23
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab
o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in
chegarasini
aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar
so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri bo‘la bilsalar, o‘qish ko‘nikmasini
ham yaxshi
egallaydilar.
O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-
sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Talaffuzi yozilishiga mos
kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra
orfoepik
o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar
muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: