Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi


Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik



Yüklə 265,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix18.03.2023
ölçüsü265,73 Kb.
#88607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Мутахасислик фанларини ўқитиш методикаси

Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar 
«Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi» fanini o`qitish jarayonida 
magistrlar faoliyatini tashkil etish bo`yicha ishning jamoaviy, guruhli, kichik 
guruhli va individual shakllaridan foydalaniladi. Mashg`ulotlarni olib borishda 
ma`ruza, hikoya, suhbat, tushuntirish, ko`rsatish, mashq qilish, amaliy ish bajarish, 
muammoli va mustaqil ish bajarish kabi uslublar qo`llaniladi. Interfaol uslublardan 
“Klaster”, “Echim daraxti”, “BBB”, “Blits uyin”, “Aqliy xujum”, “Muammoli 
vaziyat”, “Toifalar jadvali”, “Insert”, “Pinbord”, “Venna diagrammasi” shuningdek 
“Keys-stadi” kabilarni qo`llash tavsiya etiladi. 
 
Asosiy qism 
Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni 
 
1-Modul Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi predmetining 
maqsad va vazifalari. 
Jismoniy madaniyat magistratura mutaxassisligida mutaxassislik fanlarini 
o`qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Mutaxassislik fanlarini o`qitish 
metodikasi faniga kirish.
2-Modul Mutaxassislik fanlari bo`yicha (gimnastika, yengil atletika, sport va 
harakatli o`yinlar, milliy kurash turlari va boshqalar) ma`ruza o`qish, 
laboratoriya, seminar, amaliy va boshqa turdagi mashg`ulotlarni o`tish 
metodikasi. 
Umumiy o`rta ta`lim, akademik litsey, kasb-hunar kollej va oliy ta`lim 
muassasalarida gimnastika, yengil atletika, harakatli o`yinlar, sport o`yinlari, milliy 
kurash turlari bo`yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg`ulotlarni mutaxassislik 
xususiyatidan kelib chiqqan holda tashkil qilish va o`tkazish metodikasi bo`yicha 
nazariy bilim va malakalarga ega qilish. 
 
3-Modul Mutaxassislik fanlari bo`yicha o`quv faoliyatining turlarini o`quv-
metodik jihatdan ta`minlash. 
 
Ta`lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo`yicha o`quv faoliyatining 
turlari(gimnastika, yengil atletika, harakatli o`yinlar, sport o`yinlari, milliy kurash 
turlari va boshqalar) ni o`quv-metodik jihatdan ta`minlashda zamonaviy sport 
anjomlari, buyumlari va o`quv adabiyotlarini yaratish. Standart va nostandart sport 
anjomlaridan foydalanish metodikasini o`rgatish bo`yicha nazariy bilim va 
malakalarga ega qilish.  

Yüklə 265,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin