
Dostları ilə paylaş: |