MTT tarbiyalanuvchilarining ongida g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo`lidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish, maktabagacha ta`lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta`lim-tarbiya jarayonlarining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo`lib, mazkur jarayonda o`rganilayotgan tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning faolligini oshirishni ta`minlash aynan biz pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Zero, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, Ta`lim O`zbekiston xalqi uchun yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, uning qobiliyati uzluksiz rivojlanadi, kattalar tajribasidan oziqlanib voyaga yetadi.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Pedagogning bilimi, mahorati qizg`in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi hislatlarini va ma`naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Aynan bugun tarbiyachi-pedagoglaning mustaqil izlanishi va o`z ustida tinimsiz ishlashi kechiktirib bo`lmaydigan talablardan biri ekanligi biz uchun a`yon.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Respublikada maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" tayanch dasturi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya'ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimidagi yangicha yondashuvlar
Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi.