mustaqil ta’lim Test: Qoshgariy «Devonu Tugotit turk»



Yüklə 178,91 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü178,91 Kb.
#201237
1   2   3   4   5
Pedagogika

3-Mustaqil ta’lim
A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bo’yicha glossariy 
Jamoliddinova Durdona 21.76guruh 
A
Abas - foydasiz, o’rinsiz.
Adovat-dushmanlik, kek.
Ajz - kuchsizlik, iqtidorsizlik.
Amal - 1) ish, harakat, 2) mansab. Amora-amretuvchi, qistovchi, buyuruvchi, hukmron. 
Anoniyyat- manmanlik, g’urur, xudbinlik.
Arar-sarv, qaddi qomati kelishgan.
Arasot - maydonlar, sahnlar (birligi - arsa).
Atolat - mutaassiblik, mo’rtlik, bo’shlik.
 
B
Baid -yiroq, uzoq.
Balig’ - nafis, silliq.
Balohat-ahmoqlik, razillik.
Barbod -yelga, havoga sovurmoq.
Basit-sodda, oddiy. 
Bebok-beparvo, hayosiz, bevosh.
Bori - yaratuvchi, Xudo.
Buxl - baxillik, qizg’anchiqlik.
Bu’z - kiyna, kek, gina, dushmanlik.
 
D
Darajot - darajalar, martabalar (birligi - daraja). Daroz-uzun.
Dast- qo’l.
Daf - qaytarish, rad etish.
Dahr-dunyo, olam.
Digar-boshqa.
Diyonat - 1) soflik, to’g’rilik. 2) dindorlik.
Dor - uy, xona.
 
F
Fano - tugalish, yo’q bo’lish, o’lish.
Farz-shart, majbur.
Fart - ortiqlik, cheksizlik.
Fasod - buzilish, buzuqlik, ig’vo.
Fasohat-so’zning ravshan, yoqimli bo’lishi, chiroyli uslub. 
Fatvo - shariat qonunlariga doir beriladigan yo’l-yo’riq, ko’rsatma.
Fatonat - o’tkir zehn, ziyraklik, tez fahmlik.
Fath - 1) ochish, 2) zabt etish, qo’lga kiritish. Faqir-kambag’al, qashshoq.
Fido-qurbon qilmoq, bag’ishlamoq.
Fisq - buzuqlik, axloqsizlik
 
G
Go’sha - burchak, xilvat, chekka joy.
Go’shanishin -xilvatga kiruvchi, xilvatda o’tiruvchi.
 
H
Hab - 1) dona, don; 2) no’xatdek yumaloq shakldagi dori (tabletka).
Havlnok-qo’rqinchli, dahshatli.
Hadis-so’z, gap.
Hayo - uyat, sharm, or, nomus, adab.
Halim - yumshoq tabiatlilik, muloyimlik.
Hamoqat - ahmoqlik.
Handasa - geometriya.
Harisona - ochko’zlarcha, tama’gir.
Hasab-soni, miqdori.
Hasad - ko’rolmaslik, qizg’anish.
Hasana - yaxshi, go’zal, chiroyli, yaxshilik.
Hasosat- hushyorlik, ziyraklik.
Hasud - hasadchi, ko’rolmaydigan.
Haqorat-tahqirlash, so’kish.
Hiddat - tezlik, o’tkirlik.
Hikmat-falsafa, donolik.
Hilm -yumshoqlik, muloyimlik, yuvoshlik.
Hisor-qo’rg’on, qal’a.
Hifz-saqlash, qo’riqlash.
Hubb-sevish.
Hukamo - hakimlar, donishmandlar, tabiblar (birligi - hakim). Husud - hasadchi, hasad qiluvchi.
 
I
lyzo - ozor berish, uyaltirish.
Imon - ishonch, e’tiqod. Inoyat-mehribonchilik, marhamat.
Ins - inson, kishi, odam jinsi.
Inqiroz - botish, orqaga ketish, tamom bo’lish. loda-qaytish.
Irtiqob - kirishish, biror noo’rin ishga kirishish. Isloh -tuzatish.
Istiqomat-turg’unlik, sog’lik, ishga chidamlilik. Istihbob-sevish, ma’qullash.
Istehzo - masxara qilish.
Itoat-bo’ysunish
 
J
Javorih - badan a’zolari: qo’l, oyoq, ko’z, quloq kabi. Jamol - go’zallik, husn.
Jahd - tirishish, astoydil harakat qilish. Jahim-jahannam, do’zah.
Jahl - bilmaslik, bilimsizlik - nodonlik.
Jaholat—johillik, nodonlik.
Jibohat - qo’rqoqlik, qat’iyatsizlik.
Jidd - tirishish, sa’y, cholishish.
Jinon - jannatlar (birligi - jannat).
Jovidon -abadiy, doimiy, mangu.
Jurm - gunoh, jinoyat
 
K
Kabir-katta, ulug’, qudratli.
Kavnayn - ikki dunyo.
Kaj - egri, qiyshiq, qing’ir.
Kazzob - yolg’onchi.
Kalima - so’z, nutq.
Kalom - so’z, gap, nutq.
Kamol - to’lalik, mukammallik, talant. Karon -chet, chegara, qirg’oq.
Kas - kishi, shaxs.
Kasir- ko’p, mo’l.
Kasolat - sustlik, bo’shashganlik.
 
L
Lafz - og’zaki so’z, ifoda.
La’I - qizil rangli tosh, qizil lab.
Lahja-sheva.
Lison - til.
Lobud - majburiy, bo’lishi shart. Lutf-muloyimlik, rahmdillik, marhamat
 
M
Mabno-asos, o’zak, poydevor.
Mavt-o’lish, vafot etish.
Mavsuf-sifatlangan, maqtalgan.
Magas-pashsha.
Maziyyat - ortiqlik, ziyodlik.
Mazmum -yomonlangan, nafratli, yomon.
Mazhab - yo’l, ta’limot, maslak.
Malak-farishta.
Malomat-ayblash,yomonlash. Mamduh-maqtovli, maqtashga loyiq.
Mamnu’ - man etilgan, taqiqlangan.
Mamot-o’lim, vafot.
Masmum - zaharlangan.
Masrur-xursand, shod.
Mas’ud - baxtli, saodatli.
Matin - mustahkam, puxta.
Matonat-qat’iyat, bardoshlik, chidam.
Mafhum -fahmlangan, tushunilgan tushuncha. Mashru’ - 1) qonuniy, ruxsat etilgan, 2) boshlanish. 
 
N
Nadomat-pushaymon qilish, afsuslanish. Nazar-qarash, ko’rish.
Nazari ibrat - ibrat ko’zi.
Nazokat- noziklik, adab, tarbiya.
Nazofat - tozalik, poklik, ozodalik. Nazohat-soflik, tozalik, nuqsonsiz. 
Namimat - chaqimchilik.
Nammom - chaqimchi.
 
O
Odob - yurish-turishdagi yaxshiliklar (birligi - adab). 
Olat - asbob, qurol (ko’pligi - olot).
Olom -alamlar (birligi -alam), dard, tashvish, qayg’u.
Orif-biluvchi, ma’rifatli, dono.
Osiy-gunohkor, gumroh, isyonkor.
Osor- belgilar, nishonalar (birligi -asar)
Osuda - tinch, tashvishsiz.
Otash - o’t, olov.
Ofiyat - sog’liq, tinchlik.
Oqibat-oxir, so’ng, natija.
 
R
Rajo - umid, tilak.
Razzoq - rizq beruvchi, to’ydiruvchi, Xudo. Razolat- pastkashlik, tubanlik.
Ranj - mashaqqat, mehnat. 
Raxovat-dangasa,tanparvar,ishyoqmas. Raqobat-qarama-qarshilik,musobaqa. Rahnamo-yo’l ko’rsatuvchi. 
Riyozat-qiynalish, mashaqqatlanish
Rioyat-e’tiborga olish.
Roje’-qaytuvchi.
Rom-bo’ysunish.
 
S
Sadoqat-do’stlik.
Sadr- 1) ulug’ mansab; 2) boshliq.
Sayyid -1) boshliq, yetakchi 2) Payg’ambar avlodi. Saloh-qurol-yarog’.
Samara -1) meva, 2) natija.
Saodat- baxt.
Sarvat-boylik.
Sarzanish - 1) koyish, jazo berish; 2) tanbeh.
Safolat - pastkashlik, xasislik.
Safohat-aqlsizlik, nodonlik, ablahlik.
Saxovat - saxiylik, qo’li ochiqlik.
Sa’y - harakat, tirishish, urinish.
Sahv - xato, yanglish.
Siloh -qurol, aslaha.
Siroyat- yuqish, ta’sir qilmoq.
Sobir-sabrli, sabrqiluvchi.
Soil - so’rovchi, tilovchi, qashshoq.
Surfa -yo’tal, ko’kyo’tal.
Su’izan - birov haqida yomon fikr qilmoq, haqorat, qasd.
Sunnat-qonun, odat.
 
T
Taaddi - zulm qilish, ezish.
Taayyish — shodlik, hayotdan rohatlanish.
Taarruz - qarshilik ko’rsatish.
Taassub-fanatizm, shovinizm, dushmanlik, ko’rolmaslik. 
Tavozu -adablilik, o’zini past tutish, kamtarlik.
Tavfiq - yordam, madad.
Tadovi-davolash.
Tajovuz-o’tish, chegeradan o’tish.
Tazvir-firib, aldash.
Takfir- kofir (ishonmovchi) deb hukm qilish. Talx-achchiq.
Tama - ochko’zlik, qizg’anchiqlik.
Tamiz-sof, toza.
Taoli - yuksaklik, ko’tarilish.
 
U
Ubudiyat-bandalik, qullik.
Uzr -1) kechirim, 2) bahona, sabab.
Ulamo - olimlar (birligi - olim).
Ulviyyat-baland martabalik, yuqorilik.
Uluviyya - ulug’lik, oliy darajali.
Uluviyat-yuksaklik, ulug’lik.
Umron - obod, obodonchilik.
Ummat - kishilar to’dasi, bir payg’ambarga tobe kishilar. 
Ummul xabois - yomonliklarning onasi.
Umur- ishlar (birligi - amr).
Uqubat-azob, qiyinchilik.
Uhda -1) majburiyat, 2) javobgarlik.
 
V
Viqor-og’irlik, chidam, ulug’vorlik. 
Vojib - bajarilishi zarur, majburiy
. Voqif-xabardor, biluvchi.
Vuqur-chidamlilik, bardoshlilik
 
X
Xalloq -yaratuvchi, Xudo.
Xam-egilgan, bukilgan.
Xandon - kuluvchi, shod, xursand.
Xarj -chiqim, sarf.
Xasosat-tama qilish, pastkashlik.
Xasta - kasal, bemor.
Xilvat - xoli, kimsasiz tinch joy
Xilof-teskari, zid, haqiqatga qarshi.
Xirad-aql, hush.
Xiradmand -aqlli, dono, bilimdon.
Xok-tuproq.
Xoksor-tuban, past, kamtar.
Xoliq - yaratuvchi, Xudo.
Xor-tikan.
Xudbin -takabbur, boshqalarni nazariga ilmovchi. 
Xulafo - xalifalar (birligi - xalifa), yordamchi, o’rinbosar. 
Xun-qon.
Xurofot - uydurma, asossiz gaplar.
Xurram - shod, xursand.
Xusumat-janjal, dushmanlik, ziddiyat.
Xush -yaxshi, ma’qul.
 
Z
Zabon-til.
Zabt-qo’lga olish, egallash.
Zavol -yo’q bo’lish, so’nish, botish.
Zako - zehnlilik, tez tushina olishlik, ziyraklik.
Zalil -xor, faqir, tuban.
Zalillik — xorlik, haqirlik.
Zamima-yomon, yomonlashga loyiq, axloqi zamima-yomon xulqlar, yaramas odatlar.
Zeroki-chunki.
Zi -tirik, jonli.
Zidd - qarshi, qarama-qarshi.
Zillat - past, pastkashlik.
 
G’
G’aniy-boy, badavlat.
G’arib - kimsasiz, musofir.
G’ubta - orzu, orzu qilmak, umid
 
Sh
Shab-tun, kecha.
Shaji’ - botir, jasur, shijoatli.
Shafi’-vositachi, himoyachi.
Shafoat-vosita bo’lish, v®sitachilik.
Shaqovat- baxtsizlik, yaramaslik, yomonlik. Shahodat - guvohlik.
Shiddat-qattiqlik, og’irlik.
Shijoat-botirlik, dovyuraklilik.
Shikasta - siniq, ko’ngli ozor topgan.
Shorn - kechqurun, qorong’ulik.
Shomil - yoyilgan, yoymoq, umumga tegishli.
 
 
Ch
Charx - 1) aylanish, 2) ko’k, osmon, dunyo.
Chashm - ko’z, chashmi ibrat - ibrat ko’zi.
Cholishmoq - ishlamoq, mehnat qilmoq.
Choh -chuqur, quduq, zindon.
Chug’z-boyo’g’li, boyqush.


Cho’x-ko’p






Yüklə 178,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin