N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Musiqa mashg'ulotlarida: 
musiqa tinglash, musiqiy-ritmik 
harakatlar, qo'shiq aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, 
turli harakatli o'yinlar o'rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk 
siymolar, xalq amaliy san'ati, an'anaviy bayramlar, kattalar 
mehnati, transport va aloqa vositalari, buyumlar haqida bola 
o'z tanasining qismlarini o'rganish orqali boshlang'ich sinf 
ta'limiga tayyorlanadi. Bu bilim va ko'nikmalar bolalarni 
1-sinfdagi tegishli o'quv fanlarini 
egallashlari uchun 
tayyorgarliklarini tashkil qiladi.
Ko'pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, 
D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta'kidlashicha, maktab­
gacha ta'lim muassasasida va maktab ta'limidagi o'qitishdagi 
bog'liqlik maktabda fanlarni o'qitish uchun zamin yaratishga 
xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o'qishga aqliy 
tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zaro 
bog'langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, 
bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi 
anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar 
tasavvurlar, nutq va elementar o'quv faoliyati umumiy 
darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini 
egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.
III. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o'qishga
jismoniy tayyorgarligi
Maktabda o'qishga tayyorgarlik bu - bolani maktabda 
muvaffaqiyatli o'kishi uchun asosiy negiz hisoblanadi. Maktab­
ga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush 
tarzida jiddiy o'zgarishlarning paydo bo'lishi, darslarning 
davomiyligi jismoniy zo'r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga 
jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog'liq:
382


- Bola salomatligining yaxshi bo'lishi;
- Bola organizmining chiniqqanligi;
- Ma'lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati;
- Kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatlariga 
bog'liq.
Bu 
bolaning 
jismoniy 
va 
nerv-psixologik 
uyg'un 
rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh 
ko'rsatkicMariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi}.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni jismoniy 
jihatdan tarbiyalashda:
- Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar;
- Ertalabki badantarbiya mashqlari;
- Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, 
irg'itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni 
saqlash) mashqlari;
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo'l va yelka, oyoq, gavda 
uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda 
uchish va suzish);
- Chiniqtirish va sog'lomlashtirish - gigiyenik badantarbiya 
mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini 
tarbiyalash;
- Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan, 
irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar);
- Ermak o'yinlar;
- O'zbek xalq harakatli o'yinlari o'ynaladi.
Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat:
- Uxlash gigiyenasi;
- Shaxsiy gigiyenasi;
- Ovqatlanish gigiyenasi;
- Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z-o'zini 
hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).
Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda 
mayda matorikani rivojiantirish (ushlash, yopish, qirqish, 
bo'lish), qo'l barmoqlari va qo'llarni ishlatlsh alohida o'rin 
egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi
383


uchun zamin hozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlikbolada maktabga 
yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va 
organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik 
ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon 
tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p 
omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini 
baholashdan iborat. Bularga:
- Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan 
tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;
- Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga 
aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda 
harakatlari);
- Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan 
tez hosil qilish hamda mustahkamlash;
- Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.
Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg 
bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy 
tarbiya mashg'ulotlari, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy 
mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga 
jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari 
hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin