21. Mustaqil so\'z turkumlarining xususiyatlari tiplari
mustaqil so'z turkumlarining xususiyatlari tiplari So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan. Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama. Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi. Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.