N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

Dunyoning konfessional manzarasi. 
"Konfessiya" so’zi (lotincha
- "confessio") o ’zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e ’tiqod qilish”, 
degan m a’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda 
muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o ’ziga xos 
xususiyatlarga ega e ’tiqod va ushbu e ’tiqodga ergashuvchilar jamoasi 
tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo’lsa-da, aqidalar borasida 
farqlanadigan jam oalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda 
taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi.
Shuni alohida ta ’kidlab o ’tish lozimki, islom dinida bunday holat 
kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa 
mazhablar alohida konfessiya sifatida ro ’yxatdan o ’tmaydi. Masalan, 
O ’zbekistonda ham bir necha shia jamoalari b o ’lishiga qaramay, ular 
o ’zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jam iyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilaming 
ijtimoiylashuviga, ulaming turmush tarzini tashkil etish va tartibga
132


solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo’lib kelgan. 
Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o ’ziga xos xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq 
m e’yorlarini o ’ziga singdirib olib, ulami hamma uchun majburiy xulq- 
atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat 
yashashiga ko ’maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklami 
engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va 
m a’naviy 
qadriyatlami 
saqlab 
qolish 
hamda 
avloddan-avlodga 
etkazishga yordam bergan va shu yo ’l bilan madaniyat rivojiga katta 
ta ’sir ko’rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo’lgan qiziqishning kuchayib borishi 
globallashuv jarayonlarining o ’ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, 
globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, 
uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jam iyatlar darajasida 
o ’z-o’zini anglashga b o ’lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin 
yaratmoqda. Bu jarayonlar o ’z navbatida inson ma’naviyatining uzviy 
qismi bo’lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat 
hayotidagi o ’mini anglashga bo’lgan e ’tiboming kuchayishini keltirib 
chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo ’lgan qiziqishning kuchayishi 
bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning 
ulami hal qilish yo ’llari haqidagi o ’y-izlanishlari, dunyoviy va diniy 
qadriyatlar uyg’unligini ta ’minlagan holda bugungi kunning og’ir va 
murakkab savollariga to’laqonli javob topishga intilishi bilan bog’liq 
ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar m a’lumotlariga ko ’ra, XX asming ikkinchi yarmida 
xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar 
paydo bo ’lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi 
mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asming 70 yillarida 
Evropa va AQShda tarqalgan noan’anaviy diniy gumhlar va oqimlar 
nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri 
sabab b o’lganligini ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi 
o ’zgarishlami, bu “o ’tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib,
133


o ’zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgo’y” sifatida k o ’rsatdilar. 
YaDH to ’riga ko’proq yoshlar ilindilar. YaDH qat’iy ta’limotga ega 
bo’lmagan tashkilot bo ’lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini 
olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va 
nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlaming ba’zilari dunyoning 
turli burchaklarida o ’z bo’linmalariga ega bo’lgan, biznes bilan 
shug’ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar 
meditatsiya amaliyotini keng qo’llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida 
shaklida boshqariladi. YDH laming aksariyati noqonuniy faoliyat 
yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio metrosi 
10G’5000 zah.), Quyosh ehromi (frantsiya va Kanada) va b.). Diniy 
ta ’limotlami buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
- protestantlaming “ikkilamchi” birlashmalari - Iogov shohidlari, 
Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih tserkovi 
(Boston harakati);
- soxta xristian harakatlar - Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion 
oxirgi Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;
- sayentalogik kultlar - Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya 
markazi, Kloneyd, Oq ekologlar harakati;
- neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar - “Tirik 
axloq”(Agni yoga), Krishnani anglash jamiyati, Transtsendental 
meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-yoga va b.);
- Yangi majusiy tashkilot va kultlar - “Runvira” ukrain milliy 
e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy 
e ’tiqodiga qaytish kulti” va boshqalar kiradi.
Sekta 
so’zi, eng umumiy m a’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki 
falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta 
deganda m a’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi 
b o ’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko ’rsatadigan guruhlar 
tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo ’lgan 
k o’plab sektalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mutaxassislar ulaming sonini 
taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
134


Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalaming 
inson ongi va qalbi uchun kurash yo’lidagi faoliyatining jonlanishi 
kuzatilayotganini k o ’rsatmoqda. Xususan, m a’lumotlarga ko’ra, bizga 
qo ’shni 
bo ’lgan 
davlatlarda 
"Bogorodichiy 
tsentr", 
"Tserkov 
ob’edineniya", "Tserkov Isusa", "Tserkov Novogo Zaveta", "Beloe 
bratstvo", "Bojestvenno’y orden Pervogo Angela" kabi o ’nlab diniy 
sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. "Satanizm" deb 
ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim m a’lumotlarga ko’ra, o ’ta 
xavfli bo’lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan 
ortiq tarafdorlari bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi bilan qo ’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli 
nochor bo’lganlar ichida ish olib borish yo ’li bilan o ’z tarafdorlarini 
k o ’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan 
"avliyo"lar o ’z izdoshlarini aldash yo ’li bilan ulaming mol-mulklariga 
egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin 
faoliyat 
olib 
borishi, 
sekta 
ichida 
b o ’layotgan 
voqealaming ko’pchilikka m a’lum b o ’lib qolmasligining qattiq nazorat 
qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib 
chiqarmoqda.
Ugandadagi "Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga 
misol bo’ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu 
sekta rahbarlari o ’z tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan 
mablag’ni ularga berishga va shu yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lishga 
chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga "ko’chirilishi" sekta 
rahbarlariga nisbatan shubha uyg’onishiga olib kelgan. Shundan so’ng 
rahbarlar Kanungu qishlog’ida 500 dan ortiq o ’z tarafdorlarini aldab bir 
joyga to’plab, ustlaridan yopib binoga o ’t qo ’yib yuborishgan. Ommaviy 
axborot vositalari xabarlariga k o ’ra, tezkor tadbirlami o ’tkazgan 
politsiya yana to’rt joyda ommaviy qabrlami topgan. Umuman bu 
sektaning qurbonlari 1000 ortiq b o ’lgani qayd qilingan.
Jahon 
xristianlarini birlashtirish 
yo’lidagi 
Muqaddas 
Ruh 
assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya Svyatogo Duxa za ob’edinenie mirovogo 
xristianstva (ASD-OMX) bo’lib, Mun San Men birlashtirish cherkovi,
135


Birlashtirish harakati, munchilar (munisto’) kabi nomlar bilan ham 
ataladi.
T arixi: BCh asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy 
Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e ’tiqod qiluvchi dehqon 
oilasida tug’ilgan. Maktabda o ’qish davrida u pyatidesyatniklar 
y ig’inlarida qatnashardi. 1936 yili Pasxa bayramida unga “vahiy” keladi: 
Iso Masih unga ko’ranib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan 
missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. M a’lumotlarga 
ko’ra, bu voqea sodir bo ’lganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan 
qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zoxir bo ’lishisan!". Shu voqea 
sabab u o ’z ismining birinchi b o ’lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur 
taratuvchi (svetyahiysya)ga o’zgartirdi va bu bilan u o ’zini “ilohiy” 
kelib chiqishini bildirdi. Shu yo’l bilan yangi “payg’ambar”- Mun San 
Men vujudga keldi.
M unchilaming 
ta ’kidlashlaricha, 
b o ’lg’usi 
payg’ambar 
Yaponiyada elektrik kasbini egallagan, ammo u o ’z iste’dodi bilan 
muhandis diplomini olishi ham mumkin edi. Biroq u “ilohiy y o T ’ni 
tanlashni afzal bilgan.
Munchilar to ’liq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota ” orqali 
erishaladi. Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan 
va Iso Masih ularga ko’rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilaming 
ommaviy nikoh tantanalari “Unashtirish” marosimi munchilaming 
ammaliyotida markaziy o ’rinda turadi.
U 2 qismdan iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas 
nikoh”.
Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning 
“birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni boshlashlarini 
anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” b o ’lib o ’tadi. 
B o’lg’usi kelin-kuyovlar o ’z juftlarini topishni Mun va uning tajribali 
mintaqaviy liderlariga to ’lig’icha ishonadilar. Ayrimlar o ’z juftini nikoh 
tantanasidan bir necha kun aw algina taniydilar.
“Muqaddas vino” yoki “Nasabni o ’zgartirish” marosimi orqali 
munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini 
bog’laydilar. Mun ta ’rificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan
136


saqlovchi va “Haqiqiy ota-onalar”ga yaqinlashish bo’yicha o ’ziga xos 
“emlash” vositasidir. Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va 
Ona”ning qoni jamlangan bo ’lib, uni iste’mol qilgan inson o ’z 
ajdodlaridan voz kechadi.
Boshqa bir m a’lumotlarga qaraganda, ushbu ichimlik tarkibiga 
Mun va xotinining boshqa narsalari ham solinadi.
Aym sinrikyo (sanskritcha “olam”) haqiqati ta’limoti; ingliz tilida 
“Supreme truth”, y a’ni “oliy haqiqat” deb tarjima qilingan ( 2000 yildan 
boshlab A lef nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 1 
harfi bo ’yicha)) — yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, 
totalitar, destruktiv sekta b o ’lib, vadjrayana buddizmi asosida 
Yaponiyada vujudga kelgan.
Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 
yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so’ng 
mashhur bo ’lib ketgan.
Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro ’yxatiga kiritilgan. Evropa 
Ittifoqi, Kanada, Moldaviya, Rossiya, AQSh va boshqa davlatlarda 
faoliyati ta ’qiqlangan. Aum sinrikyodan Rossiyada 24000, Yaponiyada 
6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda Aum Sinrikyoning Nyu York, 
Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda uning 
tashkilotiga diniy tus berildi va u “AUM Sinsen-no-kay” (“M a’naviy 
rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jam iyati”) deb ataldi.
1995 
yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a ’zosi tomonidan 
terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi 
yordamida gazli portlatish sodir etishgan.
Natijada 12 kishi vafot etgan, o ’nlab kishilar zaharlangan, 1000 
kishining ko ’rish qolbiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim 
a ’zolarida paralich, so’zlash qobiliyatining y o ’qolishi, tayanch harakat 
a ’zolarining shikastlanishi, ko’r b o’lib qolish holatlari ham uchragan. 
Ushbu aktga Asaxara o ’zi buyruq bergan (rad etsada).
Ulaming flkricha, Oxirzamon kelishi va Yaxshilik va Yomonlik 
o ’rtasidagi oxirgi umsh kutilmoqda va umshda barcha “gunohkorlar” 
qirib 
tashlanadi. 
Politsiyachilar 
tomonidan 
sekta 
markazlari 
tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollaming komponentlari (sibir
137


yarasi (sibirskaya azva) va Ebola virusi) topilgan. Bundan tashqari 
Zairdan keltirilgan Mi 17 harbiy vertolyoti bo’lgan. Kimyoviy zax ira 
zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o ’ldirishga etadigan b o ’lgan.
Oq birodarlik tashkiloti (OBT) eng janjalkash sektalardan biri 
bo’lib, Nyu Eyj harakati bilan o ’zaro bog’liq. Uning g ’oyalarida ham 
Baliq erasi (Iso M asih davri) yakunlanib, Vodoley erasi, y a’ni er yuzida 
Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini da’vo qiladilar.
Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov 
tex.f.n.,m Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan, 
ko ’plab yangi g ’oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta’sir o ’tkazish 
masalalariga qiziqqan (KGB bilan aloqa bo ’lgan)
O ’z qiziqishlari o ’laroq biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga 
a ’zo bo’ladi va turli uslublami o ’rganadi. U “Atma” nomli “Qalb 
instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali ko ’plab risolalar chop 
etadi. Krivonogov ko’p shaharlarda m a’ruzalar o ’qib yuradi va 
Dnepropetrovskda bo ’lg’usi xotini Mariya Tsvigunni uchratadi va to ’y 
arafasi uni erdagi “Xudo” deb e’lon qiladi.
Krivonogov o ’zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann 
Predtech, Payg’ambarlar Yoqub, Nuh, Ioann Krestitetl, Tutanxamon, 
knyaz Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida to ’xtagan. Mariya 
ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O ’g ’il Xudo, Muqaddas 
Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya 
o ’zini erkak jinsiga nisbatan ishlatiladigan “on” so’zi bilan murojaat 
qilgan. U er yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng e ’tiqodli 
kishilami “haqiqiy e ’tiqodlilar”ni jamlashi kerak bo’lgan.
Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi bo’lishi kerak edi. 
(YuSMALOS bu “Yuoann Svami Mariya Logos” abriviaturasi, 
shuningdek Jus malos “yovuzlik qonuni” m a’nosi bor). Yusmalos 
“olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga 
qilib belgilangandi.
Erdan oxirgi bo’lib bu er xotin ketishi, ulami chormixlashlari 
lozim bo’lgan. Jasadlar uch kun ko ’chada turib, uchinchi kuni qayta 
tirishlari va osmonga k o ’tarilishlari kerak edi. O ’sha kuni Oxir zamon 
b o’lib, er yuzi vayron bo’lishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa
138


yusmalos xalqi erda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda qolgan 
d o ’zaxda bo’lishi ta ’kidlangan.
Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yig ’iladilar. 
Albatta, Oxir zamon bo ’lmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi 
oldida to’polon uyushtirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming keskinlashib ketishi, ochlik, 
fuqarolar urushlari, 
ommaviy epidemiyalar, 
spidning 
tarqalishi 
yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga olib kelmoqda.
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, 
m a’naviy va jism oniy kamolotga erishishga b o ’lgan intilishi, kishilar 
hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan o ’zlarining g ’arazli maqsadlari 
yo ’lida shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar.
Mavjud diniy ta ’limotlar, ulardagi muayyan qoidalami davr 
talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modemizatsiya qilish 
jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan 
inkvizitsiya va salb yurishlari xato b o ’lganini tan olib, Rim Papasi hatto, 
rasman kechirim ham so’radi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II o ’z 
paytida Eming Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlami yoqlagani 
uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, o ’z qarashlaridan 
voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq b o ’lganini tan 
olib, barchadan uzr so’ragani ham bunga misol bo’la oladi.
Shuningdek, 
mavjud 
dinlaming 
tarqalish 
hududida jiddiy 
o ’zgarishlar sodir bo ’layotganini ta ’kidlash zarur. Masalan, o ’tgan asrda 
asosan xristianlar yashab kelgan Evropada bugungi kunda 20-25 million 
atrofida 
musulmonlar 
istiqomat 
qilmoqdalar. 
Jumladan, 
Buyuk 
Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Frantsiyada - 6-7 
million islomga e ’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar 
fikriga ko’ra, hozirda aynan islom e ’tiqodchilari soni eng tez k o ’payib 
borayotgan 
din 
hisoblanadi. 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkiloti 
m a’lumotlariga ko’ra, islomning yillik o ’sish sur’ati 6,4 foizni tashkil 
etib, 1989 yildan 2011 yilgaqadarmusulmon aholi soni Shimoliy 
Amerikada - 25, Afrikada - 2,15, Osiyoda-12,57, Evropada-142,35, 
Avstraliya va Okeaniyada-257,01 foizga ko’paygan. Faqat Lotin 
Amerikasida islomga e ’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
139


Bunday 
o ’zgarishlar, 
bir 
tomondan, 
globallashuv 
keltirib 
chiqarayotgan odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, 
kishilaming buddaviylik, ko’pgina hollarda va asosan islomni ongli 
tarzda qabul qilishi bilan bog’liq.
Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga 
e ’tiqod 
qilib 
kelgan 
o ’lkalarda 
xristianlikni 
yoyishga 
intilish 
kuzatilmoqda. BMT m a’lumotlariga ko ’ra xristianlikning o ’sish 
k o’rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim 
xristian tashkilotlari va yo ’nalishlarining faol missionerlik harakati 
natijasida sodir bo ’lmoqda.
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy 
manzarasida jiddiy o ’zgarishlar sodir b o ’layotganidan dalolat beradi. 
Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O ’zbekistonda rasman 
ro ’yxatdan o ’tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham 
k o’rish mumkin. Xristianlikka mansub b o ’lsa-da, yurtimizdagi 11 ta 
y o’nalishning har biri o ’zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi 
fikrimizning isboti b o ’la oladi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin