"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru 310
Yuzani o’lchash uchun yuza birligi кв.cм ni kiritishdan boshlash kerak.
Tomonning uzunligi 1 sm yoki daftarga 2 katak uzunligiga teng bo’lgan uzunlik
orqali kvadrat chizdiriladi. Bu kvadrat ichida 4 ta katak joylashgan bo’ladi.
Shundan keyin daftarning yuzini o’lchashdan boshlash kerak.
1) eng bo’yicha 30 ta, bo’yi 40 ta katak joylashgan bo’sa, 30*40=1200
katak. Har to’rttasi 1 kv sm.bo’lsa, 1200:4=300 kv sm. hisoblash mumkin.
2) eni 15 sm, bo’yi 20sm bo’lsa, 15*20=300 kv sm.
Endi o’quvchilarga eng sodda figura-to’rtburchakning yuzini topishdan
amaliy ishni boshlash kerak.
Endi kitobning eni 12 sm, bo’yi 18 sm deb chizg’ich bilan o’lchash orqali
yuzini keltirib chiqaradi. Yuzi 12*18=216 kv sm.
To’g’ri to’rtburchak yuzlarini hisoblashdan boshqa ixtiyoriy yuzlarini
hisoblashda paletkadan foydalanishni o’rgatish zarur. Paletka kvadratlarga
bo’lingan shaffof plastinkadir. Mehnat darslarida bunday asboblarni yasatish
mumkin. Eng osoni berilgan figurani katakli daftarga qo’yib chizib olamiz.
To’la joylashgan kataklar 52 ta bo’lsin. 52:4=13 kv. sm. To’la joylashmagan
kataklarni sanab, ularning yarmini olamiz. 24:2=12 кв.cм 12 katakni кв.cм ga
aylantiramiz 12:4=3 kv.sm Jami: 13+3=16 kv sm.
Shunga o’xshash кв.дм кв.м kabi o’lchov birliklarini ketma-ket kiritish
mumkin. O’quvchi bu yuzalar qanday kattalikka ega ekanligi to’g’risida
tasavvur hosil qilishi uchun uzunliklari 1 см, 1 dm, 1 м bo’lgan kvadratlar
chizdiriladi, iloji bo’lsa ular qog’ozda chizdirilib, kesib olinadi. Mm li qog’oz
haqida tushuncha berish kerak.
Endi amaliy ish sifatida doska, stol va hokazolarning enda va bo’ylarini
sm yoki dm o’lchov birligida o’lchab, ularni ko’paytirish asosida yuzlarini
hisoblab chiqadilar, shuningdek daftar, kitob va boshqalarning yuzlari hisoblash
mustaqil ish sifatida beriladi.
Endi vazifa kv.dm ni kv.sm ga, kv.sm ni kv.dm ga aylantirish masalasidir.
Buning uchun quyidagi masalalarni yechish mumkin.
1.Matematika darsligi muqovasining bo’yi va enini см larda o’lchash va
yuzini дм larda ifodalash.
2.Gazeta sahifasining bo’yi va enini dm larda o’lchash va yuzini sm larda
ifodalash.
Shu kabi mashqlar asosida kichik birliklardagi yuzani katta birlikdagi va
aksincha aylantirishi, shu asosida yuza o’lchov birliklari jadvali haqida
tushuncha beriladi. Endi kattaroq yuzlarni o’lchashga o’tiladi. Unda sinfning
yuzi, yer uchastkasi va boshqa yuzalar o’lchab ko’rsatiladi. Demak, ana shu
tariqa o’quvchilarda turli shakldagi yuzalarning miqdori aniqlash o’rgatiladi.