Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) о‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, “Ziji jadidi Kо‘ragoniy” (“Yangi Kо‘ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug‘bek ziji” buyuk olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, о‘z akademiyasini tashkil qildi. О‘z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni о‘rganib, rо‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bо‘yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) о‘zidan matematika va astronomiyaga bag‘ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining о‘zgarishini Yerning Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta’siri bilan bog‘liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII О‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli ta’sir qilgan.