Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari
Ilmiy tadqiqot
- yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati
turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma
shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan
masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyim —
tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni
belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy
farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va
umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan
dalillar asosida tekshirish, yangi
fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni
fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob
va kompleks tadqiqotlarga
ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning
oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham
keng qoʻllaniladi (yana q.
Fan
).
[1]
Fan yangi bilimlarni yaratish, o‘zlashtirish va
yangi usullar hamda masalalarni yechishga maqsadli yo‘naltirilgan inson faoliyatini
qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy jamoaviy voqelikdir. Fan bilimlarning oddiy
algebraik yig‘indisi (to‘plami) emas, balki tartibga solingan, tizimlashtirilgan
majmuidir. Boshqacha aytganda fan – bilimlar tizimidar. Fanga insonning moddiy
dunyo va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirishga (boyitishga) yo‘naltirilgan
intelektual faoliyati, deb ham qarash mumkin. Borliqni (voqelikni) chuqur anglab
yetish va amalda qo‘llash ikkita asosiy funksiyalardir. Boshqacha aytganda, fanni
oldingi to‘plangan
bilimlar tizimi, ya’ni obyektiv borliqni o‘rganish uchun asos
bo‘lib xizmat qiluvchi axborot tizimi va anglab yetilgan qonuniyatlarni amalda
qo‘llash sistemasi (tizimi) deb qarash mumkin. Fanning ushbu funksiyalari fanni
obyektiv borliqni anglashimizga xizmat qiluvchi, avvalgi to‘plangan bilimlar va
axborotlar va anglab yetilgan qonuniyatlarni hayotga
tadbiqi tizimi sifatida
qarashimizga imkon beradi. Fanni rivojlanishi – borliqni anglashni davom ettirish
va uni hayotga tadbiq etishda foydalaniladigan ilmiy asoslangan yechimlarni
(bilimlarni) yaratishga, o‘zlashtirishga tizimlashtirishga yo‘naltirilgan inson
faoliyatidir. Fanni rivojlanishi maxsus ilmiy, o‘quv muassasalarda,
ularning
bo‘linmalarida (kafedra, laboratoriya va h.k.)ilmiy-ijodiy guruhlarda konstruktorlik
va loyiha tashkilotlarida amalga oshiriladi. Fan bu o‘zining tarkibida tabiatning
obyektiv qonunlari haqida doimiy rivojlanishdagi ilmiy bilimlar tizimi, ushbu
tizimni yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan odamlarning ilmiy faoliyati,
jamiyat va insoniyat ongi va ilmiy faoliyat yuritishni ta’minlovchi
tashkilotlarni
mujassamlashtirilgan yaxlit ijtimoiy tizimni ifodalaydi. Fanning tarkibiy qismi,
ta’rifi va tavsifi hamda muhim belgilari uning tizimi xarakteristikasini tashkil etadi
(ifodalaydi). Fanning tarkibiy qismi quyidagi uchta asosiy yo‘nalishda aks ettiriladi:
ilmiy bilimlar tizimi, ilmiy faoliyat va ilmiy muassasa. Ilmiy bilimlar tizimi quyidagi
belgilarga ega bo‘lishi kerak: hammabopligi, ilmiy dalillarning haqiqiyligi
(tekshirilganligi), voqeliklarni amalga oshira olinishligi, bilimlar tizimini turg‘unligi
(barhayotliligi). Ilmiy bilimlar tizimi quyidagicha klassifikatsiyalanadi: a) bilim
tarmoqlari bo‘yicha: tabiiy fanlar,
texnik fanlar, jamiyat fanlari; b) ilmiy fanlar
bo‘yicha: matematika, fizika, kimyo, astronomiya, energetika va h.k.; 6 d) ilmiy
faoliyat natijasi: nashr etish (kitob, maqola)
mualliflik guvohnomasi, patent,
konstruktorlik ishlama va h.k. Ilmiy faoliyat natijasi quyidagi asosiy belgilari bilan
ifodalanuvchi yangi ilmiy bilimlarni olishga, o‘zlashtirishga qayta ishlashga va
sistemaga tushirishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat (ilmiy ish yoki ilmiy mehnat): –
yangiligi va haqiqiyligi, ehtimollik xarakteri va tavakkalligi (risk), ilmiy natijalarni
ishonchliligi va isbotlanishliligi. Ilmiy faoliyat quyidagicha klassifikatsiyalanadi: a)
maqsadi bo‘yicha: nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiya yaratish,
mavjud texnika va texnologiyalarni takomillashtirish; b) ilmiy ish turlari bo‘yicha:
fundamental, amaliy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar; d) ilmiy tadqiqot ishi ko‘lami
bo‘yicha: fandagi biror yo‘nalish, ilmiy muammo, ilmiy mavzu; e) tadqiqot uslubi
bo‘yicha: nazorat, eksperimental va aralash tadqiqotlar;
Ilmiy muassasa ilmiy
xodimlar, ilmiy faoliyat yuritish vositalari (ilmiy uskuna, qurilma, pribor va h.k.),
ma’lumot materiallari, ilmiy faoliyat obyekti va ilmiy faoliyat yuritish uchun kerakli
shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Fan har bir mamlakat iqtisodiyotini va jamiyat
taraqqiyotini negizi hisoblanuvchi ilmiy texnik taraqqiyot rivojlanishini
ta’minlovchi intellektual boylik (kuch) hisoblanadi. Uzoq o‘tmishda yashab ijod
qilgan ajdodlarimiz jahon sivilizatsiyasiga, fanning rivojlanishiga katta hissalarini
qo‘shganliklarini yodimizda doimo saqlashimiz kerak. Qadim Turkiston eli o‘zining
buyuk siymolari va ko‘p qirrali ijodi bilan fanning rivojlanishiga salmoqli hissa
qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Dunyoda ilk
bor uchta akademiyaning Turkistonda – Markaziy Osiyo tuprog‘ida tashkil etilishi
buning yorqin isbotidir. Xorazmda Ma’mun akademiyasining faoliyat ko‘rsatgani,
Kamoliddin Behzod rahnomolik qilgan tasviriy san’at akademiyasi, koinot sirlarini
ilk bor yuqori aniqlikda tasvirlay olgan Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi va boshqa
ilm-fan sirlarini ochib bergan ko‘plab buyuk siymolarni sanab o‘tish mumkin. Bizga
Nyuton nomi bilan atalib o‘rgatilgan matematikadagi sonlar binomi aslida bobomiz
Al Xorazmiy qalamiga mansub ekan. Beruniy bobomiz texnika sohasida o‘z
davrining yirik olimi hisoblangan. Al Farg‘oniy kashf etgan, gidravlika qonunlariga
asoslangan, suvni yuqoriga ko‘tarib berish va uning sathini o‘lchash pribori bugungi