МАВЗУНИНГ РЕЖАСИ: МАВЗУНИНГ РЕЖАСИ:
1. Ozbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlashi. Taraqqiyotning Ozbek modeli va uning o`ziga xos xususiyatlari.
2. Ozbekiston Talim Tizimining Rivojlanishi va takomillashuvining eng muhim yonalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
3.Аҳолини турмуш даражасини юқори даража таъминлаш. Аграр секторни ривожланиши.
4 Ozbekistonning tashqi siyosatida dostlik aloqalarini mustahkamlash 5. Ozbekiston va jahon xamjamiyatiga kirib borishida
Tayanch iboralar: O’zbek modeli, ta`lim tizimi, kadrlar tayorlash milliy dasturi, otish davri, Qonun ustuvorligi, chet tillarni organish,qishloq taraqqiyoti, shaxs, davlat va jamiyat,uzluksiz talim,fan,ishlab chiqarish,
Ozbek modelining tamoyillari: 1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va u mafkuraviy holatlardan xoli.
1)Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 2) Bozor infratuzilmasini shakllantirish. 3) Aholini ijtimoiy himoyalash.
2. Davlatning bosh islohotchiligi: 1) Davlat iqtisodiy ozgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi. 2) Iqtisodiyotni ijtimoiy sohaga yonaltiradi. 3) Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratadi. 4) Iqtisodning erkinlashtirilishini taminlaydi. 5) Ijtimoiy muammolarni hal qiladi.6) Ishbilarmonlik, tashabbuskorlikni qollab-quvvatlaydi. 3. Qonun ustuvorligi: 1) Qonun ustuvorligi tamoyili sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bogliq. 2) Qonun oldida hammaning tengligi. 3) Davlat hokimiyatining bolinish tamoyili, mustaqilligini taminlash. 4.Kuchli ijtimoiy siyosat: 1) Aholini ish bilan taminlash (3 ta sektorning: davlat, xususiy va nodavlat sektorining vazifasi). 2) Daromad siyosatini yuritish: pul daromadi. 3) Ijtimoiy taminot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni taminlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmat korsatish. 5) Xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash. 6) Har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyat yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan taminlash. 5.Bozor iqtisodiyotiga otishning bosqichma-bosqichligi tamoyili: 1) Bosqichma-bosqich, tadrijiy yol bilan amalga oshirish. 2) Mamuriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, asta-sekin boshqaruvning demokratik, erkin iqtisodiy boshqaruviga otish. 3) Kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish. 4) Odamlarning qashshoqlanishiga yol qoymaslik. 5) Jamiyat siyosiy sohasini, davlat va jamiyat qurilishini asta-sekin isloh qilish.
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bilan band bo’lgan jismoniy shaxslarni ham hisobga olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam ko’rsatish vazifasini o’z zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joylarda uning hududiy bo’limlari ham faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning noyob, o’ziga xos tizimi ish olib bormoqda. Unga davlatning o’zi rahnamo-lik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan deyarli barcha mablag’lardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl-lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda.
Mamlakat tovar-xomashyo birjasi o’z faoliyatini ancha kengay-tirdi, undagi bitimlar hajmi 1995-yilda 7,7 mlrd. so’mga yetdi. 1995-yilda 8481 obyektni 859,8 mln. so’mga sotgan Respublika ko’chmas mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi. To’plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Qishloq xo’jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo’lgan xo’jalik tuzilmasi — «O`zqish-loqxo’jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash» «O`zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi.
Bir so’z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O’zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar o’ziga xos tarzda amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berildi. Bu o’rinda Prezident I. Karimov jahon amaliyotini chuqur o’rgandi, tadbirkorning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’ringa egaligi, aniqrog’i u «zamonasining yangi qahramoni» ekanligini chuqur his qildi. Shu bois Prezident 1994-yil 21-yanvarda «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berdi. Mamlakatda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi yaratildi.
U Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror-larini o’z ichiga oluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asos-lanadi. Xalqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT, YuNIF) tomonidan qayd qilinishicha, korxonalar va tadbirkorlar faoliyatini xususiylash-tirishdan keyingi qo’llab-quvvatlashning O’zbekistonda amal qila-yotgan tizimi, MDH mamlakatlari orasida o’xshashi yo’q ekanligini xalqaro ijtimoiy tashkilotlar mutaxassislari ham tan ola boshladilar. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo’llabquvvatlashning samarali yo’llarini qidirib topa bosh-ladi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat Dasturidan tashqari O’zbekistonda xalq xo’jaligining barcha tarmoq-larida, shu jumladan, qishloq xo’jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi. 1994-yili Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chi-qildi va amalga oshirila boshlandi. I. Karimov 1995-yil 4-iyulda bo’lib o’tgan idoralararo Kengash-da tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xususida qo-nun qabul qilish kerakligini uqtirdi.
Shunday Qonun Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi. Ushbu Qonun kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab berdi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi huquqlarini ro’yobga chiqarishga qaratildi. Qishloqda haqiqiy mulkdorlarning shakllanishida fermer va dehqon xo’jaliklarining yana ham rivojlantirilishi alohida ahamiyatga egadir. Respublikada fermer xo’jaliklarining umumiy soni 1992-yildagi 6 mingdan 1998-yilda 23 minggacha oshdi, ushbu xo’jaliklardagi qoramollar soni 42 ming boshdan 168 ming boshga-cha oshdi. Fermer va dehqon xo’jaliklariga ajratilgan qishloq xo’jalik yerlari maydoni oshmoqda. Agar 1995-yilda fermer xo’jaliklari 308 ming gektar yerga ega bo’lsa, 1998-yilda ularga 447 ming gektar yer tegishli bo’lgan, dehqon xo’jaliklari maydoni esa shu davrning ichi-da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan.
Bu boradagi islohotlar izchil amalga oshirilishi tufayli hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2006-yilda bu ko’rsatkich 85 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish bo’yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili 75 foizdan iborat bo’ldi. Aynan ana shunday odamlar jamiyatimizning tayanchi bo’lib, uning ijtimoiy asosini tashkil etadi. Chunki aynan shular demokratik va bozor islohotlarini davom ettirish va chuqurlashtirishdan, mamla-katni barqaror va izchil rivojlantirishdan ko’proq manfaatdor ekanini ta’kidlash zarur.
1997- yil 29 avgust Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi -Talim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda talim islohotlarini yanada chuqurlashtirish vazifalari va dasturlarni ro`yobga chiqarish bosqichlari asoslab berildi. Dastur asosida kadrlar tayyorlashning - milliy modelli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Ozbekistonning strategik maqsadi rivojlangan demokratik davlat barpo etish taraqqiy etgan mamlakatlar hamjamiyatining teng huquqli azosiga aylanishning ifodasidir. Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorining muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etish lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti va sub`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili. Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bolib, ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uningfaoliyat korsatish muhitini oz ichiga oladi. Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilgor pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
2009 yili, yani Qishloq taraqqiyoti va farofonligi yili»da Qishloqlarimiz qiyofasini ozgartirish, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining hayot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini oshirish ijtimoiy masalalariga alohida etibor qaratildi. Mazkur maxsus davlat dasturi Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon boladi, degan goyani ozida mujassamlashtirgan edi.... Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini ozgartirish, bugun qishloq joylarda yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bolsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish goyat muhim orin tutadi. Keng kolamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida otgan yili 840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni taminladi».
Mustaqillikning iqtisodiy asoslarini yaratish milliy tiklanishning muhim shartlaridan biri Qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirish maqsadida 2008 yil 20 oktyabrda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni kopaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda yurtimiz fuqarolarining katta qismi yashab kelayotgan qishloq joylari aholisining turmush kechirish sharoitlarini yanada yaxshilashga etibor qaratildi.
Xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qatiy nazar, davlatimiz mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarimiz farovonligi ishonchli tarzda taminlanishi zarur. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy liberallashtirish, bozorni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, talim va marifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga etibor – bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga tasir etmoqda.Ustuvor yonalishlar haqida fikr bildirilganda, dunyoning turli mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalar nazarda tutiladi. Bunda salmoqli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa salohiyatga ega yetakchi davlatlarga alohida etibor qaratiladi.
Ozbekiston Respublikasi ozining xohish irodasi va taklifiga kora yil 2martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining tola teng huquqli azosi boldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bolgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan maruzasi Ozbekistonni jahonga qohna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. Ozbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari boyicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar boyicha bir qator takliflarni ortaga qoydi. Ozbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil seentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bagishlangan Toshkent kengash- seminari bolib otdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan oz fikrlarini, takliflarini aytdilar yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari boyicha Ozbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi