N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


ko’tarila olmaydi. Agar insonning budda ta’limotiga zid ishlari ko’payib



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

ko’tarila olmaydi. Agar insonning budda ta’limotiga zid ishlari ko’payib
ketsa, xirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday
odamning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan keyin er ostidagi do’zaxga
tushadi va unda abadiy azoblanadi. Buddaviylikda qayta tug’ilish
deganda yangidan paydo bo’lish tushunilmaydi, balki ilgari o ’lgan
odamlaming jismidan tarqalgan dharmalaming yangi asosda birlashib,
kelajak avlodga o’tishi tushuniladi. Shuning uchun, budda dini inson
kelajak avlodi uchun ham javobgar deb hisoblaydi.
50


Hindistonda 
quldorlik 
barham 
topishi 
bilan 
buddaviylik 
braxmanizmga tobora yaqinlashib bordi, keyinchalik hinduizmga 
qo’shilib ketdi. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o ’z ta’sirini 
deyarli yo’qotdi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda buddaviylikning yopilishi 
Kushonlar saltanati ravnaq topgan davrlar (er.av.II asr. yangi er. I 
asrlari) bilan bog’liq. U hozirgi Markaziy Osiyo, A fg’oniston, Pokiston, 
Shimoliy Hindiston va Sintszyan hududlarini o ’z ichiga oladi. Kushonlar 
davrida buddaviylik Hindistondan Markaziyo Osiyoga, bu erdan esa 
Buyuk ipak yo’li orqali Uzoq Sharqqa yoyilgan. Buddaviylikni Hind 
savdogarlari, sayyohlari, missionerlari dunyoga tarqatganlar.
Lamaizm (tibet tilida lama-oliy samoviy, degan m a’noga ega 
b o’lib, zohidlami shunday deb ataladi) VII-XIV asrlarda tarkib topgan.
Tibetda buddaviylikning Mahayana y o ’nalishidagi oqimi b o ’lib, u 
erda huknaron din b o ’lib kelgan. XVI asming oxirlaridan boshlab 
lamaizm M o’g ’ulistonda, XVIII asming boshidan esa Buryatistonda 
keng tarqalgan. 1741 yilda barcha lamalar Rossiyaga sodiq fuqaro bo’lib 
qolishga qasam ichadilar va o ’z diniy ta’limotini targ’ib qilishga rasmiy 
ijozat oladilar. Dastlabki lamalar XVII asr o ’rtalarida Jungoriyadan 
Rossiyaga ko’chib kelgan qalmiq qabilalar bilan birga kelganlar va 
Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar. 
Qalmig’iston, Buryatiston 
ruhoniylaridan Tuva ruhoniylari -lamalari VII asrlaridayoq payd 
bo’lganligi bilan farq qiladi. Biroq tuvaliklar lamaizmni ulam ing azaliy 
dini bo’lgan shomonizm bilan qismangina qo’shishgan xolos. Lamaizm 
ta ’limotida 7 ta asosiy aqida bor.
Birinchi aqida: burxonlar to ’g ’risidagi ta ’limot. Lamaistlaming 
xudolari va surati burxonlar atamasi bila ataladi.
Ikkinchi 
aqida: 
muqaddas 
kitoblar 
to ’g ’risidagi 
ta ’li-mot. 
Lamachilar ikkita to ’plam kitobni «muqaddas» bilib e’zozlaydilar. 
Ulaming birinchisi Ganjur (tibetcha-vahiy-lar) 108 jildli va ikkinchisi 
Danjur (tibetcha-sharhlar) 225 jildli. XIV asrda tibet tilida yozilgan bu 
matnlar Tripitakadan qilingan tarjimalami ham, lamachi ruhoniylar 
yaratgan asarlami ham o ’z ichiga oladi.
51


Uchinchi aqida - eng mayda, g ’ayritabiiy o ’lmas zarralar bo’lmish 
draxmalaming birikishidan iborat jon to’g ’risidagi ta’limot.
T o’rtinchi aqida - dunyoning manzarasi to’g ’risidagi, narigi 
dunyodagi hayot to’g ’risidagi ta’limotdir. Lamaizm ta’limotiga ko’ra, 
narigi dunyo ikki bosqichga bo’linadi: sansara - kishi joni o ’zgarib 
turadigan cheksiz zanjir. Nirvana - bunda ayniqsa, taqvodor joni orom 
topadi.
Beshinchi aqida - dindorlar bilan burxonlar o ’rtasidagi zarur 
vositachi sifatidagi lolalar to’g ’risidagi ta’limot. Bularning ko’plari jonli 
xudolar yoki xubliganlar - boshqacha shaklda gavdalanuvchilar deb 
qaraladi.
Oltinchi aqida - muqaddas urush to ’g ’risida bo’lib, bu urush 
oqibatida buddist bo’lmagan kishilaming hammasi yo’q qilinishi kerak.
Ettinchi aqida - azob chekish to ’g ’risidagi aqida, Lamaizm ham 
buddizm kabi Erdagi hayotni azob chekish deb hisoblaydi. Uning 
sabablarini esa aslo yo’q qilib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Lamaistlar 
faoliyatini amalga oshiradigan markazlar datsanlar b o ’lib, ularda lamalar 
har kuni ibodat qiladiiar.
Hozirgi paytda Birmada 17-asrda qurilgan ibodatxona va 6 metrli 
oltindan yasalgan budda haykali bulib, butun dunyo buddistlari shu 
ibodatxonaga hajga boradilar. Buddaviylik ta’limotini tartibga solish 
maqsadida 1971 yilda Birmada buddistlaming maxsus ibodatxonasida 
Tripi-takaning turli taijimalari va Variantlarini taqqoslash natijasida 
yagona matn ishlab chiqildi. Yangi matn mazmuni 729 marmar plitaga 
tushirildi. 
Bu 
yozuvlar 
saqlangan 
ibodatxona 
butun 
dunyo 
buddistlarining muqaddas va ziyoratgoh joyiga aylantirildi. Buddizm 
ruhoniylari halqaro miqyosda buddizm mavqeini kuchaytirishga harakat 
qilmoqdalar. 
Shu 
maqsadda 
buddizmning 
turli 
tashkilotlarini 
birlashtirmoqdalar, buddistlaming halqaro konferentsiyalari, s’ezdlarini 
o ’tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha halqaro tashkilotlari mav-jud, shulardan 
eng yirigi 1950 yilda tashkil topgan, jahon buddistlari qardoshlaridir.
Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. 
Xususan, oxirat to’g ’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o ’lmasligi,
52


hayvonlami azoblash gunohligi, qon to ’kmaslik kabi ta’limotlar 
buddaviylikdan keyingi dinlarga o ’tgan.
Jahon dinlaridan bin Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha 
Xpiotoq - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso 
Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil 
davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylaming nasroniylik Iso 
Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga 
ishonishadi. 
Masihiylar 
uning 
tarixiyligidan 
shubhalanmaydilar. 
Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e ’tiqod qiladi BMT 
m a’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o ’sishi 1,4 % ni tashkil 
etmoqda.
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin 
dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 
millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) 
va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 m illion).) yo’nalish 
va tarafdorlarga ega. 
1054 yilda xristian cherkovi katolik va 
pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin 
ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik 
cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi.
4
53


Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat 
dini deb rasmiy ravishda e ’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan 
olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:
1.Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum 
xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik 
urushlari va qo’zg’olonlar birin-ketin m ag’lubiyatga uchrab, ulardan 
shafqatsiz o ’ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-m a’naviy 
inqiroz paydo bo ’lgan. Qullar sinfidan bo’lgan Spartak etakchiligida 
eramizdan aw alg i 73-71 yillarda Rimdagi qo’zg ’olon bostirilgach, 6 
ming qul Rimga olib boradigan yo ’llar chetiga qurilgan xochlarga 
mixlab tashlangan. O ’sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. 
Spartakning m ag’lubiyati, - degan edi tarixchi Shari Enten, - Isoning 
g ’alabasi edi.
2. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to ’lib-toshgan Rim
quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. 
Qulchilik o ’m iga feodal tartiblar o ’m atila boshlandi. Quldorlar va 
boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, m a’naviy 
buzilish, ayshuishratga berilish o ’sib bordi.
3.R im davlati hududlarida yashayotgan turli urug’lar, qabilalar
elat va xalqlar o ’z xudolariga, payg’ambarlariga, urf-odatlariga sig’inar 
edilar. G ’oyaviy-mafkuraviy birlik bo ’lmaganligi ham Rim qudorlariga 
xalq ustidan siyosiy va g ’oyaviy hukmronlik qilishni tobora 
qiyinlashtirardi.
Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga k o ’ra xristianlik nisbatan 
tezroq shakllanib bordi, u k o ’pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va 
quyi katlamdagi kishilar orasida e ’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din 
yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim b o ’lish yo’llarini ochib 
berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlaming falsafiy- 
ahloqiy 
qarashlarining 
xristianlik mafkurasini 
ishlab 
chiqishga 
k o ’rsatgan ta’siriga alohida to ’xtalib o ’tish kerak.
Seneka (er.av. 4 yilda tug’ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot 
etgan) o’z falsafasida moddiy boyliklar to’plash, noz-ne’matlarni 
iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb
54


e ’lon qilib, ulardan voz kechishni targ’ib kiladi. U bu talabni jonni 
qutqarib qolish yo’lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning 
fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati 
b o ’lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan aw algi 1 asming 
oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini 
yahudiy dini bilan q o ’shishga urinib, xudo bilan odamlar o ’rtasida 
turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. 
Bu vositachi «Kaloni xudo» bo’lib, u kishilami to’g’ri yo’lga solib 
yuborish va ulami hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun 
tangrining erga yuborgan farzandidir.
Bibi Maryamning Isoga g ’oyibdan homilador bo ’lishi haqidagi 
ta ’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo b o ’lgan. Masalan, Budda, 
Suriya podshosi Sargos, M isr xudosi Gor va boshqalar g ’oyibona homila 
natijasida tug’ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta ’sirida Bibi Maryamda 
g ’oyibona homila paydo bo’lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tu g ’ilgan, 
degan tasavvur vujudga kelganligiga hech shubha qilinmasa ham 
b o ’ladi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham 
kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo’iga oldilar. Ularda 
klirlar, y a’ni episkop, pop, d ’yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta ’siri 
kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan, 
kambag’al kishilar, xususan, qullar ko’pchilikni tashkil etgan. Klirlar 
rahbarligida o ’rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda 
yashirin o ’tkaziladigan yig’ilishlarda g ’oyibdan samoviy haloskor 
payg’ambarning kelayotgani to’g ’ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas 
kitoblami o ’qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish 
marosimlari, y a’ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o ’tkazib 
kelingan.
Imperator Konstantin 313 yili xristianlaming ta’qib qilishni bekor 
qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga 
ko ’tardi. 
325 
yili 
Konstantin 
boshchiligida 
Nikey 
shahrida 
xristianlaming 1-jahon yig’ilishi b o ’ldi. Y ig’ilish xristian dinining 
qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo, 
mukaddas ruh, o ’g ’il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili
55


xristianlarning Konstantinopolda b o ’lib o ’tgan 2-jahon yig’ilishida 
cho’qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Injil rivoyatlariga ko’ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi 
Vifleem shahrida yashaydigan yahudiy Y usuf (Iosif) farishta Jabroil 
tomonidan «muqaddas ruh»dan uning xotini Bibi Maryam bo’lajak 
payg’ambar Isoni tug’ishi haqida oldindan ogohlantirilgan. Maryam 
oldiga muqaddas ruh keladi. Undan Iso tug’iladi. Isoni onasi Maryam 
Vifleem shahri yaqinidagi g ’orda tug’adi.
Yahudiyaning podshosi Isoning tug’ilganidan xabardor bo ’lgan. 
O ’sha vaqtdagi podsho Irod Vifleemda tug’ilgan barcha go’daklami 
o ’ldirishga farmon bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta 
Isoni, onasini va barcha Y usuf oilasini Iroddan yashirib Misrga yashirin 
holda o ’tkazib yuborib qutqarib qoladi. Shundan keyin Isoni hech kim 
k o ’rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina Iso xalqqa k o ’rinish 
beradi. Shundan boshlab, Iso o ’z targ’ibotchilik faoliyatini boshlaydi. U 
bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollami o ’z yoniga olib, ular bilan 
birga yangi dinni targ’ib qilish uchun butun mamlakat bo’ylab safarga 
chiqadi. Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskoming kelganligi 
to ’g ’risida xabar tarqatadi. Iso va uning shogirdlari Iordan daryosi 
yaqinida Ioann bilan uchrashib qoladilar. Ioann ulami Ioardan daryosi 
suvida yuvintirib, cho’qintiradi. Ioann Isoni cho’qintirayotgan paytda 
osmondan nido kelib: bu mening sevikli o’g ’lim, mening iltifotim ana 
shunda, degan ovoz eshitilgan emish.
Iso hamma odamlar xudo oldida teng, deb e ’lon qilgan, lekin u 
hokimlik huquqini xudo bergan bo’lib, Davlat hukmiga, mahalliy 
hokimlar amriga bo ’sunish xudo amrini bajarishdir, degan.
Iso uch yil davomida targ’ibot olib borgan. Lekin Yahudiya hokimi 
Pontiy Pilat Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e ’lon 
qilgach, Isoning eng yaqin apostoli Iuda sotqinlik qilib, uni tutib bergan. 
Pontiy Pilat va yahudiy ruhoniylari Quddus shahrida Isoni sud qilib 
xochga mixlab o ’ldirishga hukm qilganlar. Hukm Golgofa tog’ida 
qiynab o ’ldirish orqali ijro etilgan.
Shu tariqa o ’z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin m o”jiza 
bilan qayta tirilgan, u yana 50 kun da’vat-targ’ibot olib borgach, otasi
56


xudo oldiga osmonga chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb 
tasavvur qilinadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin