“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining vazifalari:
milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganish;
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning jami hajmini hisoblash;
inflyasiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini tahlil qilish;
valyuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari
Makrotahlil quyidagi tarkibiy qismlarni o‘zida mujassam etgan: pozitiv normativ «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi).
«Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi.
Makroiqtisodiyot Bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. moddiy ishlab chiqarish nomoddiy ishlab chiqarish xizmat ko'rsatish uning tarkibi Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar