N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

1. Onglilik tamoyili
. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o‘quvchilarning 
husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish 
muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda 
yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g’ri mo‘ljallay olish lozim. 
Harflarni harflarga ulashda qo‘l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka 
ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oralig’idagi masofa 1,5-2 sm bo‘lishi 
e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o‘tirish qoidalariga (ko‘z va daftar 
oralig’ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo‘lishiga, partada 
engashmasdan, boshni to‘g’ri tutib, tirsaklarni partaga yengil qo‘yish, oyoqlarni 
parta ostiga to‘g’ri qo‘yish, ko‘krak bilan parta oralig’i masofasining bir kaft 
sig’adigan masofada bolishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi. 
2. Genetik tamoyil.
Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik 
tamoyil katta o‘rin tutadi. O‘quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, 


137 
sodda harflarni yozdirishga o‘rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda 
ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi. Shuning uchun 
chiroyli yozuvga o‘rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, 
hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, 
yozish birmuncha murakkabroq harflarga o‘tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-
guruhiga i, n, m, r kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo‘lganligi 
sababli yozishda qiyinchilik bo‘lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida 
harf, bo‘gln, so‘z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv 
mashqlari o‘tkaziladi. 
3. Takrorlash tamoyili.
Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik 
uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish 
jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigiyenik qoidalarga 
amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, 
harflarni qo‘1 uzmay yozish, harflar, so‘zlar orasidagi masofani to‘g’ri 
chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil 
qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi. 
Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib 
qolmasligiga amal qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin