N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

6-mavzu: Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish
Rеja:
1.  Kadrlar bo‘limida ish yuritishni tashkil etish tushunchasi.
2.  Kadrlar bo‘limidan olingan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi.
3.  Hujjat rekvizitlarini rasmiylashtirish tartibi.
Xodim haqida mumkin qadar batafsil ma’lumot beradigan 
hujjatlar majmuiga xodimlar bo‘limida turuvchi shaxsiy hujjat-
lar yig‘majildi kiradi. Bunday yig‘majildlar muassasa faoliyatini 
o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Shaxsiy hujjatlar yig‘majilddagi quyidagi hujjatlar raqamida 
ko‘rsatilgan tartib bilan saqlanadi.
1.  Yig‘majilddagi hujjatlar ichki ro‘yxati.
2.  Ishga qabul qilish haqida ariza.
3. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha anketa yoki shaxsiy 
varaqa.
4.  Tarjimayi hol.
5.  Ma’lumot haqidagi hujjatlar nusxasi.
6. Tavsiyanoma.
7. Buyruqlar (ishga qabul qilish haqida, boshqa lavozimga 
o‘tkazish haqida, ishdan bo‘shash haqidan) ko‘chirma nusxa.
8. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqaga 
qo‘shimcha.
9.  Rag‘batlantirishni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy hujjatlar.
Turar joydan ma’lumotnoma, sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy 
ma’lumotnomasi va ikkinchi darajali boshqa hujjatlar shaxsiy huj-
jatlar yig‘majildidan alohida jamlanib saqlanadi. Tanbeh lar haqida-


50
gi, rag‘batlantirish, familiyasiga o‘zgartirishlar kiri tish to‘g‘risidagi 
buyruqlardan nusxa xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy va-
raqaga va boshqa varaqaga qo‘shimcha tarz da yozilgani uchun 
ular dan ko‘chirma olib yig‘majildga alohida qo‘yilishi shart emas.
Yig‘majilddagi hujjatlar tartib bilan tikiladi. Jildning muqova-
si GOST 19914-72 dagi talab bo‘yicha to‘ldiriladi. 
Kadrlar bo‘limidan olingan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi. Xiz-
mat yuzasidan foydalaniladigan boshqa hujjatlar bilan teng 
huquqda saqlanadi. 
Yig‘majildni 3 kundan ortiq ushlab turishga, idora binosidan 
tashqariga olib chiqishga ruxsat berilmaydi. Yig‘majilddan foy-
dalanilganda undagi yozuvlarga qandaydir tuzatish yoki yan-
gi qo‘shimchalar kiritish; biron-bir hujjatni olish, shuningdek, 
yangi 
sini qo‘shish taqiqlanadi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildini 
shakllantirishda muassasaga zarur hujjatlar, masalan, shahodat-
noma, diplom va shu kabilar nusxasini tayyorlashga ruxsat berila-
di. Bu holda nusxa faqat asl nusxadan olinadi.
Muayyan lozim ishga qabul qilingandan keyin, muassasa 
kadrlar bo‘limida nazoratchi (yoki boshqa mas’ul shaxs) tomo-
nidan shaxsiy varaqaga (lichnaya kartochka) to‘ldiriladi. Bu va-
raqcha shaxsiy hujjatlar yig‘majildidan alohida saqlanadi. Shaxsiy 
varaqa muassasa xodimlarini hisobga olish va tar tibini tahlil qil-
ishda xizmat qiladi. Varaqa xodim ko‘rsatgan hujjatlar (pasport, 
diplom, harbiy bilet, mehnat daftarchasi va shu kabilar) asosida 
to‘ldiriladi. Shaxsiy varaqa (T-2) ni to‘ldirish shakli O‘zbekiston 
Markaziy statistika boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Va-
raqdagi hamma yozuvlar hujjatga asoslanishi kerak.
Ishga qabul qilinuvchi shaxs varaqda ko‘rsatilgan joyga im-
zo chekadi va varaqa to‘ldirilgan sanani qo‘yadi. Varaqaning 
«qo‘shimcha ma’lumotlar» deb atalgan 5-qismi boshqa qismlar-
da o‘z aksini topmagan ma’lumotlar (o‘rindoshlik ishi, qayerda 
o‘qiyotganligi, ikkinchi kasbi va boshqalar)ni yozib berish uchun 
mo‘ljallangan. 
Ushbu qismda ishlaydigan nogironlar haqidagi ma’lumotlar: 
nogironlik sababi va guruhi, uni qachon aniqlanganligi, mehnat 
qobiliyatini aniqlash. Vrach-ekspert komissiyasi (TMEK) ning 
tavsiya etayotgan mehnat turi va sharoiti qayd etiladi.


51
Xodim ishdan bo‘shatilganda shaxsiy varaqaga ham buyruq-
ning sanasi va raqami, bo‘shatilish sababi yoziladi. Bu ma’lumotni 
juda e’tibor bilan to‘ldirish lozim. Chunki, u ko‘pincha mehnat 
stajini tasdiqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy ma’lumotnoma – muassasalar tomonidan fu-
qarolarning turmushi va ish faoliyatidan asl voqea-hodisalar va 
holatlarini tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga 
ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga 
uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida: 
o‘quvchi va talabaga esa qayerda o‘qishi haqida, fuqarolik ho-
lati hujjatlarini qayd qilish (FHDY) va notarial idoralari ham-
da quyi mahalliy kengashlari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot 
etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajrashganlik haqi-
da (hujjatlar) yo‘qolganda; tuman va shahar ijtimoiy ta’minot 
bo‘limi shaxsning nogironlik nafaqasining miqdori, avtomobil-
ga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal 
emasligi) haqida mahalla idoralari yoki uy-joy boshqarmalari 
shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyning maydoni yo-
ki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Bu-
lardan tashqari, Ichki ishlar, Adliya idoralari tomonidan ham 
fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma’lumotlar beriladi.
Shaxsiy ma’lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihati-
dan rasmiy xizmat ma’lumotnomasiga yaqin turadi, chunki 
shaxsiy ma’lumotnomalar ham ish qog‘oziga yoziladi. Shaxsiy 
ma’lumotnomalar zaruriy idoralarga yoki shaxslarga yo‘llanadi. 
Bu hujjatlarning barchasi har xil mazmunga ega bo‘lishi mum-
kin.
Mazmuniga qarab hujjatlar 2 ga bo‘linadi:
l. Oddiy.
2. Murakkab.
Bajarish muddatiga qarab hujjadar 2 ga bo‘linadi:
Bir hujjat o‘z qo‘llanishi bo‘yicha talabni aks ettirish uchun 
ко‘rinishi jihatidan belgilangan formada tuzilgan bo‘lishi shart.
Hujjatning haqiqiyligi uni qanday rasmiylashtirishga bog‘liq 
bo‘lib, hujjatlarda mazkur tabaqadagi hujjatlar uchun zarur 
bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina yuridik kuchga ega 
hisoblanadi.


52
Hujjat rekvizitlari umumiy holda uning ko‘rinishini ifoda-
laydi. Hujjatlar A3 (297x420mm), A4 (219x297mm), A5 (48x219 
mm) formatdagi qog‘ozlarga tushiriladi.
Hujjat rekvizitlarni rasmiylashtirish quyidagi tartibda bo‘ ladi:
1.  Davlat gerbini tasviri (yuqorida).
2.  Tashkilot tamg‘asi (uning tagida).
3.  Tashkilot kodi (o‘ng tomonda).
4.  Yuqori tashkilot nomi.
5.  Hujjat muallifi bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi.
6.  Tashkilot bo‘limining nomi.
7.  Aloqa va telefon nomeri, bankdagi hisob raqami.
8.  Hujjat nomi.
9.  Sana (arab raqami bilan).
10.  Indeks (tartib raqami).
11. Manzil.
12.  Hujjatning maxfiy saqlanishini ta’minlash yozuvi:
A) hujjatdan foydalanish uchun; 
B) maxfiy.
13.  Xatni qo‘llanmasi (kimga yuborilayotganligi).
14. Hujjatning tasdiqlanishi (mansabdor shaxsni lavozimi, 
shaxsiy imzosi, sanasi, F.I.O ko‘rsatilgan holda yuqori o‘ng bur-
chagida bo‘ladi. Rahbarning munosabat belgisi (masalani hal qi-
lish kimga yuklatilganligi).
15. Hujjatning matnli sarlavhasi (hujjatning qisqacha maz-
muni).
16. Matn.
17.  Ilovalar haqida belgi.
18.  Imzo (lavozimi, F.I.O. to‘liq yoziladi).
19.  Kelishuv belgisi (imzodan keyin qo‘yiladi).
20.  Hujjatni bajarilganligi haqida belgi.
21.  Hujjatning nusxasi to‘g‘riligini tasdiqlovchi belgi.
Xizmat hujjatlariga quyidagilar kiradi:
1. Rasmiy xabar.
2.  Farmoyish hujjatlari.
3. Bayonnomalar.
4. Ma’lumotnomalar.
5.  Bildirishnoma va tushuntirish xatlari.


53
6. Dalolatnoma.
7. Telegrammalar.
Rasmiy standartlashgan mos keluvchi blankalarga yoziladi.
Rasmiy xat nomi ko‘rsatilgan birdan bir hujjat hisoblana-
di. Rasmiy xat asosiy matndan tashqari jo‘natuvchi haqida 
ma’lumotlarni bildiradi. Unda rekvizitlar qisqartirilishi mum-
kin. Farmoyish hujjatlariga nizom, yo‘riqnoma, buyruq, qaror, 
ko‘rsatma kabilar kiradi. Qarorlar kengash yig‘ilishida muhoka-
ma qilinib qabul qilinadi. Nizom bu tashkilot, korxona, jami-
yat jamoalarining faoliyatini belgilovchi qoidalar maj muasidir.
Yo‘riqnoma davlat boshqaruv organlari tomonidan korxona, 
muassasa, tashkilotning mansabdor shaxs va xodimlarga tashki-
liy, ilmiy-texnik, texnologik, moliyaviy jihatdan ko‘rsatma beruv-
chi hujjatdir. Buyruq vazirliklar, tarmoqlar, boshqarma va tashki-
lot rahbarlari tomonidan tezkor masalalarni hal qilish maqsadida 
chiqariladi.
Ko‘rsatma vazirliklar va rahbarlar tomonidan chiqarilgan 
buyruqlar va yo‘riqnomalari bajarilishi bo‘yicha qabul qilinadigan 
hujjatdir. Bayonnoma bu kengashuv organining yig‘ilishi va maj-
lislarida ko‘rilgan masalalarni asoslovchi hujjatdir.
Ma’lumotnoma u yoki bu voqeani aks ettiruvchi, ularning 
yuzaga kelishini tashkillashtiruvchi hujjatdir. Bildirishnoma bu 
tashkilot rahbari nomiga, tuzuvchi tomonidan ma’lum bir fakt 
yuzasidan kelib chiqqan holat, taklif yoki xulosalar keltirilgan 
bildirish xatidir. Tushuntirish xati ma’lum bir holatlarga aniqlik 
kirituvchi yoki biror-bir qilingan ish sababini ko‘rsatuvchi xatdir.
Dalolatnoma bir necha shaxs tomonidan biror-bir faktni, vo-
qelik yoki harakatni tasdiqlovchi hujjatdir. Telegramma telegraf 
tarmog‘i orqali jo‘natiluvchi hujjatdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin