N. M. Kayumova


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. MTM bilan maktab o'rtasidagi aloqa nechta yo'nalishda 
olib boriladi?
a) 4 ta
b) 2 ta 
v) 5 ta 
g) 1 ta
2. MTM bilan maktab o'rtasidagi aloqa shakllari qaysi 
javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Bolalar muassasasi bilan maktabning pedagogik 
jamoasi o'rtasidagi aloqa MTM bolalarini va boshlang'ich sinf 
o'quvchilarini bir-biriga yaqinlashtirish
b) MTM xodimlari bilan maktab xodimlarining hamkorligi 
v) Oila bilan MTM hamkorligi
g) Oila bilan maktab hamkorligi
3. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda 
qanday ishlar amalga oshiriladi?
a) mashg'ulotlar o'tkaziladi
b) bolalarni maktab va o'quvchilar hayoti bilan tanishtiriladi. 
v) bolani psixologik jihatdan maktab ta'limiga tayyorlaydi 
g) hamma javoblar to'g'ri
4. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta'limiga tayyorlashda 
qanday qobiliyatlarni shakllantirish zarur?
a] mustaqillik va tashkilotchilik
b) ijodiy qobiliyatlar 
v) sensor qobiliyatlar
g) perseptiv qobiliyatlar
5. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash qaysi guruhdan 
boshlanadi?
a] MTMning 1-chi kichik guruhidan
b) maktabga tayyorlov guruhidan 
v) o'rta guruhdan
g) katta guruhdan
425


XV BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI VA
OILA HAMKORLIGI
Oila - davlat va jamiyat ardog'ida
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan 
yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali 
oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom 
muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat 
ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda 
yuz beradigan barcha o'zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va 
kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o'z aksini 
topadi. Shunga ko'ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim 
ham dolzarb muammo bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.
Respublikamizda 1998-yil - "Oila yili" deb e'lon qilinishi 
munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy 
etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari 
takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator 
qonunchilik va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning 
moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan zarur shart- 
sharoitlar yaratildi. Kam ta'minlangan, serfarzand oilalarni 
qo'llab-quvvatlash ishlarini davlat o'z zimmasiga oldi. 1999 yil 
mamlakatimizda "Ayollar yili" deb e'lon qilinishi munosabati 
bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, 
turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va 
nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan boshlab 
(1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda 
belgilangan mehnat staji bo'lgan taqdirda 54-yoshdan 
pensiyaga chiqish huquqi berildi.

yoshgacha bolasi bo'lgan ayollar byudjet hisobidan 
moliyalashtirilgan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan 
bo'lsalar, ular uchun ish haqining to'liq miqdori saqlangan 
holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan muddati 
belgilandi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat
426


dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy 
ta'sir ko'rsatmoqda. Respublikamizda 2000-yil “Sog'lom avlod" 
yili deb e'lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar 
"Oila", "Ayollar yili"dagi chora-tadbirlarining mantiqiy davomi 
bo'lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog'lom 
avlodni shakllantirish yuzasidan ko'plab ijobiy natijalarga 
erishildi.
- yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko'rikdan 
o'tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi.
- nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning 
barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni 
skrining ko'rigidan o'tkazish yo'lga qo'yildi.
- bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib 
chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar 
ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Respublikada yosh avlodni ma'naviy jihatdan barkamol 
qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko'rik- 
tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda.
Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 
XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va 
umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, 
farovon oilalarning manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy 
poydevor bo'ladi. Konstitutsiyaga binoan, "Onalik va bolalik 
davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki 
davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad 
va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila 
bolaga ta'sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi.
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina 
bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. 
Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni 
bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. 
Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin