Bir qancha oqimlarga bo’linib ketgan Protestantlikda missionerlik
din arkonlaridan biri hisoblanib, missionerlik jamiyatlarining har bir
a ’zosi esa bunday amaliyotni o ’zi uchun farz deb biladi. Shuning uchun
ham, hozirda dunyodagi xalqaro
missionerlaming k o ’pchiligini
protestant missionerlari tashkil qiladi. Agarda protestantlik tarqalgan
hududlar xaritasiga nazar tashlasak, ulaming
deyarli
barchasi
rivojlangan yirik davlatlarda joylashganiga guvoh bo’lamiz.
Protestantlikda oqimlar juda tez-tez paydo b o ’lib turadi, har bir
oqim o ’z missionerlik tashkilotiga ega bo’ladi. Quyida protestantlikdagi
eng yirik va missionerlik bilan faol shug’ullanadigan tashkilot va
uyushmalar haqida fikr yuritiladi.
Protestant oqimlari orasida eng yiriklaridan biri b o ’lmish
adventizm13 oqimiga 1831 yili Uayt M iller tomonidan asos solingan.
U.Miller Bibliya matnlariga asoslangan holda 1843-1844 yillarda
Isoning ikkinchi qaytishi yuz beradi deb bashorat beradi. Bashorat
amalga oshmagan bo’lsada, oqimning ta’siri ko’pchilik orasida saqlanib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: