Muzqaymoq ishlab chiqarish jarayoni



Yüklə 6,33 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü6,33 Kb.
#176489
MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARISH JARAYONI (7)

MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

BAJARDI:JO`RAQOBILOV JAHONGIR


Har bir faslda o`ziga yarasha turli xil mahsulotlar ko`p sotiladi. Yurtimizda ham issiq kunlar boshlanganligi tufayli muzqaymoq biznesi jonlana boshlandi. Shu sababli ushbu postda AFEX-GROUP siz aziz mijozlarga ushbu turdagi kichik tadbirkorlikni boshlashingiz uchun o`z uskunalarini tavsiya qiladi. Ushbu uskunalar yordamida siz turli xildagi muzqaymoqlarni ishlab chiqarishingiz mumkin va eng asosiysi keng assortimentdagi qoliplar ham mavjud.
Ishlab chiqarish liniyasi tarkibi
Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan iborat:
  • Muzlatgich
  • Qadoqlash uskunasi
  • Qizitib berish uskunasi
  • Mikser
  • Pasterizatsiya uskunasi (sovutish funksiyasi bilan)

  • Umumiy ma`lumotlar
  • Ishlab chiqarish hajmi: 120-2280 ta/soat (uskuna va qolipga bog`liq)
  • Energiya manbai: Elektr
  • Kuchlanish: 220V 50Hz
  • Quvvati: 20KW
  • Ishchilar soni: 2ta
  • Kerakli maydon: 40 metr kvadrat
  • Xom-ashyolar: muzqaymoq retseptidagi xom-ashyolar, glikozid/glikol/tuz/kaltsiy xlorid, suv, paketchalar, yog`och cho`paklar.

  • Keling endi uskunalarning ishlash prinsiplari va jarayonlari haqida to`xtalib o`tsak.

Muzlatgich
Demak, bizga kerakli eng birinchi uskuna bu – qolipli muzqaymoq muzlatgich uskunasi. Uskunaning vazifasi qoliplarga joylashtirib chiqilgan muzqaymoqlarni muzlatib berishdan iborat. Uskunaning turli xil modeldagi va o`lchamlardagi turlari bor.
Biz sizlar bilan MAF-08 model ostidagi uskuna bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Uskunaning texnik ko`rsatkichlari bilan quyidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.
Shu o`rinda bir ma`lumotni ta`kidlab o`tishimiz lozim. Uskuna uchun mo`ljallangan turli xil shakldagi qoliplar mavjud, jumladan mijozning talabiga binoan maxsus qoliplar yasattirib olib kelishimiz ham mumkin. Uskuna narxining ichida 8ta qolip ham kiritilgan. Bir dona qo`shimcha qolip narxi $400, bir dona maxsus yasattirilgan qolip narxi $550.
Uskunani quyidagi tartibda ishlatamiz:
  • Muzlatish moddasini tankerga solamiz.
  • Uskunani ishga tushiramiz va boshqaruv panelida temperaturani -20 gradus qilib belgilaymiz. Birinchi marotabada bu haroratga erishish uchun 4 soat vaqt kerak bo`ladi.
  • Harorat -20 gradusga yetib kelganda, aralashma solingan qoliplarni uskunaga joylashtiramiz.
  • 15-20 daqiqadan so`ng qoliplarni ajratib olamiz va qoliplarni iliq suvga botirib olamiz. Bundan maqsad muzqaymoqlarimiz qoliplardan oson ajralib chiqishini ta`minlaydi.

Yuqorida aytib o`tilganidek uskunani ishlatish uchun sovutish moddasi kerak bo`ladi. Sovutish moddasi sifatida glikozid, kaltsiy xlorid yoki glikol/dengiz tuzidan foydalanishimiz mumkin. Odatda dengiz tuzidan foydalaniladi.
Qizitib berish uskunasi
Uskunaga muzlatkichdan chiqqan qoliplarni solamiz. Uskunaning ichida suv qaynab turadi. Issiq suvga qoliplarni solish orqali muzqaymoqlarimizni ajratib olish osonlashadi.
Mikser
Ushbu uskuna bilan barcha xom-ashyolar aralashtiriladi. Yaxshi aralashtirilgan xom-ashyolar sifatli muzqaymoqlar ishlab chiqarishning asosi bo`lib xizmat qiladi.
Pasterizatsiya uskunasi
Pasterizatsiyalash jarayonini bir so`z bilan ham ifodalash mumkin- sterillash. Pasterizatsiya uskunasi sutni turli xil bakteriyalar, mikroblar va zararli moddalardan tozalaydi. Isitish temperaturasi 85-100 gradusgacha ko`tariladi. Uskuna zanglamas metall SUS304 materialidan tayyorlangan.
Ushbu sut pasterizatori aralashtirgichga ega, shuning uchun sutni bir tekis qizdirish yoki sovutish mumkin. Sutni yuqori haroratda qizitish va qisqa vaqt ichida sovutish sutdagi zararli moddalardan tozalaydi. Pasterizatsiya paytida haroratni ko’rsatadigan termometr mavjud. Uskunaning ichki qismiga gomogenizatsiya vazifasini bajaruvchi parraklar ham joylashtirilgan. Shu yo`l orqali mahsulotimizning sifati va birligini oshirishimiz mumkin. Gomogenizatsiya bosqichidan o`tgan sutdan tayyorlangan mahsulotlar yaxshi ta`mga ega bo`ladi va uzoq muddat saqlash mumkin bo`ladi.
Qadoqlash uskunasi

Ishlab chiqarish jarayonimizning so`ngida tayyor muzqaymoqlarimizni qadoqlab olishimiz darkor.
Shu bilan ishlab chiqarish jarayonimiz o`z nihoyasiga yetdi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 6,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin