Ikkinchidan
, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni
saqlab qolish yoki
o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda
mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash, joiz.
Uchinchidan
, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar
doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, jozibadrlik
kuchini namoyon qila olishi mumkin.
Insoniyat
tarixiga xalqlar va davlatlar, millatlar va jamiyatlarni yuksalishga
yetaklagan yoki ularni tanazzul va halokatga mahkum etgan turli xil g‘oyalar ta’sir
o‘tkazib kelgan. Chunki insoniyat taraqqiyoti yoki tanazzuliga g‘oya va mafkura
bevosita ta’sir etadi. Mafkuraviy jarayonlar ijtimoiy sharoitlar bilan bevosita
aloqadorlikda bo‘ladi.
Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini,
xalqning iroda va
intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va
imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘ladi. Masalan, XX asrda
dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik.
Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay) «fuqarolik burchi»,
«yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik»,
«paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalarga
asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarda poydevor bo‘ldi.
Tarixda davrlar almashinuvi bilan mafkuralar ham o‘zgarib borgan. Foyaviy
zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa
millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur
etkazadi, uning taraqqiyotini orqaga surib yuboradi. Foyaviy zaiflik va mafkuraviy
beqarorlikning tarixda achchiq saboqlari qolgan. Masalan, Makedoniyalik Aleksandr
va arab bosqini, Chingizxon bosqini, chor istilosi davrlarida
ayrim hukmdorlarning
xalqni birlashtirib kurashga safarbar etmagani o‘lkamizning qaramlik changaliga
tushib qolishiga sabab bo‘ldi.
Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda yetakchi mavqelardan birini egallaydi.
Insoniyatning ko‘p ming yillik o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Er yuzida dastlabki
odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan
dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga
ehtiyoj tug‘ildi.
Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat
maskanlarining ko‘pchiligi dastlab Sharqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi
taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon,
Turon, Eron, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim
o‘rin tutadi. Qadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib
yerga
ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab
navlarini etishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshootlari va moslamalarini
yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
976
dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak
olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat
kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va
ruhan engilmas bo‘lishni jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‘oyalarni
yaratdilar, ularni amalga oshirdilar.
Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit
bilan uzviy aloqador
bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgaradi.
Milliy g‘oyaning zarurligi, eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini
mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish
bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi:
1. Oldimizga qo‘ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya’ni
ozod va obod
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
2. Eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‘lish.
3. Foyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4. Uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo‘lgan begona va yot
g‘oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
5. Xalqimiz tabiatiga zid bo‘lgan o‘zga g‘oyalardan, ayniqsa, yosh avlodni
himoya qilish.
6. Har qanday tajovvuzkor g‘oyalarga qarshi tura oladigan har tomonlama
barkamol avlodni voyaga etkazish zaruratining mustaqillikni mustahkamlashdagi
o‘rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo‘lish.
7. Mustaqillikni davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun ma’ullik
tuyg‘usi bo‘lishi uchun ham zarur.
Demak, milliy g‘oyaning negizidagi muhim ustuvor
maqsad - mustaqillikni
bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo‘lib qolaverar
ekan, uning zarurligi hech bir davrda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Bu g‘oya
xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi
maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish yo‘lida barcha
yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiladigan, milliy istiqlol
mafkurasiga asos bo‘ladigan g‘oya va tushunchalar tizimidir.
Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsad jamiyatdagi
barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini,
mamlaka-timiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat. Bu yo‘lda, xulosa qilib
aytadigan bo‘lsak, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish va mo‘ljallash funksiyasi.
2. Shu g‘oya atrofida kishilarni uyushtirish va birlashtirish funk-siyasi.
3. Foyani amalga oshirish uchun safarbar etish.
4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
977
5. G`oyaviy tarbiyalash.
6. G`oyaviy immunitetni shakllantirish.
7. Harakat dasturi bo‘lish.
8. Amortizatsiyalash, ijtimoiy keskinlikni yumshatish funksiyasi.
9. Muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etish va himoyalash funksiyasi.
Milliy g‘oyada O‘zbekiston xalqining mamlakatimiz
rivojida belgilab olgan
asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan.
Dostları ilə paylaş: