Ekologik tarbiya Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi.
Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejabtergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir.
Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur.
Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’limtarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.