N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

4-mavzu: Xodimlarni tarbiyalash va mehnat intizomini  
mustahkamlash
Rеja:
1. Xodimlarni tarbiyalash tushunchasi.
2. Xodimlar mеhnat intizomini mustahkamlash.
3. Mеhnat intizomini buzganlik uchun qo‘llaniladigan javob-
garlik choralari.


44
Xodimlarni tarbiyalashda ularning g‘oyaviy-siyosiy, professio-
nal va ma’naviy, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bo‘yicha 
ongini o‘stirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Xodimlarning 
mehnat faolliligini oshirish, mehnat intizomini mustahkam-
lash yo‘llarini va usullarini topishda, xodimlarning o‘z xiz-
mat vazifalariga vijdonan va halollik bilan yondashishlari uchun 
rag‘batlantirish usullarini izlashda, jamoat tarbiyaviy ishlarini 
tashkil etishda xodimlar bo‘limining roli juda katta.
Bozor iqtisodiyotining oliy maqsadi, avvalo jamiyatning inson 
manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish, shaxsning har tomonlama 
kamol topishi uchun shart-sharoit vujudga keltirish to‘g‘risida ham 
g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. Ammo bu masalaning birgina to-
moni, masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, mehnat-
kash inson o‘z farovonligini oshirishi uchun o‘z shart-sharoitini 
vujudga keltirish, ya’ni o‘zining yashashi va kamol topishi uchun 
moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishi kerak.
Ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilarining mehnat sohasi-
dagi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish samarali sistemasini 
ishlab chiqarish, hamda qo‘llash ishini maqsadga muvofiq tarz-
da boshqarish uchun korxonaning tarkibiy o‘rinlarida xodimlar 
bo‘limi, yirik korxonalarda esa «Xodimlar tayyorlashi bo‘limi» 
tashkil topadi. Korxonaning oldiga qo‘yilgan yangi vazifala rini 
muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlar bo‘limi xodimlaridan 
chuqur bilimga va saviyaga ega bo‘lishini talab etadi.
Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalaridan biri shundan ibo-
ratki, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari bilan shartnomalar tuzi-
lishi korxonalar uchun mutaxassislar va malakali xodimlarning 
jalb etilishining asosiy shakli bo‘lmog‘i kerak. Xodimlar xizmati-
dan, xodimlar tayyorlashni rejalashtirishni talab qiladi.
Bulardan tashqari xodimlar xizmati xodimlar qo‘nimsizligining 
oldini olishlari kerak, buning uchun ishdan bo‘shash sababla-
rini o‘rganish va analiz qilish lozim. Xodimlarning qo‘nimsizligi 
sabablari va o‘zgaruvchanligi birinchi navbatda moddiy 
rag‘batlantiruvchi omillar samaradorligini tashkiliy jihatdan mo-
hirlik bilan qo‘llashni ta’minlash kerak. Kadrlar bo‘limi xizmati-
ni yaxshilash tadbirlaridan biri shundan iboratki, xizmat vazi-
falari yo‘riqnomasi ishlab chiqarilgan va rahbariyat tomonidan 


45
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Korxonada mehnat tartibi ish beruv-
chi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa va-
killari organlari bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tarti-
bi qoidalari belgilanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin