Palinologiya - tabiiy muhitni o ‘simlik changlari orqali o ‘rganadilar.
La nils haft arxeologiyasi - o‘tmishda insonlarning
tabiatga
qilgan
ta’sirini o ‘rganadi, ya’ni odamlarning xo'jalik faoliyatlarining, bogMar-
ning. park, qurilgan binolarning tabiatga boMgan ta’sirini tadqiq
qiladilar;
H arbiy arxeologiya - jang bilan bogMiq jaravonlar, qurollar,
mudofaa inshootlarini o'rganadi;
Sanoat arxeologiyasi - texnika va ishlab chiqarish bilan bogMiq
obyektlarni va ularatrofidashakllangan manzilgohlarni o‘rganadi;
Suv ostidagi
arxeologiya - Qora dengiz, 0 ‘rta er dengizi qirg'oq-
larida joylashgan va keyinchalik suv ostida qolgan shahar xarobalarini
o‘rganadi;
Cho‘kkan
kemalarni o‘rganish
arxeologiyasi -
cho'kkan
kemalarni topish orqali kemalar qanday qurilganligini, mamalakatlar
o‘rtasidagi aloqalarni va mamlakatlaming iqtisodiy madaniy rivojlanish
darajasini aniqlaydilar;
Shuningdek, arxeologiyaning arxebotanika, arxeozoologiya,
etno-
arxeologiya, eksperimental arxeologiya, astroarxeologiya va boshqa
tarmoqlari ham mavjud.
Arxeologiya fani murakkab boMishi bilan bir qatorda, nihoyatda
qiziqarli fan ham hisoblanadi. Er ostida yashirinib yotgan moddiy
buyunini topish, qayta tiklash va uni «gapirtirish» arxeologdan o‘ziga
xos mahoratni talab qiladi. Bu mahorat esa, yillar davomida
shakllanib,
rivojlanib, yuksak malaka va tajribaga aylanadi.
Umuman olganda, arxeologiyada tarixni tiklash ko‘p vaqt, ilm, bilim
va mahorat talab etsada, bu yoMda izlanish olib borayotgan olimlari safi
yildan yilga kengayib bormoqda. Ularning sa’yi-harakatlari tufayli
o‘tmishning
ko‘plab
noma’lum
tomonlari
ochilib,
kashfiyotlar
qilinmoqda. Bu esa, insoniyatning qoMga kiritgan yutuqlarining
samarasini ko'rsatmoqda.