Mutaxasislikka kirish



Yüklə 11,79 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü11,79 Kb.
#187787
6-MI


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI


QAYTA TAYYORLOV KURSI TINGLOVCHISI
JUMANIYOZOV BOBUR FARXODOVICH
MUTAXASISLIKKA KIRISH” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Tekshiruvchi: Shakirov M.


TOSHKENT 2023


Mavzu: Farmatsevtika ta’limini rivojlantirish.

REJA:

1. Farmatsevtika ta’limini rivojlanishi.


2. FArmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining farmatsevtika ta’limini rivojlantirishda tutgan o’rni


Farmatsevtika talimini rivojlanishi

Mamlakatimizda milliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlimini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, taʼlim olayotgan yoshlarga maʼnaviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida umumiy amaliyot vrachlari hamda tor mutaxassislarning yetishmasligi, tibbiyot taʼlim muassasalaridagi zarur boʻlgan amaliy tayyorgarlikning yetarli boʻlmayotganligi, shuningdek, uzluksiz kasb-hunar taʼlimini tashkil etishning zamonaviy shakl va uslublarining sust joriy etilishi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, oʻrta muddatli davrda uni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar qabul qilinishini talab etmoqda.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda 2019-2025yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi vazifalariga muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada takomillashtirish, uning amaliy sogʻliqni saqlashga integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish maqsadida:

birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimi jarayonlariga oʻqitishning kredit-modul tizimini joriy etish; tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy taʼlim bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni taʼminlash; tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini taʼminlash; kadrlarni tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish.


Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.
Institut talabalari amaliyotlarini akkreditatsiyalangan innovatsion markazlar, tahlil laboratoriyalari, hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmatsevtik korxonalar va dorixona muassasalarida o‘tashlari, ilm-fan-ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlanishi orqali zarur bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


Yüklə 11,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin