N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Shartli belgilar:
Y - yuqori;
O' - o'rtacha daraja;
417


P - pastdaraja;
1 - yilning o'rtasida;
2 - yilning oxirida;

- daraja.
Diagnostiktahlilni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun aksariyat 
hollarda bolalarning yakuniy mashg'ulotlari, jamoaviy 
(kichik guruhdagi) ishlaridan iborat tekshiruv topshiriqlari 
taqdim etiladi. Diagnostikaning bunday shakli pedagog 
vaqtini tejaydi. Dastur talablarini muvaffaqiyatli o'zlashtirish 
tarbiyalanuvchilarni mashg'ulot va erkin faoliyati mobaynida 
kuzatish jarayonida amalga oshiriladi.
Olingan ma’lumotlar to'rtta yo'nalish bo'yicha jadvalga 
kiritiladi. Bunda guruhdagi har bir bolaning yutuqlari ifoda 
etiladi. Pedagoglar ta'lim-tarbiya jarayonini, bolalar bilan 
individual ishni yo'lga qo'yishda nimalarga e'tibor berish 
lozimligini ko'rish imkoniga ega bo'Iadi.
Har bir bo'lim ma'lumotlar jadvaliga kiritib boriladi. Bu esa 
ushbu guruh bo'yicha Davlat talablari bajarilishining miqdor 
va sifat jihatdan tahlilidir.
Xulosa qilib, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
baholash tizimi:
- Har bir bola rivojlanishining dinamikasini kuzatib borish;
- Ushbu ta'lim dasturining o'zlashtirish darajasi muvaffaqi- 
yatliligini baholash;
- Har bir bola bilan ishlash istiqbollari va yo'nalishlarini 
belgilash imkoniyatini yaratadi.
Bunday diagnostiki bola rivojlanishini haqiqiy baholash, 
ta'limni rejalashtirish va pedagogning ta'limni amalga 
oshirishga tayyorlanish ma'lumot olish imkonini beradi. 
Natijalar ota-onalarning roziligi bilan ota-onalar qo'mitasi 
vakillari ishtirokida pedagogik kengashda muhokama etiladi. 
Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari taklif etiladi. Erishilgan 
natijalar bolalarning maktab ta'limiga muvaffaqiyatli o'tishi 
uchun pedagog ishini rejalashtirishda qo'llanadi.
418


Pedagogik diagnostika maqsadlarni amalga oshirishda 
tarbiyachi tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga 
ega. Kuzatish - bolalar rivojlanishidagi ijobiy o'zgarishlarni 
ularni tabiiy sharoitda [uyda, guruhda, ochiq maydonchada), 
kun davomida turli vaziyatda, butun yil davomida to'plangan 
ma'lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda baholashning eng 
samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi ayni pedagogik 
kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, 
bolani tushunishdan esa - u va oila a'zolari bilan o'zaro 
aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi.
Kuzatish 
- bu bolaning ishlayotgan yoki o'ynayotgan 
paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish 
jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining 
turi, bilim olish bo'yicha qiziqishlari, ko'nikmalar darajasi va 
rivojlanishdagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlaydi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin