Muvaffaqiyat yoki yutuqlarga intiluvchi



Yüklə 54,47 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü54,47 Kb.
#129468
34 xil talant

MUVAFFAQIYAT YOKI YUTUQLARGA INTILUVCHI


Muvaffaqiyatga bo’lgan ishtiyoqingiz Sizni faqat oldinga harakatlantiradi.Bu intilish Sizga hamma vaqt muvaffaqiyatlar, yutuqlar zarurligini anglatadi va Siz boshlanayotgan har bir kuningiz yangidan (noldan) boshlanishini his qilasiz.O’z-o’zingizdan mamnunlikni his qilishingiz uchun Siz, kun oxirigacha sezilarli (ko’zga tashlanadigan) bo’lgan biror narsaga erishishingiz kerak bo’ladi. U xoh ish kuni bo’lsin, xoh dam olish yoki ta’til kunlari bo’lsin, har bir kun haqiqatda faqat Siz uchundir va hatto, u dam olish kuni bo’lsin, agarda bu kuningiz oz bo’lsa ham kichik yutuqlarsiz o’tsa, siz o’zingizdan norozilikni (qoniqmaslikni) his qilasiz. Ichingizda qandaydir bir olov Sizni yondira boshlaydi va o’sha ichingizdagi olov Sizni yangi marralar, yangi yutuqlar sari yetaklaydi.Siz kerakli natijalarga erishganingizdan so’ng bu olov bir muddat so’nganday tuyuladi. Biroq, ko’p fursat o’tmay, Sizga yangi kuch, quvvat bilan yanada ko’proq maqsadlar sari harakatlanishga undab,o’sha olovni yanada kuchliroq alangalatadi.Sizning yangi yutuqlarga bo’lgan so’nmaydigan, qat’iy ishtiyoqingiz go’yoki mantiqsiz, ehtimol qandaydir aniq bir maqsadga yo’naltirilmagandek tuyulishi mumkin. Biroq , u doimo Siz bilan birgadir.U doimo shivirlab o’zi haqida eslatib Sizga qoniqmaslik hissi bilan yashashnio’rgatadi. Lekin, uning afzallik jihati ham bor va aynan shu narsa , Sizga ishda soatlab, qizishmay ishlash kuchini beradi. U shunday kuch-quvvat manbaiki, u har doim yangi vazifalarni bajarishga kirishishingizda suyanch bo’la oladi. Shu bilan birga, Sizning ishchi guruhingizning ishlash sur’ati, unumdorlik darajasini aniqlashga yordam beradi.U sizni hamma vaqt, doimo harakatda bo’lishingizni talab etadi.
KATALIZATOR
“Qachon bu ishga kirishamiz yoki uni qachon boshlaymiz?”. Bu savolni Siz o’zingizga hayotingiz davomida ko’p bora berasiz.Ishga kirishishga sabringiz chidamaydi.Ehtimol, siz tahlil qilish kerakligini, muhokamalar va fikrlashlar ham ba’zida yetarlicha natijalarni berishiga aqlingiz yetsa ham, biroq yuragingizning tub-tubida ishonasizki, biror narsaga faqatgina real, haqiqatda amalga oshirilgan ishlar orqaligina erishish mumkindir. Faqatgina amalga oshirilgan ishlar tufayligina nimadir sodir bo’ladi.Faqatgina harakatgina natijaga olib keladi. Faqatgina qaror qabul qilingani bilangina harakatni boshlay olmaysiz.Boshqalarni qilinishi kerak bo’lgan ishlarning hali hammasi aniq, ravshan emasligi tashvishlantirsa ham, biroq bu narsa sizni to’xtatib qolishi dargumon.Agar sizning qaroringiz boshqa shaharning oxirisiga borish bo’lsa, siz juda yaxshi bilasizki, bunda manzilga yetish uchun eng yaxshi usul bu birinchi svetofordan keyingi svetoforga qadar harakatlanishdir.Sizga manzilingizda faqatgina yashil chiroq yonishini kutib o’tiradiganlardan emassiz.Bundan tashqari, harakat qilish va fikrlash ham bir-birini inkor qilmasligini yaxshi anglaysiz. Bo’lajak katalizator xususiyatiga ega inson ishonadiki, haqiqatda harakat qilish o’rganishning eng yaxshi vositasidir.Siz qarorlar qabul qilasiz, harakat qilasiz, natijalarni ko’rasiz va o’rganasiz. Bu o’rganish esa keyingi va yana keying harakatlarni yuzaga keltiradi. Agarda sizni qandaydir biror narsa ta’sirlantirmasa yoki turtki bo’lmasa, qanday qilib o’sishingiz mumkin? Javob tayinki- hech qanday! Siz tashabbus ko’rsatishingiz, keyingi qadamni qo’yishingiz kerak.Shundagina tafakkuringizning o’tkirligi va yorqinligini saqlab qolishingiz mumkin.Siz bilasiz, boshqalar siz nimani gapirayotganingiz yoki o’ylayotganingizga qarab emas, balki siz erishgan, amalga oshirgan ishlaringizga qarab Siz haqingizda xulosa chiqarishadi.Va bu narsa sizni qo’rqitmaydi, aksincha bu sizga yoqadi.

MOSLANUVCHANLIK


Siz bugungi kun bilan yashaysiz. Siz u yoki bu ishni bajarib, yoki ichki tanlovingiz bilan bugunni yaratasiz.Bunda Siz kelajakni qadam va qadam , ya’ni birinchi qarorni qabul qilgandan so’ng ikkinchi qarorni qabul qilish bilan yaratasiz. Siz birinchi qarorni qabul qilasiz, undan so’ng esa keyingi qarorlarni .Bu esa sizda rejalar yo’qligini anglatadi.Hayratlanarlisi esa ular sizda bor. Birgina qobiliyatingiz sizga kerakli daqiqalarda, hatto u sizning rejalaringizdan chalg’itsa ham, ta’sirlantirishga majbur qilib, sizni o’sha vaziyatga moslashtirishga imkon beradi. Boshqa ta’sirlardan farqli o’laroq, sizni kutilmagan iltimoslar yoki to’satdan ro’y bergan burilishlar asabingizga tegmaydi. Chunki, siz ularni sodir bo’lishini oldindan taxmin qilgansiz va ular bo’lishi muqarrar edi.Va qaysidir bosqichlarda hatto siz ularni paydo bo’lishini xohlagansiz ham. Qisqa qilib aytganda, siz tabiatan moslashuvchan insonsiz va qachonki, vaziyatlar sizni turli taraflarga tortqilagan taqdirda ham, siz samarali ishlash layoqatingizni yo’qotmaysiz.

ANALITIK
Sizning analitik fikrlash qobiliyatingiz odamlarga nisbatan:” Isbotla.Nima uchun bu narsani qo’llab-quvvatlayotganingni sababini ko’rsat” deya gapirishga majbur etadi. Bunday savollar qarshisida ba’zilar o’z fikrlarini asossiz bo’lsa ham isbotlashga urunishadi. Biroq, Siz uchun bunda asl mohiyat bor.Siz begona fikrlarni o’z-o’zidan yo’q qilishga intilmaysiz, shunchaki boshqalardan aniq isbot, dalil talab qilasiz. Siz o'zingizni holis va adolatli shaxs deb hisoblaysiz. Sizga aniq ma’lumotlarga asoslangan yumushlarlar yoqadi. Sababi ularda hech qanday mavhumlik yoki tahminlarga asoslangan fikr-mulohazalar bo’lmaydi. Dastlabki ma’lumotlarni ko’rganingizda, siz ulardan aniq qonuniyatni va o’zaro bog’liqlikni qidirasiz. Paydo bo’lgan narsalar, hodisalar qanday qilib bir-biriga ta’sir o’tkazganligini bilishga intilasiz. Ularni qanday qilib birga olib borish mumkin? Natija qanday bo’ladi ?Bu natija puxta o’ylab chiqilgan nazariya yoki holat bilan o’zaro bog’liqmi? Mana shular siz javob qidirayotgan savollardir. Siz dastlabki sabab bilan kifoyalanmay, uni chuqurroq o’rganishga, uning tub ildiziga yetib borishga harakat qilasiz. Odamlar sizni qattiqqo’l, talabchan va mantiqan o’ylab ish qiladigan inson deb hisoblashishadi.Ba’zi holatlarda odamlar, o’zingizning o’tkir aqlingiz bilan, o’ylamasdan fikr yuritishga shoshiluvchi odamlarning fikrlaridagi asl haqiqatni ochib tashlaganingiz uchun ham sizga murojaat qilishadi.Aksincha holatlarda, ya’ni qachonki ular o’z xatolarini boshqalar tomonidan tahlil qilinishini xohlamagan holatlaridagina sizga murojaat etishmaydi.


ORGANIZATOR YOKI TASHKILOTCHI

Siz dirijyorsiz. Qachonki siz qiyin vaziyatlar bilan to’qnash kelib qolsangiz, Sizga omillarning va o’zgarishlarni boshqarish yoqadi. Toki siz uni eng maksimal samarali shaklga keltirmaguningizcha, ularni qayta va qayta boshqatdan tuzib, yangidan ko’rib chiqmaguningizcha to’xtamaysiz. Siz noodatiy biror narsa qilish haqida o’ylamaysiz. Siz shunchaki oldinga qo’yilgan maqsadlarga yetish uchun eng samarali bo’lgan usulni izlashga harakat qilasiz. Ba’zi odamlarda bunday xarakter hususiyati yo’q, sizning bunday qobiliyatingiz ularni qoyil qoldiradi. Qanday qilib bu narsalarning uddasidan chiqasiz, qanday qilib shuncalik ko’p narsalarni bir vaqtning o’zida miyangizga sig’dira olasiz, qanday qilib muammoli vaziyatlarni tezda ko’rib chiqib, ular uchun eng tog’ri yechimni topish usullari faqatgina sizning miyangizga keladi? Mana shunday savollar ularni qiziqtiradi. Sizning to’g’ri tanlangan yo’lingiz, har qanday vaziyatga moslanuvchanligingiz, samarali yo’l tuta olishingizning yorqin misolidir. Siz oxirgi daqiqalarda fikringizni o’zgartirib qolishinigiz mumkin, agarda sizda bundan ham foydaliroq usullsr topilganida.Siz yangi loyihalarni amalga oshirishda odamlarning va narsalarning kombinatsiyasini topishga urunasiz. Siz odatdagi narsalardan to eng qiyinigacha, hamma narsada va har doim ideallikni, mukammallikni qidirasiz. Shubha yo’qki, dinamik vaziyatlarda siz o’zingizda ideal darajadagi aktivlikni namoyon qilasiz. Kutilmagan biror narsaga to’qnash kelganda ba’zilar rejalarni o’zgartirib bo’lmasligidan shikoyat qilishsa, yana ba’zilar esa mavjud bo’lgan qoidalar ortiga berkinishadi.Siz bularning hech birini qilmaysiz. Aksincha, siz yangicha, kam to’siqlarga uchrovchi yo’llarni va yangi hamkorlarni qidirasiz, va albatta oxir oqibatda sizda, vaziyatni hal qiluvchi eng yaxshi usullar mavjud bo’ladi.

E’TIQODLI INSON


Agarda sizning eng kuchli tarafingiz e’tiqod bo’lsa, unda bu sizda har bir narsaning qadr-qiymatini belgilovchi o’ziga xos mezonlaringiz borligini bildiradi. Bunday qadr-qimmatlilik o’lchovlari turli odamlarda turlicha taqsimlangan. Siz shunday insonsizki, oiladagi ishonchni eng birinchi o’ringa qo’yasiz. Siz jismonan va ruhan o’zingiz kabi boshqalarning ham insonlarga yoqadigan sifatlarini va mas’uliyatlilik his qila olish xususiyatini qadrlay olasiz. Odamlar tufayli siz, fikrlarni o’z hayotingizda ko’rasiz va bundan ko’nglingiz to’lishini his qilasiz. Sizning fikringizcha, yutuqlar sizga moddiy boyliklardan ko’ra ko’proq narsani anglatadi. Har bir narsaning qadr-qiymatini to’gri baholay olish hususiyatingiz, sizni ma’lum yo’nalishga solib turadi va siz ortiqcha hoyu-havaslarga berilishdan va ular tomonga og’ib ketishdan o’zingizni tiyasiz, va aynan shu narsalar odamlar bilan bo’ladigan munosabatlaringizni o’zgartirmaydi. Do’stlaringiz sizga ishonishadi va bu uchun sizni qadrlashadi. Bundan tashqari sizning qilayotgan ishlaringiz o’sha qadr-qiymat mezonlaringizga zid emasligi tufayli siz ular uchun shunchaki befoyda narsa emas, balki muhimdir.

BOSHQARUVCHI


Boshqaruvchilik qobiliyati sizga doimo bo’layotgan holatlar xususida mas’uliyatni o’z zimmangizga olishga majbur etadi. Boshqalardan farqli ravishda, siz boshqalarning o’z nuqtai nazariga moslashtirishda noqulaylikni his qilmaysiz. Aksincha, bu bilan faqatgina sizning fikrlaringiz shakllanadi va siz uni boshqalar bilan bo’lishishingiz kerak bo’ladi . Maqsadlar aniq bo’lganda, boshqalarni o’z tomoningizga og’dirishga harakat qilasiz. Sizni qarama-qarshiliklar cho’chitmaydi.Aksincha bunday qarama-qarshiliklar siz uchun o’sha kerakli vaziyat uchun birinchi qadam bo’ladi. Boshqa insonlar yoqimsiz holatlarga iloji boricha yaqinlashmaslikka harakat qilishsa, siz u qanchalik yoqimsiz yoki noxush holat bo’lmasin faktlarni yoki haqiqatni taqdim qilish kerakligini his qilasiz.Siz odamlar o’rtasida hamma narsa xolisona bo’lishiga intilasiz va ularni halol va ochiq bo’lishga chaqirasiz. Siz odamlarni xatar sari borishga va hatto oxir-oqibat ularni yo’q qilishga majburlaysiz. Sizni boshqalar o’zboshimcha deya norozilik bilidirishiga qaramay, odamlar juda ko’p hollarda jon deb boshqaruvni sizga topshirishadi. Hayotda odamlarni aniq pozitsiyada ishlab, belgilangan yo’nalish bo’yicha harakat qilishga undovchi insonlar o’ziga tortadi.Shuning uchun ular siz tomon intilishadi. Siz salobatlisiz va buyruq bera olasiz.

KOMMUNIKATSIYA YOKI ALOQA


Siz biror narsani tasvirlashni, tushuntirishni, tadbirlarni olib borishni, ko’pchilik orasida nutq so’zlashni va yozishni yaxshi ko’rasiz. Atrof ko’pirtirilgan faktlarga to’la.Voqea hodisalar statistik.Siz ularni yorqin va qiziqarli bo’lishni, ularni energiyaga boyitishni va jonlantirish kerakligini his qilasiz. Shuning uchun siz o’tmishdagi voqea-hodisalarni o’zgartirishga va bular haqida boshqalarga so’zlab berishdan charchamaysiz. Siz ko’pirtirilga, oshirilgan faktlarni olasiz va ularning obrazini, o’lchovini ichki tarafdan jonlantirasiz. Siz ishonasizki, ko’pchilik odamlar diqqatlarini biror narsaga qaratishga qiynalishadi.Ular informatsiyalarni bombardimon qilib tashlashadi va natijada ma’lumotlar juda kam qoladi. Siz xohlaysizki sizning ma’lumotlaringiz u biror fikr yoki g’oya bo’adimi yoki biror narsaning yaxshi tarafi yoki xossalari bo’ladimi, insonlar xotirasida huddi ochiq dars singari saqlanib qolishini istaysiz. Siz ularning diqqatini tortishga, qamrab olishga va o’zlariga mustahkamlab olishlarini xohlaysiz. Aynan shu narsa sizga eng kuchli ta’sir qiluvchi so’z yokli iboralarni tanlashga, eng yorqin misollarni keltirshga majbur etadi. Shuning uchun insonlar Sizni eshitishni yaxshi ko’rishadi. Sizning qimmatli so’zlaringiz ularni qiziqishini uyg’otadi, hayotga qarashlarini o’tkirlashtiradi va ularni harakat qilishga ilhomlantiradi.

RAQOBATCHI


Har qanday raqobatning asosida solishtirish yotadi. Hayotga boqib, siz kim biror narsaga erishishning uddasidan chiqa olishini oldindan tushuna olasiz. Raqobatni his etish uchun Boshqalar erishadigan natijalar va qiziqtiruvchi omillar mavjud. Siz agarda o’z maqsadlaringizga erishgan bo’lganingizda yoki sizning maqsadlaringizdan manfaat bo’lmaganida, yutuqlaringiz bo’shlikni ko’rsatganda siz bunga intilmagan bo’lardingiz .Sizga solishtirish zarur. Agarda siz taqqoslay olsangiz, demak siz raqobatlasha olasiz.Raqobatlasha oldingizmi, demak, siz g’alaba qozonishingiz mumkin.G’oliblik nashidasini esa hech narsa bilan solishtirib bo’lmaydi. Siz baholarni yaxshi ko’rasiz, chunki baholar taqqoslashishni osonlashtiradi.Siz raqobatchilarni yoqtirasiz, sababi ular sizga kuch beradi.Siz tanlovlarni, musobaqalarni yoqtirasiz, sababi u yerda siz g’olib chiqasiz. Ayniqsa siz musobaqalarni sizda g’alabaga erishish uchun hamma narsa yetarli bo’lganda juda yoqtirasiz.Siz xayrihohlik bilan raqobatchilarga yaqinlashishingiz yoki mag’lubiyatlarni bardosh bilan boshdan kechirishingiz mumkin. Siz xursandchilik hissi uchun emas, siz g’alaba qilish uchun bellashasiz. Ba’zi hollardagina agarda sizda o’z-o’zingizga ishonch kamdek tuyulsa musobaqalashishdan voz kechasiz.

O”ZARO BIR-BIRIGA BOG’LANGALIK


Hech narsa o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi .Siz bunga aniq ishonasiz. Siz bunga aminsiz, chunki yuragingizning tub-tubidan sezasizki, biz barchamiz o’zaro bir-birimiz bilan bog’langanmiz. Ha, biz har birimiz shaxsan, istaklarimiz va qilayotgan qarorlarimizga mas’ulmiz, ya’ni biz har birimiz butunning bir qismimiz. Kimlardir buni to’la anglab yetilmaganlik deb o’ylasa, boshqalar buni ruhiy yoki hayotiy kuch deb hisoblashadi. Qanday atashmasin, biz bir birimizdan, bizning sayyoramiz yoki hayotimizdan alohida, yakka emasmiz degan fikr sizga ishonch bag’ishlaydi. Bunday o’zaro bir-birimizga bog’liqligimizni his etish ma’lum darajada mas’uliyatni bildiradi. Demak, biz butunning bir qismi ekanmiz boshqalarga ziyon yetkizmasligimiz kerak.Zero, bu bizning o’zimizga qilgan zararimiz bo’ladi. Biz boshqalardan o’z qiziqishishlarimiz yo’lida foydalansak, bu o’zimizdan foydalanishimiz bo’ladi. Mana shu fikrlar va mana shu mas’uliyat sizning boshqa narsalaga baho berishingizda asos bo’ladi. Siz xushyor, g’amxo’r va chidamlisiz.Sizning odamlarning bir butunligiga bo’lgan ishonchingiz, boshqa millatlar, elatlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi. Ko’rinmagan qo’llarni his etib, siz ruhan boshqalarni qo’llab-quvvatlaysiz. Bunday ishonch sizning madaniyatingiz, tarbiyangiz va bunga ishonchiz qanchalik kuchliligiga bog’liqdir.Hayotning ikir-chikirlari oldida bu narsa sizni va yaqinlaringizni qo’llab-quvvatlaydi.

KONTEKST
Siz ortingizga nazar tashlaysiz.Siz ortga nazar tashlab aynan qidirayotgan savollaringiz uchun javob topishni va haqiqatni tushunib yetishni istaysiz.Sizningcha, haqiqiylik beqarorlikni keltirib chiqaradi. Bu sizga huddi odamni chalg’ituvchi, baqirib savollar bilan bir-birining ovozini bosib ketayotgan shovqindek tuyuladi.Fikran ortga qaytganingizda esa rejalaringizni tuzganingizda,haqaiqat yangidan barqarorlashgandek tuyuladi. O’sha paytda ular jo’roq va soddaroq edi.Bu dastlabki planlarni tuzish vaqti edi. Siz ortga nazar tashlaganingizda o’sha planlar qanday paydo bo’lganini tushunib yetasiz. Hozir esa o’sha maqsadlaringiz,istaklaringiz o’z ko’rinishini o’zgartirib boshqa shaklga kirgan ,ularni deyarli tanib bo’lmaydi.Biroq sizning kontekst hususiyatingiz, sizga ularni bilib olishga yordam beradi. Dastlabki rejalarni ko’ra olish sizga o’zingizga nisbatan ishonch bag’ishlaydi. Siz boshqa chalg’imaysiz, yanada sifatli qarorlar qabul qilasiz, sababi o’sha hodisalar asosida yotuvchi strukturanini his eta olasiz. Sizning partnyorlik hususiyatingiz yaxshilana boshlaydi.Intuitsiyangizga qarshi bo’lsa ham siz kelajagingizni yaxshiroq his eta boshlaysiz, sababi siz ekkan oldingi urug’lar qanday hosil berganini bilasiz.Agarda siz yangi odamlar yoki yangi hodisalarga duch kelsangiz, sharoitni tushinib olish uchun o’zingizga ozgina vaqt berishingizga to’g’ri keladi.Siz o’zingizga savol berishingiz va dastlabki rejalar maqsadlaringiz o’zini ko’rsata olishiga ko’nikma hosil qilsihingiz kerak. Chunki, vaziyatlar qandayligiga qaramay, planlaringizni ko’ra olmasligingiz, sizning qarorlaringizda ishonchning yetishmasligiga sabab bo’ladi.

CHUQUR O’YLOVCHI, EHTIYOTKOR TOIFA
Siz ehtiyotkor va xushyorsiz.Siz begonalarni o’z shaxsiy hayotingizga aralashishiga yo’l qo’ymaysiz. Siz bilasizki, olam oldindan aytib bo’lmaydigan voqea xodisalarga to’la. Sizga hammasi o’z joyidadek ko’rinishi mumkin, bu esa faqat tashqi tarafdan.Biror narsaga qanchalik chuqur yondashilsa, undan borgan sari juda ko’p narsalarni bilib olish mumkin.O’sha xavf yoki ziyonni rad etish uchun siz har bitta xavf tug’diruvchi narsani bittalab sirtga olib chiqasiz.ULARNI ANIQLAB BAHOLAB BORGAN SARI ULAR KAMAYA BOSHLAYDI. Bunday holatlarda siz yetarlicha jiddiy odamsiz.Masalan, sizga oldindan rejalarni planlashtirish yoqadi, chunki bunda siz to’qnashish mumkin bo’lgan muammolarni oldindan payqay olasiz. Gap nimadir haqida yoki ayniqsa shaxsiy narsalar haqida borganda siz juda ehtiyotkorsiz.Do’stlaringiz bilan ehtiyotkorlik bilan, masfani saqlagan holda munosabatga kirishasiz.Siz qilingan ishlarda haddan oshiq ko’pirtirib gapirishni yoqtirmaysiz.Agar boshqlarni sizni ochiq emasligingiz uchun yoqtirishmasa, qo’yavering shunday bo’laqolsin. Siz uchun hayot bu konkurs emas.Sizning nazaringizda hayot xuddi minalangan maydonga o’xshaydi.Ba’zida boshqalar ortlariga qaramay bunday maydondan qochib qolishadi.Biroq siz boshqacha yo’l tutasiz.Siz xavfning olib keladigan ziyon darajalarini tarozida tortib so’ng qadam tashlaysiz.Siz doimo ehtiyotkorlik bilan harakat qilasiz.

O’SISH
Siz odamlarning kuchini, potensialini ko’ra olasiz.Juda ham kam hollarda, ularda ularning potensiallaridan boshqa narsalarni ko’ra olasiz. Sizning nazaringizda insonlar oxirigacha, to’liqligicha shakllanishmagan.Shunga qarshi, har bir odam doimo o’sib borishi kerak va u xilma xil imkoniyatlarga to’la deya hisoblaysiz.Manu shu narsa sizni insonlarga tomon tortadi. Agarda siz insonlar bilan aloqada bo’lganiingizda sizning maqsadingiz ularning yutuqqa erishishlariga yordam berishdir. Siz ularning o’tishi kerak bo’lgan barcha qiziqarli qiyinchiliklarni qidirasiz.Ular o’sishi , rivojlanishi va biror narsaga erishishlariga sabab bo’ladigan qiziqarli xolatlarni o’ylab topasiz.Va hamma vaqt siz o’sish uchun sabab qidirasiz.Masalan, ular jur’at qilolmagan paytlarda asoslangan yoki o’zgartirilgan, unchalik katta bo’lmagan bilimlardagi mukammallashishlar, mahoratning yarq etgan ko’rinishi bo’lgan narsalarni izlab topasiz.Siz uchun kichikkina yaxshilanishlar ham birovlar nazarida arzimas tuyulsa ham, siz uchun potensialni, insonlardagi yashirin kuchni yuzaga chiqaruvchi omillardir. Bu belgilar insonlarini o’sishiga yordam bersa, sizga kuch ba’gishlaydigan, o’zingizdan qoniqish hissini beruvchidir. Ko’pincha odamlar sizdan yordam so’rashadi.Sababi ular sizning yordamingiz chin yurakdan bo’lishini bilishadi va aynan shu narsa sizga ruhiy kuch bag’ishlaydi.


INTIZOMLI


Siz uchunn dunyo oldindan aytib bo’lmaydigan xodisalarga to’la.Shuning uchun uni tartibga solish va planlashtirish kerak deya hisoblaysiz.Siz harakatlardagi tartibni o’rnatasiz.Siz grafiklar va muddatlar bilan diqqat bilan ishlaysiz.Siz har bir narsalarda tartibli emassiz, biroq sizga chetkost kerak. Hayotning qochib qutulib bo’lmaydigan betartibliklarida siz hamma narsa o’z nazoratingiz ostida ekanligini his etishni xohlaysiz. Bunday hisga jarayonlarda, grafiklarda va tuzilishlarda duch kelasiz.Siz odamlarda yutuqqa erishishning boshqa yo’llari ham borligini tushuning.Sizning tasodiflarni yoqtirmasligingiz, xatolar qilishda shoshilishingiz va mayda detallargacha ahamiyat berishingiz bu nazoratning bir ko’rinishi ekanligini izohlamaydi.Aksincha shu narsa sizning ichki tuyg’ularingiz, sizning usulingiz, qanchalik olg’a harakat qilish uchun xizmat qilishini oldindan sezishni xohlaysiz.

EMPATIYA
Siz atrofingizdagilarni emotsiyalarini his qila olasiz.Ular nimalarni his qilayotgan bo’lsa, siz ham ularga qo’shilib ana shunday tuyg’ularni boshdan kechirasiz. Siz olamga ularning ko’zlari bilan, nazarlari bilan qaray olasiz.Siz ularga butunlay qo’shilishingiz shart emas.Siz ularning muammolariga nisbatan rahm shafqat nazari bilan qarashga majbur emassiz, empatiya rahm-shafqatni anglatmaydi.Siz har bir odamning tanlovlarini ma’qullamasangiz ham, lekin ularning tanlovini tushuna olasiz.Ichki tuyg’ular bilan his qilish qobiliyati sizda juda kuchli.Siz ularning savollarini tovushlarsiz ham anglay olasiz.Ularga nima kerakligini oldindan payqay olasiz. Ba’zi odamlar xattoki siz kerakli so’zni va kerakli tonni qayerdan olasiz bilisholmaydi.Siz odamlarga o’z his-tuyg’ulari haqida o’zingiz va boshqalar bilan o’z emotsiyalarini bo’lishishga yordam berasiz.

IZCHILLIK, KETMA-KETLIK
Siz uchun muvozanat juda muhim.Siz odamlarga ularning hayotdagi holatlariga qarab baho berasiz.Siz tarozining pallasi faqat foyda keltiruvchi biror narsa bilan og’ir kelib turishini xohlamaysiz.Sababi bunday foyda egoistlikka olib keladi.Natijada sizdan odamlar poraxo’rligi uchun adolatsiz javob olishadi.Bu sizni nafratlantiradi. O’zingizni xuddi qo’riqchi rolida ko’rasiz va bunday narsalarga yo’l qo’ymaysiz.Ba’zi odamlar bir-birlaridan nolishadi, Siz ishonasizki odamlar qolipga solingan, aniq qoidalarga asoslangan ketma-ketlikda ko’proq samaraliroq ishlashadi.Bunday tizimda odamlar ularni nima kutayotganini bilishadi.Bunday tizim haqqoniy va adolatli tuzilgan.Har bir odamda o’zini nimalarga qodirligini ko’rsatish uchun teng imkoniyatlar mavjud.

BIR NARSAGA QARATILGANLIK (FOKUS)


Siz o’zingizdan men qayerga ketyapman deya savol berasiz.B u savolni har kuni o’zingizdan so’raysiz.Agarda sizda mana shu xususiyat ustun bo’lsa demakki sizga aniq ifodalangan maqsadlar zarur.Agar shunday bo’lmasa, bunday hayot va ish sizning tezda joningizga tegadi.Chunki siz har yili, har oy va har kuni o’z oldingizga maqsadlar qo’yasiz.Bunday maqsadlar sizga kompas vazifasini o’taydi.U sizga bajarilgan ishlar ortiga qaytishingiz oson bo’lishi uchun belgilangan maqsadlarni aniqlab olishni va ularni tuzatishingizga yordam beradi.Bir nuqtaga qaratilganlik hususiyati sizning eng katta kuchingiz, sababi siz bu orqali keraksiz bo’lgan narsalarni ajrata olasiz.Ichki sezish tuyg’uyingiz mana shu ish belgilangan maqsad sari yaqinlashtiradimi yoki yo’qmi aniqlashingizga yordam beradi. Agar ularni foydasiz deya topsangiz ulardan voz kechasiz.Aynan mana shu narsa sizning muvaffaqiyatlaringiz kalitidir.Siz uchun sizning olg’a intilishingizga xizmat qilmaydigan yoki yo’ldan chalg’itadigan har qanday narsa keraksizdir.Siz hammaga berilgan vazifalari sari harakat qilishiga yordam berasiz.

KELAJAK ODAMI


Tog’ri emasmi agarda shunday bo’lganda…Siz yuqoridan nazar solishni yoqtiradigan insonlarga taalluqlisiz.Kelajak sizni tashvishlantiradi.Sizning ko’z oldingizdan xuddi kinoproyekt singari kelajak namoyon bo’ladi.Aynan mana shu tasvir doim sizni oldinga intilishga majbur etadi, mana shu tasvirlar sizning kuchli taraflaringiz va qiziqishlaringdan kelib chiqadi va u sizni doimo ruhlantiradi.Siz orzularga boy insonsiz, Agarda haqiqatda hammasi sizning joningizga tekkanda, odamlar sizni juda pragmatik o’rab oladi.Siz esa kelajak haqidagi tasavvurlaringizni birin ketin qatorlashtira boshlaysiz, ana shu narsa sizga kuch beradi.Ehtimol bu narsa boshqalarga ham kuch berishi mumkin.Ko’p hollarda odamlar sizga siz o’z kelajagingiz haqida gapirganingiz uchun murojaat etishadi.Ular uchun ularni ruhini ko’taradigan, kutganlaridan ham ko’p muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun tasavvur kerak.Siz ana shu tasvirni chiza olasiz.Buni tajriba qilib ko’ring.Eng ta’sirli va ma’noli so’zlarni tanlang.Iloji boricha o’sha tasvirni yorqinroq tasvirlang.Shunda boshqalarda kelajaklariga nisbatan haqiqiy ishonch paydo bo’ladi.

GARMONIYA UYG”UNLIK


Siz hamfikrlik bo’lgan sferani qidirasiz .Sizningcha tortishishlardan foyda yo’q, ularni kamaytirishga harakat qilasiz.Sizning atrofingizni har xil fikrli insonlar qamrab olgan bo’lsa, siz ulardan umumiylik topishga harakat qilasiz. Demak garmoniya siz uchun sizning hayotigizni boshqaradigan qadrli narsa. Siz tushunmaysiz nega insonlar boshqalarga o’z fikrini singdirishga shunchalik ko’p vaqt sarflashadi. Biz o’zimizning fikrlarimizni nazorat ostiga olishni o’rgansak samaraliroq bo’lmasmidi? Mana shu ishonch bilan yashayotganingizga ishonchingiz komilmi? Qachon odamlar o’zlarining fikrlarini,maqsadlarini bildirishsa, siz jim turasiz.Agar odamlar o’z qarashlarini oqlashga harakat qilsa, siz ular bilan bahslashib o’tirmaysiz,Sizning qarashingizda hammamiz bir kema ichidamiz va bu kema bizni maqsadimiz sari olib boradi.

FIKRLAR GENERATORI


Sizni go’yalar o’ziga tortadi. G’oya nima? G’oya bu fikrlar majmuasi.Agarda siz miyangizda aralashib yotgan oddiygina g’oyalarni nega bu hodisa aynan shunday bo’lganligini bilishga tirishasiz.Ideya bu aloqa.Sizning aqlingiz doimo aloqalar qidiradi va bu qachon umuman boshqacha bo’lgan taqdirda ham sizga aloqasi bordek tuyuladi.Ideya yangi vazifalarga yangica qarashdir.Siz ideyalarni eski qarashlarni o’zgartirib yuborishga oydinlik kiritgani uchun yaxshi ko’rasiz.U noodatiy yoki g’aroyibligi uchun siz uni topganingizda energiya sizga yog’ilib kela boshlaydi.Odamlar sizni ijodkor, original boshqalarga o’xshamaydigan yoki intellektual inson deb o’ylashadi.Balki Haqiqatda sizda mana shu xislatlarning hammasi bordir.Siz bir narsani aniq bilasiz.Ideyalar o’ziga tortadi.Ba’zan esa buning o’zi yetarli bo’ladi.

DOIRANI KENG QILISH

”Doirani keng qilish”.Bu siz uchun hayotni to’g’ri mo’ljallaydigan falsafadir.Odamlarni o’zinginzga jalb qilish va ularning guruhning bir qismi ekanligini his qilishlarini xohlaysiz.Siz boshaqalarni o’ziga yaqinlashtirmaydigan insonlar guruhidan qochasiz. Sizning yordamingizdan ko’proq foydalana oladigan guruhlarni kengaytirishni xohlisiz.Siz odamlarni ichki tomong ajalb qilasiz.sababi ular jamoaning iliqligini his qilishi uchun.Siz tabiatan mehribon va sabrli insonsiz.Siz jinsi, millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazarkamdan-kam boshqalarning hayotini muhokama qilasiz. Birovlarning hayotini muhokama qilish ularning nafsoniyatiga tegishi mumkin.Biz xar xilmiz, shuning uchun bu xilma xillikni hurmat qilishni bilishimiz lozim.Biz hammamiz tengmiz, teng muhimlikka egamiz.

INDIVIDUALIZATSIYA

Sizning individualizatsiya bo’lgan intilishingiz, sizga har bir insonning nodir qobiliyatlari qiziqishingiz mahsulidir.Har bir insonning o’ziga xos , boshqalardan kamdan-kam uchraydigan qobiliyatlarini yashiradigan, uni yuzaga chiqishiga to’sqinliklik qiluvchi qandaydir umumiyliklar yoki insonlarni “tiplarga bo’luvchi” narsalar sizning jahlingizni chiqaradi.Aksincha sizni odamlar o’rtasidagi xilma xillik bog’lab turadi.Siz beixtiyor odamlarning hayot tarzlarini, ularga ruh bag’ishlovchi narsalarni, ular qanday o’ylashadi va boshqalar bilan qanday munosabatga kirishlarini kuzatasiz.Hayotda har bir insonnig o’ziga xos bo’lgan hayotiy voqealairini eshitasiz.Mana shu ishga bo’lgan moyilligingiz sizga do’stlaringizning har biri uchun tug’ilgan kunlariga nima sovg’a qilishingiz kerakligi, ulardan qaysi biri ko’pchilik oldida maqtov eshitishini xohlashini , boshqalariga esa bunday munosabat noqulaylik tug’dirishi sabablarini tushuntiradi.Siz odamlarning uning ustun jihatlarini ko’rishni, ular qaysi bir sohada boshqalardan ko’ra yetakchilik qila olishini aniqlash uchun ularni ko’proq kuzatasiz.Bunday xususiyatingiz sizga unum bilan ishlay oladigan guruh tuzishingizga yordam beradi.Boshqalar ideal guruh uchun ideal tuzilishni yoki ideal jarayaonlarini qidirishga harakat qiladi.Siz esa qalbingizdan eng yaxshi jamoaning shakllantirish siri bu ularning eng ustun jihatlarini aniqlab, o;zlarini yorqin namoyon qila oladigan vazifalarda sinash deb hisoblaysiz.

BILIMLAR OMBORI


Siz qiziquvchan va bilim olishga intiluvchan insonsiz.Siz narsalarni yig’ishni yaxshi ko’rasiz.Siz narsalar bilan bog’liq bo’lgan, kapalaklar, futbol yulduzlarining portreti yoki oq-qora rasm bo’ladimi ular haqida ma’lumotlar, faktlar yoki kitoblarni yig’ishni yaxshi ko’rasiz.Siz buni shunchaki emas, bunday qilish sizga qiziqarli ekanligi uchun ham bajarasiz.Sizning aqlingiz omborida siz uchun qiziqarli bo’lgan ko’p narsalar mavjud.Sizni olamdagi sanoqsiz narsalarning bir-biridan xilma xilligi va murakkabligi o’ziga tortadi.Siz ko’p kitob o’qisiz, lekin buni aql uchun yaxshigina mashg’ulot bo’lishi uchungina bajarmaysiz.Siz uni tez orada aqlingiz omborining arxiviga joylab, o’zingizdagi ma’lumotlarni yanada boyitasiz.Siz sayohatlarni sevasiz, sababi har qanaday yangi joy siz uchun yangi faktlar va ma‘lumotlarni berishi mumkin.Siz ko’pgina bilimlarni egallaysiz va ularni saqlab qo’yasiz.Nega ularni saqlashingizni va ular qachon va qayerda sizga kerak bo’lib qolishini oldindan aytish qiyin.Biroq kim bilsin, ular kunlar kelib sizga as qotib qolishi mumkindir.Siz ularni muhim yoki muhim emasligiga qaramay yig’averasiz.Siz bilimlarni egallaysiz, ularni yig’asiz va ma’lum bir sistemaga solasiz.Bu sizning aqlingizni boyitadi va siz bu bilimlar albatta bir kun qayerdadir as qotishiga ishonasiz.

TAFAKKUR
Siz tafakkur qilishni yoqtirasiz.Siz aqliy faoliyatni yoki mehnatni sevasiz.Siz o’z aqlingiz turli yo’nalishlarda takomillashtiriashini yoqtirasiz.Bunday qiziqishingiz aqliy faoliyatingizda qandaydir biror narsaga bog’langan bo’lishi mumkin.Masalan, siz biror muammoni hal qilishga urinishingiz, yoki biror g’oyani ishlab chiqiqshingiz yoki boshqa odamning tuyg’ularini tushinishga harakat qillishingiz mumkin.Boshqa aniq narsalarga diqqatni qaratishingiz sizning boshq akuchli tomonlaringizdan kelib chiqishi mumkin.Boshqa tomondan esa bu aqliy gfaoliyatingiz butunligicha yoki hech qanday aniq narsaga diqqat qaratilmagan bo’lishi mumkin.Sizning tafakkuringiz nimalarni o’ylayotganingizni ifodalamaydi, balki sizga nimalar haqida o’ylash yoqishini bildiradi.Siz ko’proq yolg’izllikni xush ko’ruvchi odamlar bilan munosabatlarga kirishasiz, aynan shu vaqtda siz tafakkuringiz uchun foydalanasiz.Siz o’zingiz uchun eng yaxshi do’stsiz, siz o’zingizga –o’zingiz ularning qanchalik yaxshiligi haqida savollar berasiz va uning javoblarini o’zingizdan qidirshga harakat qilasiz.Ba’zida bu narsalar sizni o’yga cho’mishga majbur etib, xomushlanib qolasiz.Sizga bunday fikrlar qayerdan kelamsin baribir tafakkur siz uchun hayotingizning asosiy bir qismidir.


O’RGANUVCHI


Siz o’rganishni yaxshi ko’rasiz. Sizni qiziqtirayotgan narsalar sizning boshqa talantlaringizni yoki tajribangizni aniqlaydi, ular qanday bo’lmasin, doimo sizni o’qish , o’rganish jarayoniga tortaveradi.Aynan shu jarayon, uning mazmuni yoki natijasidan ko’ra sizga ko’proq zavq bag’ishlaydi. Dastlabki bir nechta faktlarni ochish, o’rgangan narsalaringiz haqidagi birinchi bo’lib gapirib berish yoki ularni tajribada sinab ko’rish , biror bilim borasida ishonchga ega bo’lish sizni o’ziga jalb etadi.Sizning qiziqishlaringiz ega bo’lganingizdan ham ko’proq qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lishingizga imkoniyatlar qidirishingizga undaydi.Yogaga qatnashish, yoki fortepiano chalishni o’rganishga borish shular jumsalidandir.Bunda sizga qisqa muddatli loyihalar talab etiladi.Sababi siz avvalgisini tugatishingiz bilan keyingisini qisqa muddat ichida yana boshlashingizga to’gri keladi.O’quvchilik xususiyatingiz sizga biror sohada mahoratli egasi bo’lishingiz yoki shu sohada diplom yoki biror hujjatga ega bo’lishingiz kerakligini anglatmaydi.Sababi sizga o’rganish jarayoni uning natijalaridan ko’ra ahamiyatliroqdir.

MAKSIMIZATOR


O’rta baholar siz uchun emas.Sizning fikringizcha biror narsani o’rtacha pastroqdan sal yuqoriroq narsaga aylantirish uchun uncha katta bo’lmagan kuch talab etiladi va bu narsa odamga unchalik ham qoniqish olib kelmaydi.O’zingizning yoki boshqalarning ustun jihatlari sizni o’ziga jalb qiladi.Tabiatan mohirlik, biror narsani tezda ilib olish va asoslangan bilimlar bilan mustaqil bo’lish qobiliyati , bularning hammasi talantning yorqin belgilaridir.Mana shunday ustun qobiliyatlarga ega bo’lib siz uni rivojlantirish yana mukammalashtirish va bundanda balandroq cho’qqilarga olib chiqilishi kerak deb hisoblaysiz.Shuning uchun siz sizning kuchli individual tomonlaringizga yetarlicha baho bera oladigan odamlar bilan muomlada bo’lishni oldindan rejalashtirasiz.Shu bilan birga siz o’zining eng ustun jihatlarini yo’qotgan yoki sindirgan insonlarni “davolaysiz”.Siz hayotingiz davomida sizda nimadir yo’qligidan zorlanib yashashni istamaysiz.Hamda, sizga tabiat tuhfa qilgan qobiliyatlaringizdan unumli foydalanishga harakat qilasiz.Bu juda yoqimli va unumli.Shunday bo’lsa ham buni bajarish mushkul.

POZITIVLIK


Siz maqtovlarda saxiysiz, har doim tabassum qilasiz va qiyin vaziyatlarda ham uning ijobiy tomonlarini qidirasiz. Ba’zilar sizni hayotga yengil qaraydi deya hisoblashadi.Boshqalar esa o’z hayotlari sizniki kabi mazmunli bo’lishini istashadi.Va har qanday vaziyatda odamlar iloji boricha sizga yaqinroq bo’lishni xohlashadi.Odamlar uchun sizning energiyangiz va optimistlik xususiyatingizsiz ularni hayotlari go’yo mazmunsiz va bir xildek, ba’zida undan ham yomonroqdek tuyuladi.Ularning nazarida siz ularni ruhini ko’tarib turasiz.Siz har bir ishni zo’r shavq bilan bajarasiz va har qanday yutuqni bayramdek nishonlaysiz.Siz barcha narsalarni qiziqarliroq va energiya bilan bajarish yo’llarini qidirasiz.Har qanday qiyin vaziyatlar yoki omadsizliklar bo’lishiga qaramay o’zingizda yumor hissini yo’qotmaslik kerak deya hisoblaysiz.

MUNOSABAT


Munosabat xususiyati sizning atrofdagilar bilan bo’lgan munosabatingizni bildiradi.Odamlar bilan munosabatingizni yaxshilashga intilishingiz, sizni allaqachon taniydigan va biladigan insonlaringiz sari yaqinlashtiradi.Siz yangi uchrashuvlardan ataylab o’zingizni olib qochmaysiz, sizning boshqa qiziqishlaringiz singari yangi insonlar bilan tanishish sizga yoqishi mumkin, biroq siz o’zinigizga yaqin bo’lgan qadrdonlaringiz davrasidan o’zingizga ko’proq zavq va kuch olasiz.Siz ular bilan munosabatingizda qulaylikni his qilasiz.Ular sizni tushunishlari uchun, siz ham ularning his-tuyg’ularini, ozrularini maqsadlarini bilishni istaysiz.Siz bunday yaqinlikning o’ziga xos qaltisliklari borligini ham unutmaysiz, biroq siz bunday xatarlarga tayyorsiz.Qadr qiymat siz uchun faqatgina samimiy munosabatlardagina mavjud bo’ladi.Bunda esa birgina yo’l –boshqalarga ishonishdir.

MAS’ULIYATLILIK


Siz ruhiy mas’uliyatning hammasini o’zingizga qabul qilasiz, ular xoh katta, xoh kichik va’dalar bo’lsin uni bajarish uchun o’zingizda majburiuyat sezasiz.Agar siz biror sabab tufayli va’da qilingan ishni bajar olmasang, darhol uni tuzatish yo’llarini qidira boshlaysiz.Uzur so’rashning o’zi yetarli emas.O’sha holatni to’g’rilmaguningizcha o’zingiz bilan uyg’unlikda yashay olmaysiz.Sizning mana shunday yo’l tutishingiz, odamlar orasida haqiqatda ishonsa bo’ladigan odam ekanligingizni ko’rsatadi.Agar biror vazifani bajarish uchun vazifalarni bo’lishga to’gri kelganda ular eng avval sizni tanlashadi.Sababi ular siz bilan vazifalar hammasi qanday bo’lsa, shunday bajarilishini yaxshi bilishadi.Odamlar sizga yordam so’rab kelishganida sizni tanlash kerakligini payqashadi.Sizning doimo topshiriqlarni o’z xohishingiz bilan bajarishni qabul qilishingiz sizga qilganlaringizdan ko’proq narsaga erishtiradi.

QAYTA TIKLASH


Siz muammolarni hal qilishni yoqtirasiz.Sizga qiyin vaziyatlar yoqadi, qaysiki siz uning sabablarini tahlil etishingiz, tushuntirib berishingiz va oxirida yechim topishingiz talab etiladigan vazifalar.Sizga qiyinligi aniq bir turga kiruvchi, siz allaqachon duch kelgan va biladigan, shu bilan birga uni qanday tuzatish mumkinligini biladigan muammolar yoqadi.Yoki bo’lmasam, siz ko’p kuchingizni oldinlari duch kelmagan notanish muaamolarga maksimal darajada sarflaysiz.Sizga hammasidan ham ko’ra o’sha muammolarning hammasini tuzatish va qayta tiklash yoqadi.Sizga o’sha muammoning kelib chiqish ildizlarini aniqlash, uni olib tashlash va o’zining optimal holatiga keltirish xursandchilik bag’ishlaydi.Siz beixtiyor mana shu mashina, mana shu texnika, mana shu odam, mana shu kompaniya, agarda sizning aralashuvingiz bo’lmaganda allaqachon o’z borligini yo’qotgan bo’lishini payqaysiz.Siz barchasini to’g’riladingiz, tikladingiz va ularga ikkinchi marta hayotni tortiq etdingiz.Sizning tilingiz bilan aytganga ularni qutqardingiz.

O’Z-O’ZIGA ISHONCH


Ishonch bu eng avvalida sizning o’zingizga bo’lgan ishonchingizdir, yuragingizning tub-tubidan siz o’z kuchingizga ishonasiz.Haqiqiy ishonch bu sizning o’zingizga bo’lgan shunchaki ishonchingizdan ko’ra ahamiyatliroqdir.Ishonchingiz tufayli siz faqatgina o’zingizning qobiliyatlaringizgagina emas, o’z mulohalzalaringizga ham ishonasiz.Siz bilasizki sizning hayotga qarashlaringiz o’zgacha va takrorlanmasdir.Hech kim siz a ko’ra olishingizni, nimalarga ishonishingizni aniq ko’ra olmaydi va shuning uchun hechkim sizning o’rningizga qaror qabul qila olmaydi.Hech kim sizga nimani o’ylashingiz kerakligini o’rgata olmaydi.Ular shunchaki taklif qilib ko’rishlari mumkin xolos.Biroq to’g’ri qaror qabul qilish va to’gri yo’l tutish hammasi o’zingizning qo’lingizda.Har qanday vaziyatda qanday yechim topish kerakli sizga ravshan.Mana shu aura sizga o’zingizga bo’lgan ishonchni taqdim etadi.

MUHIM AHAMIYATLI BO’LISH


Siz boshqalarning nazarida eng muhim bo’lishni istaysiz.Siz taniqli bo’lishni xohlaysiz, sababi boshqalar sizni tinglashini, boshqalardan ajralib turishni va siz haqingizda bilishlarini istaysiz.Asosiysi boshqalar sizning eng kuchli tomonlaringizdan xabardor bo’lishiga tirishasiz.Sizni ishonchli, professional va omadli inson sifatida tanishlarini xohlaysiz.Shu bilan birga siz ishonchli, o’z ishining ustasi bo’lgan, omadli insonlar bilan aloqada bo’lishni xush ko’rasiz.Agar sizni ular bunday deb hisoblashmasa, shunday bo’lishga harakat qilasiz. Sizning intilishlaringiz o’zingizga juda ham o’tkirdek tuyuladi, siz ularni izzatlaysiz.Shuning uchun sizda doimo siz erishishingiz lozim bo’lgan maqsadlar, yutuqlar va bilimlar bor. Siz nimani xohlashingizni bilmaysiz, hamma xohishlaringiz o’zingizniki.Ahamiyatli inson bo’lish o’rta darajadan eng yuqori darajalarga erishishingizga turtki bo’ladi.Bu xususiyatingiz sizni faqat oldinga qarab harakat qilishingizga sabab bo’ladi.

STRATEGIYA


Strategik fikrlash sizni chalkashliklardan qutulib, eng yaxshi yo’lni topishingizga yordam beradi.Bu o’rgana olish mumkin bo’lgan bilim emas.Bu fikrlashining bir turidir, qaysiki butun olamga keng qamrovli qaray olish xususiyati.Bunday qarash sizga odamlar nazarida ortiqcha qiyinchiliklarni to’ldirib yuboradigan qonuniyatlarni ko’rishingizga zamin yaratadi.Mana shu qonuniyatlarni hisobga olib siz doimo o’zingizga:” Mana shu narsa ro’y bersa, nima bo’ladi va aynan nima bu narsaning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi?” deya o’zingizdan so’ray berasiz.Mana shu savollarga javob topish uchun siz doimo harakatda bo’lasiz.Shu bilan birga potensial to’siqlarni ham aniq baholay olasiz.Siz har bir yo’l qayerga olib borishini hisobga olgan holda tanlovni amalga oshirasiz. Siz hech qayerga olib bormaydigan, tumanli yo’llardan voz kechasiz,Siz tanlovni sizning strategiyalaringiz to’g’ri yo’lga olib borishini aniqlamaguningizcha, tanlovni amalga oshirmaysiz va biror ishga qo’l urmaysiz.Sizning strategik fikrlashingiz quyidagicha:”Nima , agarda…..bo’lganda?”, Tanlash va harakatdir.

O’ZIGA JALB ETISH


Siz yangi insonlar bilan tanishishdan va ularda yoqimli taassurot qoldirishdan zavq olasiz.Begona odamlar sizni kamdan kam cho’chitadi.Aksincha ular sizga intilishadi.Siz ular o’rtasida aloqa o’rnatish uchun ularning ismlari va qiziqishlari haqida savollar berasiz.Ko’pchilikm odamlar notanish insonlar bilan suhbatlashishga kirishishdan chochishadi,Sababi ular notanish insonlar biloan nima haqida gaplashishni bilishmaydi.Sizni esa bu narsa also qo’rqitmaydi.Siz odamlar bilan muomalaga kirishganingizdan so’ng ularni qiziqishlari haqida so’raysiz va shunga qarab ular bilan suhbatni davom ettirasiz.Sizni oldinda qanchadan-qancha yangi insonlar, kompaniyalar va ish uchun imkoniyatlar kutib turgan bo’ladi.Sizning dunyoyingizda begonlar yoki notanishlar yo’q, faqatgina siz hali uchrashib ulgurmagan insonlar bor xolos.



Yüklə 54,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin