Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizim da amalga oshirilgan islohotlar
tarix 07.01.2024 ölçüsü 489,49 Kb. #204984
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizim da amalga oshirilgan islohotlar
Reja:
Ø Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan
islohotlar va uning tatbiq etilishi.
Ø Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida.
Ø Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilishi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar va uning tatbiq etilishi
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo,
iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor
munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi
sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar
davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat
xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan
hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi
barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda
ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘rnatishga xalaqit qilmoqda. Xususan,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar
siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi
ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat
xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi,
o‘z navbatida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari
o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati
yopiqligiga shart-sharoit yaratmoqda.
Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal
ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda
qolmoqda.Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari xodimlarini
belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-biridan
tubdan farq qiladi.
Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining
lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar , o‘zini o‘zi boshqarish
organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan.
Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda,
faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.
Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.
Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.
Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish,
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat
idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror
toptirishga xizmat qiladi.
Ekspertlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo,
iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor
munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi
sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat
boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu
tizimning asosiy unsuriga aylandi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy
yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar
konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, “Davlat
boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va
xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar
loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan. Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati
samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga
emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror
toptirishga xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot
yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi
Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilishi.
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar.
5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu
dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining
taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining
illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga
chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan
jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
Ø birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot
siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
Ø ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan
amalga oshirishi shart;
Ø uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning
ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha
hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim ;
Ø to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat
o’tkazish kerak.
Ø beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib,
yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining
an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda
tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga
rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Xulosa
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi
va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib,
faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari,
jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib,
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda
sobiq sovet tuzumidan qolgan og’ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun
ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy
iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi
va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov “ О’zbеkistоnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” Toshkent.1992
2. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent
3.Mirziyoev Sh.M. "Erkin va farovon , demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz". - Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
4.Usmonov Q., Abdug‘aniev A. O‘zbekiston-siyosiy va huquqiy islohotlar sari. -
Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
5.O‘zbekistoning yangi tarixi. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Uchinchi kitob -
Toshkent, Sharq. 2000.
6.Mustaqil O‘zbekiston tarixi. - Toshkent: Akademiya , 2013.
. Dostları ilə paylaş: