Mustqail ish


Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#113952
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH UCHUN NAMUNA

Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi.



XX asrning 90 yillari bir qancha fan soxalari bo‘yicha maxsus dasturlarni yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo‘llanishi bilan harakterlanadi.
XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi konsepsiya qabul qilindi. Intelektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan soxasining yuqori sifatli maxsus bilimlari bilan ta’minlash kerak. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan SI tizimi yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan konsepsiya bu ekspert tizimlarini (ET) loyixalashtirishdir.
SI sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50 yillar oxiri) Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish c jarayonlarini tadqiq qilish ishlari bilan bog‘lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi teoremalarni isbotlashga mo‘ljallangan «MANTIQChI- NAZARIYoTChI» va «UMUMIY MASALA YeChUVChI» dasturlari bo‘ldi. Bu ishlar SI sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu tadqiqotlar masalalarni yechish cda turli xil evristik usullarni qo‘llashga asoslangan dasturlarni ishlab shiqish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Evristik usul bu holda insonning fikrlashiga umuman xos bo‘lgan, ya’ni masalani yechish c yo‘lini uni keyinchalik tekshirishga o‘xshash holda qaralgan. EHMlarda qo‘llanilgan algoritmik usul unga qarshi qo‘yilgan bo‘lib, bu usul deterministik tarzda natijaga olib keluvchi berilgan qadamlarning mexanik tarzda bajarilishini amalga oshirgan. Evristik usullarning alohida inson faoliyati kabi talqin etilishi SI terminining paydo bo‘lishi va tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib o‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Sayman dalil sifatida shuni ta’kidlashdiki, ularning dasturlari inson fikrlashini (tafakkurini) modellashtirar ekan. 70 yillar boshida ular bunga o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni shop etishdi va fikrlashni (tafakkurni) modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy metodikasini taklif etishdi. Nyuell va Saymanning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida SI sohasidagi tadqiqotchilar guruhi shakllandi. Nyuell va Saymanning oldingi ishlariga qarshi ravishda bu tadqiqotlar formal matematik tushunchalarga tegishli edi. Bu tadqiqotlarda masalani yechish yo‘li matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi. Inson tafakkurini modellashtirishga ikkinchi darajadagi kabi ahamiyat berildi.
SI sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyusiyalar usuli katta ta’sir etdi. Bu usul predikatlar mantiqidagi teoremalarni isbotlashga asoslangan va isbotlashning mukammal usuli hisoblangan. Bunda SI iborasini tavsiflash muhim o‘zgarishga ushradi. SI sohasidagi tadqiqotlarning maqsadi «Inson masalalari»ni yechadigan dasturlarni yaratish bo‘ldi. O‘sha davrning SI sohasidagi ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilaridan biri R.Benerdji 1969 yil shunday yozgan: «Odatda sun’iy intellekt deb nomlangan tadqiqot sohasini, yaqin kunlargacha faqat inson hal qila oladigan masalalarni yecha oladigan mashinalarni analiz va konstruksiya qilishning usul va vositalari yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Bunda tezlik va samaradorligi bo‘yicha mashinalar inson bilan tenglasha olishi kerak».
SI usullarini rivojlantirishning birinchi bosqichida turli xil o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni hisoblangan. SI to‘g‘risidagi adabiyotlarda bu masalalarning ba’zilari klassik masalalar bo‘lib qoldi. Bunday masalalarni tanlash ularning oddiyligi, masalaning aniq qo‘yilishi, ularning unchalik murakkab emasligi va masalani yechish c uchun «qism usul» ni tanlash, hattoki, sun’iy ravishda qurish mumkinligi bilan bog‘liq. 60-yillar oxiriga kelib bunday tadqiqotlar juda rivojlandi. Shu davrga kelib bu tadqiqotlarni sun’iy muhitlarda emas, balki real muammoli muhitlarda qo‘llashga harakatlar qilingan. SI tizimlarining real dunyoda ishlashini tadqiq qilish integral robotlarni yaratish masalasiga olib keldi[4].
Bunday ishlarning o‘tkazilishini SI ustidagi tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin. Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa bir qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratilgan. Bunday tajribalarning o‘tkazilishi bir qancha muammolarni hal qilishni talab qildi. Bunday muammolarga bilimlarni tasvirlash, ko‘rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy tilda muloqot qilish mummolari kiradi. Bu muammolar 70 yillar o‘rtalarida tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq ifodalangan muammolarni qo‘ydi.
Bu davr SI tizimlarini tadqiq etishning uchinchi bosqichi edi. Uning harakterli tomoni tadqiqotchilarning diqqat markazini oldiga qo‘yilgan masalani real muhitda o‘zi yechadigan, avtonom (aloxida) ishlaydigan tizimni yaratishdan, inson intellektini va HM ning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini yaratishga ko‘chirish va buning natijasida umumiy maqsadga erishish - integralli inson-mashina yechuvchi tizimining oldiga qo‘yilgan masalani yechish edi.
Bunday ko‘chirish ikkita sababga ko‘ra kelib chiqdi:

  1. Bu vaqtda shu narsa aniqlandiki, integral robot real vaqtda ishlaganda hatto eng oddiy ko‘ringan masalani ham maxsus shakllangan muammoli muhitda tajribaviy masalalarni yechish c uchun yaratilgan usullar yordamida yechib bo‘lmas edi;

  2. Bir - birini to‘ldiradigan inson va EHM imkoniyatlarini birlashtirish, EHMga mumkin bo‘lmagan funksiyalarni insonga yuklash orqali murakkab tomonlarni chetlab o‘tish mumkinligi aniq bo‘ldi. Mashina yordamida yechish c usullarini yaratish emas, balki butun masalani yechish c jarayonida inson va HM ning birgalikdagi harakatini ta’minlaydigan usullar va vositalarni yaratish oldingi o‘ringa chiqdi.

Sun’iy intellekt tizimlarining bu yo‘nalishda rivojlanishiga hisoblash texnikalarini ishlab chiqarishning o‘sishi va ularning arzonlashishi sabab bo‘ldi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin