Mustaqil ta’lim topshiriqlari



Yüklə 223,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.04.2023
ölçüsü223,31 Kb.
#93441
1   2   3
MUSTAQIL TA\'LIM TOPSHIRIQLARI

 
Talab qilinadi: 
1. «PARVONA» XK aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri 
boshiga buxgalteriya balansini tuzing. 
2. Yuqoridagi xo‘jalik operatsiyalarini scho‘tlarda xo‘jalik operatsiyalarini 
ro‘yxatga olish daftarida aks ettiring. 
3. Tegishli sintetik scho‘tlarni oching hamda boshlang‘ich qoldiqlarni 
o‘tkazing. 
4. Xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish daftarida hisobga olingan xo‘jalik 
operatsiyalarini tegishli scho‘tlarga o‘tkazing.
5. Sintetik scho‘tlar bo‘yicha oborotlarni va oxirgi qoldiqlarni aniqlang. 
6. Hisobot davri oxiriga «PARVONA» xususiy korxonasining balansini tuzing. 
2. «ASILBEK-ABS» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) mahsulot ishlab 
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatda hisobot 
davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud bo‘lgan:
Asosiy vositalar – 80 200 000 so‘m, Ustav kapitali – 64 700 000 so‘m, 
Taqsimlanmagan foyda – 8 200 000 so‘m, Xaridor va buyurtmachilarning qarzi – 
10 000 000 so‘m, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 24 200 000 so‘m, 
Olingan bo‘naklar – 1 000 000 so‘m, Materiallar – 7 200 000 so‘m, Budjetga 
soliqlar bo‘yicha qarzlar – 580 000 so‘m, Davlatning maqsadli jamg‘armalariga 
to‘lovlar bo‘yicha qarz – 200 000 so‘m, Qisqa muddatli bank krediti – 50 000 000 
so‘m, Mehnat haqi bo‘yicha qarz – 10 000 000 so‘m, Hisob-kitob scho‘ti – 
67 000 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 
5 520 000 so‘m.
 
«ASILBEK-ABS» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)da hisobot davri 
davomida quyidagi xo‘jalik operatsiyalari bo‘lgan (shartli ravishda):
1. 20xx yil 3-yanvarda Mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzdorlik hisob-
kitob scho‘tidan o‘tkazib berildi – 5 520 000 so‘m. 
2. 20xx yil 5-yanvarda Xaridolardan sotilgan tayyor mahsulotlarning puli kelib 
tushdi 10 000 000 so‘m. 
3. Hisob-kitob scho‘tidan 20xx yil 17-yanvarda ish haqi uchun 10 000 000 
so‘m naqd pul olindi. 
4. 20xx yil 6-yanvarda ishlab chiqarishga 7 000 000 so‘mlik materiallar berildi. 


5. MChJni budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 880 000 so‘m 20xx yil
6-yanvarda tuman soliq inspeksiyasiga o‘tkazib berildi. Shuningdek, davlatning 
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 200 000 so‘m ham shu sanada 
o‘tkazib berildi. 
6. 20xx yil 5-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga 2 500 000 so‘m miqdorida 
bo‘nak berildi. 
7. MChJning qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 10 000 000 so‘m 20xx 
yil 8-yanvarda hisob-kitob scho‘tidan to‘landi. 
8. Kassadan to‘lov qaytnomasiga asosan 20xx yil 18-yanvarda 10 000 000 
so‘m ish haqi tarqatildi. 
9. 20xx yil 10-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 12 000 000 so‘mlik 
materiallar olindi. 
10. Xaridor va buyurtmachilardan 20xx yil 17-yanvarda 2 800 000 so‘m 
miqdorida bo‘nak olindi. 
11. Ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarga ish haqi hisoblandi
(28.01.20xx yil): 10 000 000 so‘m. 
- hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi – 1 200 000 
so‘m; 
- ishchilarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i hisoblandi – 1 200 000 
so‘m; 
- hisoblangan ish haqiga nisbatan 1 % kasaba uyushmasiga 100 000 so‘m 
ajratma hisoblandi. 
- hisoblangan ish haqiga nisbatan 0,1 % shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya 
hisob raqamiga 10 000 so‘m ajratma hisoblandi. 
12. Asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarga 20xx yil 29-
yanvarda eskirish hisoblandi – 5 614 000 so‘m. 

Yüklə 223,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin