malakalarga ega bo`lishi kerak. Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi «Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi» fani o`z mohiyatiga ko`ra
mutaxassislik bo`yicha magistrlar tayyorlash o`quv rejasida ko`rsatilgan fanlar
bilan uzviy bog`langan bo`lib, u magistrni kelajakdagi ta`lim jarayoniga
tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur fan “Ilmiy tаdqiqоt mеtоdоlоgiyasi”,
«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat», “Jismoniy tarbiya va sport
nazariyasi va metodologiyasi”, “Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida ilmiy
tadqiqot ishlarini tashkil qilish”, “Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport
tibbiyoti”, “Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing” kabi fanlar
bilan o`zaro bog`langan holda uzviy ketma-ketlikda olib boriladi.
Fanning ta`limdagi o`rni Jismoniy madaniyat ta`lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dan
kelib chiqadigan vazifalar, fan, texnika va texnologik taraqqiyotining bugungi
darajasi bilan bo`lajak Jismoniy madaniyat sohasidagi pedagoglarning kasbiy
tayyorgarligi sifatini takomillashtirish, soha bo`yicha uzluksiz ta`lim tizimi
bo`g`inlarini malakali kadrlar bilan ta`minlash, o`quv-tarbiyaviy jarayon sifatini
xalqaro andozalar darajasiga ko`tarish, talimning yangi printsiplari uslublarini,
ilg`or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish,
yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi asosida tarbiyalash va umuminsoniy
qadriyatlarni anglatish, Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyasiga sadoqat ruhida
o`qitish va tarbiyalash, zamonaviy xorijiy o`quv markazlarida keyingi talim uchun
sharoit yaratish, xorijiy mutaxassislar bilan raqobatdosh yuqori malakali jismoniy
madaniyat bo`yicha kadrlar tayyorlash.